Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
184 
Muhammad Sharif Hindistoniydan ulkan ilmiy meros qoldi. U kishi Tojikiston Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar bo‘limida ishlagan paytlarida juda ko‘p 
qo‘lyozmalarni arab tilidan fors tiliga tarjima qildilar. Yana muhim jihat Hindistoniy firqachilik 
va oqimlarga qattiq qarshilik qilganlar. Olim Imomi A‘zam mazhabi va naqshbandiya 
tariqatida bo‘lgan. Chet ellarda yurgan paytlarida Mullo Faqir degan murshidga murid 
bo‘lgan
18
. Hindistoniydan qolgan ilmiy merosni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin 
1.
Yozgan asarlari: Qur‘oni karimning ma‘naviy tarjimasi - ―Bayonul Furqon fi 
tarjimatil Qur‘on‖ kitobi. Shu bilan birga, ba‘zi o‘zbekcha va forscha sherlari. 
2.
Tarjimalari: Tojikiston Fanlar akademiyasining qo‘lyozmalar insitutida ishlab, 
arab tilidan fors tiliga o‘girgan kitoblari: Qur‘on, hadis, fiqh, ilmu maoniy, mantiq, ilmu 
kalom, sarfu-nahv va boshqa fanlardan qilgan tarjimalari. Ularni asosiylarini quyida sanab 
o‘tamiz: Zamaxshariyning ―Navobig‘ul kalim‖ hamda ―Maqomoti Zamaxshariy‖ asarlarini 
arab tilidan fors tiliga, Imom Busiyriyning ―Qasidai Burda‖ asarining fors tilidagi tarjimasi, 
arab shoiri Farazdaqning Imom Zaynul Obidinga bag‘ishlangan qasidasini o‘zbek tilidagi 
tarjimasi, Usmon O‘shiyning ―Qasiydai Omoliy‖ asarining forscha tarjimasi kabilar.
3.
Video va kassetada yozib olingan ma‘ruzalari va ilmiy suhbatlari. Bu 
ma‘ruzalarida asosan Qur‘on, hadis, fiqh, islom tarixi va odob-axloq kabi mavzulari yoritib 
berilgan
19

Shunday og‘ir davrda yashgan yana bir ajdodimiz bir necha yillar xalqimizga din 
arkonlarini o‘rgatib kelgan Shamsuddin Boboxondir. U 1937 yil 8-aprelda Toshkent shahri 
―Hazrati Imom‖ mahallasida Eshon Bobohonning xonodonida tavallud topgan
20
. Otasi va 
bobosi kabi ilmga chanqoq bolakay oldiniga otasidan, kyenchalik Toshkent islom insitutida 
o‘qiydi. 1975-82 yillarda Toshkent islom universitetida rektor, 1982-89 yillarda O‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston musulomonlari diniy idorasi muftisi, 1994-2001 yillarda O‘zbekistonning Misr 
Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni hamda o‘rindoshlik asosida Jazoir, Iordaniya, Kuvayt 
va Bahraynda Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan. U Iordaniya qirollik 
Akademiyasining haqiqiy a‘zosi
21
.
Shamsuddin Boboxon qator ilmiy va ommabop kitoblar, risolalar va maqolalar 
muallifidir. Xususan, uning qalamiga mansub ―Shayx Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon‖ nomli 
kitobida dinga sadoqat, tinchlik, birdamlik, xalqlar o‘rtasida do‘stona va odilona 
munosabatlarini rivojlantirish yo‘lida otashin kurashchi muftiy Ziyavuddin ibn Eshon 
Boboxon hazratlarining hayot va faoliyatiga bag‘ishlanadi.
U tarjimon sifatida ham faoliyat ko‘rsatib, Qur‘oni karimning 36 ta surani o‘z ichiga 
olgan 30-Amma porasini o‘zbek tiliga o‘girdi va izohlar bilan 1991 yilda chop ettirdi. Asarning 
kirish qismida tarjimon shunday deydi: ―Garchi Qur‘oni karimning sharqiy tillarga qilingan 
tarjima, izoh va tafsirlari ancha qadimdan mavjud bo‘lsa ham, lekin uning ma‘nolarini hozirgi 
o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayoni endigina boshlandi. Bu ishda biz izohli tarjima uslubini 
ixtiyor etdik va oyatlar ma‘nosini iloji boricha aniqroq tarjima etishga harakat qildik.‖ 
18
O’sha manba. –B. 13. 
19
Mavlono mulla Muhammad Sharif Hindistoniy Rustam o’gli. Qur’oni karim oyatlari ma’nolarining izohli tarjimasi. –T.: 
Movarounnahr, 2006. – –B.
20
Muxtorov A. Markaziy Osiyoda islom ilmi rivojida Toshkent islom insitutining o’rni. –T.:Fikr, 2010. –B. 36. 
21
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa 
birlashmasi, 2009. –B. 59. 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish