MURAKKAB UCH QISMLI SHAKL
Umumiy tavsifi
Murakkab uch qismli shakl deb birinchi qismi oddiy ikki yoki uch qismli shakl, о‘rtaliq chekka qismlar bilan yorqin tafovutlanadigan (kontrast), repriza birinchi qismning aynan yoki о‘zgarishli takroridan iborat shaklga aytiladi. Murakkab uch qismli shakl sxemasi oddiy uch qismli shakl sxemasini takrorlaydi, biroq har bir qismning qurilishi va ularning kontrast nisbatlanishi bilan farq qiladi:
A S A1
a+v a+v a+v
a+v+a a+v+a a+v+a
Murakkab uch qismli shakl asosida repriza( birinchi qism mavzusining qaytarilishi) bilan muvozanatlangan dastlabki ikki qismning kontrast taqqoslanishi yotadi. Qismlar kontrastiga fakturani, registr, sur’atni , melodik-ritmik vositalarni almashtirish hisobiga erishiladi.
Murakkab uch qismli shaklning ikki turini farqlash lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |