IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
181
QUR‘ON KARIMNI O`ZBEK TILIGA TARJIMA QILINISHI, TARJIMALARINING
RIVOJI VA UNING HOZIRGI KUNDAGI AXAMIYATI
Numanov Ziyodbek Baxodirjonovich
O‗zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti
Asrlar davomida shakllangan davlatchilik XIX asr oxirida tanazzulga yuz tutdi. Xalq chor
imeriyasining mustamlakachilik siyosatiga duchor bo‘ldi. Mana shu davrdan boshlab yuksak
va qadimiy madaniyatimiz, qadryatlarimiz toptala boshladi. Shunday bo‘lsada, xalq imkon
qadar o‘z dinini saqlashga harakat qildi. Lekin tarix sahnasiga bolsheviklar kelgandan so‘ng,
ahvol yanada og‘irlashdi. Bolsheviklar o‘zlarini ateistik (Xudosiz) jamiyat deb e‘lon qildilar.
Nafaqat islom balki, boshqa din vakillari ham siquvga olindi. Uyidan arab alifbosidagi biror
kitob chiqqan odam, bu davlatga qarshi xoin deb atalib otib tashlangan. Bunday zo‘ravonlik
kayfiyatida Qur‘on haqida tadqiqot uyoqda tursin, uni o‘qish jinoyat darajasiga ko‘tarildi.
Ammo shunday ayovsiz zamonda ham yurtdoshlarimiz orasidan fidoiy islom olimlari
yetishib chiqdi va ular mavjud xavf-xatarni pisand etmay, Qur‘on tafsiri va tarjimalari borasida
diqqatga sazovor ishlar amalga oshirdilar
7
. Shu o‘rinda ularning ba‘zilari xususida so‘z
yuritamiz.
Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy Oltinxon to‘ra 1896-yilda Farg‘onaning
Chimyon qishlog‘ida tavallud topdi
8
. Otasi Sayyid Nazir Qur‘onni to‘liq yodlagan va hadis
ilmining bilimdonlaridan bo‘lib, xalq ichida Eshonxon domla nomi bilan mashhur edi. U
Oltinxon To‘ra yoshlik davrida oilasi bilan Qozog‘istonning Jambul – hozirgi Taroz shahriga
ko‘chib o‘tgan. Ba‘zilar unga al-Farg‘oniy nisbatini beradilar. Lekin buning haqiqatga unchalik
yaqin emasligi haqida filologiya fanlari doktori H. Karamatov shunday yozadi: ―Chet ellarda
Turkiston o‘lkasining ko‘zga ko‘ringan ulamolaridan biri sifatida tan olingan o‘zbek tarjimoni
Avliyo Ota deb nomlangan Taroz shahrida tug‘ilgan.‖
9
Dastlabki ta‘limni otasidan, so‘ngra
Shayx ibn Kamol Nosirhon To‘ra Kosoniydan, davrining boshqa yetuk olimlaridan oldi.
Arab, fors, turk tillarining barcha lahjalarini mukammal egallab, mudarris bo‘lib yetishdi. Shu
tariqa xalq orasida Oltinxon to‘ra nisbati bilan shuhrat topdi. Mana shuning o‘zi unga al-
Farg‘oniy emas, balki at-Taroziy nisbatini berishga yetarli dalil bo‘ladi.
1930 yil u ona vatanidan bosh olib chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Buning boisi qatag‘on
siyosati uni ham chetlab o‘tmadi. Buning sababidan avval u Afg‘onistonda, Pokistonda, so‘ng
Hindistonning Bombay shahridagi masjidda imom-xatib bo‘lib ishladi. Ikkinchi jahon urushi
boshlangandan keyin, Saudiya Arabistoniga ko‘chib bordi. Umrining oxirigacha Makka va
Madina shaharlarida yashab ijod qildi. U Ka‘batulloh joylashgan harami sharifda, Madinadagi
―Masjid an-Nabaviyda‖ mudarrislik qilib, Qur‘on va hadislardan saboq berdi. Tafsir, hadis,
fiqh, adabiyot va ilmning boshqa sohalariga oid asarlar muallifi va tarjimon bo‘libgina
qolmasdan, u Qur‘oni karimni zamonaviy o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilib, tafsir
yozganlardandir. Bu kitob Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistonida qayta-qayta chop
7
Obidov R. O’rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 31.
8
O’sha manba. –B. 31.
9
Karomatov H. O’zbek adabiyoti va Qur’on mavzulari. Fil.fan.dok….dissert. –T.: 1993. –B. 46.
Do'stlaringiz bilan baham: |