IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
187
mudiri, 1998-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Millatlararo
munosabatlar va din ishlari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan
31
.
U ―Musulmonchilikdan ilk saboqlar‖, ―Haj ibodati qoidalari‖, ―Aqoid matnlari‖,
―Naqshbandiyaga doir qo‘lyozmalar fihristi‖, ―Islom giyohvandlikka qarshi‖, ―Ming bir fatvo‖
kabi asarlarni keng xalq ommasiga yetkazib berdi.
Uni mashhur va ma‘lum qilgan eng katta ishi ―Qur‘oni karim ma‘nolarining tarjimasi va
tafsiri‖ asari bo‘ldi. Bu tarjima istiqlol sharofati bilan o‘zbek xalqi diniy erkinligiga erishgan,
diniy-ilmiy meroslarni o‘rganishga o‘ta chanqoq bo‘lgan davrda, xalq uchun ushalmagan
armon sifatida tuhfa bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Navbatdagi tarjimon mashhur ―Qur‘oni karim. O‘zbekcha izohli tarjima‖ asarining
muallifi sifatida xalqimizga tanilgan Alouddin Mansur Rustamov o‘g‘lidir. U 1950-yilda
Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ich
ta‘limni otasidan keyinroq, marg‘ilonlik Abdulhakim qoridan nahv, sarf, arab adabiyoti, hadis
va tafsir ilmlarini o‘rgandi
32
. O‘rta maktabni tamomlab, mustaqil ta‘lim bilan shug‘ullangan.
1995-yilda Qirg‘iziston davlat universiteti faxriy professori, 1997-yildan Qur‘oni karimni
o‘rganish tadqiqot markazining direktori lavozimida ishlab kelgan.
Yozuvchi Xayriddin Sultonov aytishicha, 80-yiillarning boshlaridayoq Alouddin Mansur
ziyolilar orasidadin aqidalaridan xabar bera boshlagan va ko‘pchilikni iymonga qaytargan.
Sovet davlatida bunday ishga jazm etishning o‘zi bir jasorat bo‘lib, Alouddin Mansurning
e‘tioqodini mustahkamligidan dalolat beradi
33
. Olim boshchilik qilgan Qur‘oni karimni
o‘rganish markazi ushbu xayrli ishni davom ettirib, Qur‘oni karimni o‘zbek tilidan tashqari
qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va rus tillariga tarjima qilib kitobxonlarga yetkazib berdilar.
Umuman olganda, XX asr ikkinchi yarmida tafsir ilmlari sohasida yurtimiz ulomolari
tomonidan ancha-muncha ishlar amalga oshirildi. Ularning ilmiy saviyasi, yo‘nalishlari turlicha
bo‘lishiga qaramay, umumiy suratda, Qur‘oni karim ma‘nolarini xalqimiz ongiga yetkaizshda
katta yordam bo‘lganligi shubhasizdir. Istiqlol sharofati bilan diniy ilmlarga keng yo‘l
ochilganligi, qator diniy ta‘lim muassasalari ishga tushib, yosh avlodning chanqoqlik bilan
bilim olayotgani bu sohada kelgusida yanada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishimiz mumkinligiga
ishonch tug‘diradi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.
Obidov R. O‘rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom
universiteti nashriyot matbaa birlashmasi, 2009.
2.
Muxtorov A. Markaziy Osiyoda islom ilmi rivojida Toshkent islom insitutining o‘rni.
–T.:Fikr, 2010.
3.
Qur‘oni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar muallifi M.Usmonov. I-kitob. –T.: Fan
nashriyoti, 2004. 366.
31
Obidov R. O’rta osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa
birlashmasi, 2009. –B. 57.
32
O’sha manaba. –B. 56.
33
Karomatov H. O’zbek adabiyoti va Qur’on mavzulari. Fil.fan.dok….dissert. –T.: 1993. –B. 47.
Do'stlaringiz bilan baham: |