IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
189
Har bir geometrik shakl (blok) ma‘lum ma‘noni anglatadi. Bloklar o‗zaro yo‗naltirilgan
chiziqlar orqali bog‗lanadi va chiziqning yo‗nalishi algoritmning bajarilish ketma - ketligini
belgilaydi.
Blokdagi shakllar ichida oddiy tilda tushunarli matematik simvollarni qo‗llash mumkin.
Blok - sxema algoritm tuzuvchi uchun dastur tuzilishini yaqqol tasavvur qilishning yaxshi
usulidir. Berilgan masala algoritmining blok - sxemasini dasturlash tillarining qoidalariga
moslab tuzish shart emas. Chunki blok - sxema shaklida yozilgan algoritmni dasturlash
tillaridan xabarsiz har bir kishi ham o‗qiy olishi lozim.
Agar masalaning blok - sxemasi berilgan bo‗lsa, undan foydalanib, dastur tuzish mumkin.
Buning uchun har bir blokni shu til qoidalari asosida ko‗chirib yozish yetarli.
Blok - sxema quyidagi asosiy elementlardan iborat :
1) Algoritmning boshlanishi yoki oxirini bildiruvchi blok;
Ular shakl jixatidan bir xil bo‗lgani uchun algoritm boshlanishini bildirgan blok ichiga
"Boshlash", oxirini bildiruvchi blokning ichida esa "Tamom" so‗zlari yozib quyiladi.
Algoritmning boshlanishini bildiruvchi blokdan faqat chiqish mumkin.
2) Blok - sxemalarda ma‘lumotlarni standart kiritish va chiqarish blokining umumiy
ko‗rinishi parallelogramm shaklida bo‗lishi mumkin. Qaysi o‗zgaruvchilarning qiymatini
kiritish kerak bo‗lsa, shu o‗zgaruvchilarning nomlari blokning ichiga yozib qo‗yiladi. Bu
blokka kirish va undan chiqish mumkin, ya‘ni blok bitta kirish va bitta chiqish ko‗rsatkichiga
ega.
3) Amallar bajaruvchi blokning ko‗rinishi to‗g‗ri to‗rtburchak shaklida bo‗ladi.
Bu ko‗rinishdagi blok chiziqli blok ham deyiladi. Bajarilishi lozim bo‗lgan ish blokning
ichiga yozib qo‗yiladi. Blokning ichida bir qancha formulalar ham bo‗lishi mumkin. Blokdan
chiqish uchun blok ichidagi hamma buyruqlarni bajarish lozim. Blokni tartibli raqamlash ham
mumkin. Bu bloklar ham bitta kirish va bitta chiqish ko‗rsatkichiga ega. Bu turdagi blok ichiga
yozilgan tenglik belgisini matematik ma‘noda tenglik deb tushunmaslik kerak, balki bu
belgining o‗ng tomonida turgan ifodaning qiymati chap tomonda turgan o‗zgaruvchiga
jo‗natilyapti yoki o‗zgaruvchiga qiymat berilyapti yoki qiymat ta‘minlanayapti deb tushunish
zarur.
Shartli shaklda ikki vaziyatdan biri bajariladi, agar undagi ifoda bajarilsa yo‗naltirilgan
chiziq ustida + (yoki "ha" so‗zi) , aks holda - ishorasi (yoki "yo‗q" so‗zi) qo‗yiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. A. Axmedov N. Taylaqov ―Informatika‖, Toshkent ―O‘zbekiston‖, 2001.
2. B.J. Boltayev, A.R. Azamatov A.D. Asqarov, M.Q. Sodiqov, Gulnoza A.G.
Azamatova INFORMATIKA 9-sinf. darslik.
3. A. Abduqodirov va boshqalar ―Informatika‖,
Т
.: ―Me‘ros‖. 2002.
4. A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «O‘qituvchi», 2002.
5. www.kompy.info
6. www.kitob.uz
7. www.microsoft.com
Do'stlaringiz bilan baham: |