Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
183 
o‘zbek tiliga yaqin qilib yozilgani bilib oladi. Oyatlar ham, uning tarjimasi ham arab alifbosida 
yozilgan. Asar boshqa tafsirlardan bir jihati bilan ajralib turadi. Oyatdan keyin qisqacha tarjima 
berilmasdan uning tafsiriga o‘tib ketiladi. Har bir oyatning ketidan ―Alloh taolo aytadi‖ jumlasi 
qo‘llanilgan
13
. Kelajakdagi tadqiqotlarimizda albatta bu olimning asarini qunt bilan o‘rgansihga 
harakat qilamiz.
―Domla Hindistoniy‖ nomi bilan mashhur bo‘lgan yana bir buyuk olim Shayx 
Muhammadjon mullo Rustam o‘gli. U 1982 yilda Qo‘qon muhofazatiga qarashli Xoja 
Muhammad Valiy qabristoniga yaqin Chorbog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan
14
. To‘liq ismi Mavlono 
mullo Muhammad Sharif Hindistoniy Rustam o‘gli. Otasi uni qori qilish maqsadida 
Muhammad Amin Qoriga beradi. Bir oydan so‘ng Qo‘qondagi Zikriyoqori huzurida Qur‘oni 
karimni yod oldi. Ilmga chanqoq yosh Muhammad 1910-yilda Buxoroga borib, u yerda 
―Qozi domla‖ nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad G‘avsdan ilm o‘rgana boshlaydi. 
Biroq issiq havo talabaga ta‘sir qilib Toshkentga qaytishga majbur bo‘ladi. Bir muddat 
Toshkentda yashab, Ko‘kaldosh madrasasida dars berdi. Shundan so‘ng Afg‘oniston amiri uni 
chaqirib olib, Jalolobod shahriga qozi etib tayinlaydi
15
.
Keyinchalik ham olim izlanishda davom etdi. Bizga ma‘lumki so‘nggi asrlarda Hind 
diyorida islomiy ilmlar rivojlangan. Muhammadjon Rustam o‘g‘li ham ko‘p yillar davomida 
Ajmir shahridagi ―Usmoniya‖ madrasasida tahsil oladi
16
. U yerda 8 yil o‘qiydi. Taqdir taqozosi 
bilan poezda haj safariga ketayotgan otasi bilan uchrashib qoladi. Otasi u kishiga: ―Endi 
maslahat shulki tezlik bilan madrasadan javob ol. Meni hajga olib bor‖. Otasi Makkada vafot 
etadi. Hindistoniy Ajmirda madrasani oxirgi bir yilini o‘qib, shahodatnoma olgandan so‘ng 
1929 yil Vatanga qaytadi. Mahallada ozgina imomlik qilgandan so‘ng tuhmat bilan qamaladi. 
Oqlanib chiqqach, ateistik jamiyat uni madrasida mudarrislik qilish uyoqda tursin, uni 
mahallaga imomlik qilishga ham yo‘l qo‘ymadi. Natijada pilla punkitida pillachi bo‘lib ishga 
kirishga majbur bo‘ldi. Hindistoniy yana uch yil qamoq jazosini o‘tab chiqadi. E‘tiborli jihati 
pasportida yoshi kichik qilib yozilgani uchun 1943 yili uni urushga olib ketildi. Minskda 
qo‘lidan yarodor bo‘lib, Smol‘insk kasalxonaga yotqiziladi. Moskvada qo‘lini ikki marta 
operatsiya qildirib tuzalgandan so‘ng yog‘ zavodining qo‘ylarini boqish uchun ishga kiradi. O‘z 
ishiga merh bilan qilgani uchun, xurmatga sazovor bo‘lib, mukofotlar oladi.
1946 yil Qo‘qonga qaytadi. 1947 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘izton musulmonlari idorasi 
tashabbusi bilan Dushanbedagi Mavlono Yaqub Charxiy mozoriga mutavalli etib tayinlanib, 
bir yildan so‘ng imom qilib tayinlandi. Yana ko‘p vaqt o‘tmay xalq dushmani deb qamatib 
yuboriladi. To‘rt yarim yildan so‘ng oqlanib, Dushanbe Fanlar Akademiyasiga fors-arab 
tarjimoni sifatida qabul qilinadi. Shunday qiyinchiliklarga qaramay ilm-ma‘rifat uchun katta 
xizmatlarni qilib ketdi. Mavlono mullo Muhammad Sharif Hindistoniy Rustam o‘gli 1949-
yildan to umrlarining oxirigacha ya‘ni, 1989-yilgacha Dushanbe shahrida istiqomat qildi
17
.
13
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa 
birlashmasi, 2009. B 39. 
14
Mavlono mulla Muhammad Sharif Hindistoniy Rustam o’gli. Qur’oni karim oyatlari ma’nolarining izohli tarjimasi. –T.: 
Movarounnahr, 2006. –B. 10. 
15
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa 
birlashmasi, 2009. –B. 44. 
16
Bu olimning ustozi qilgan vasiyati edi. 
17
Mavlono mulla Muhammad Sharif Hindistoniy Rustam o’gli. Qur’oni karim oyatlari ma’nolarining izohli tarjimasi. –T.: 
Movarounnahr, 2006. – –B. 11. 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish