Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari


Kontrastlovchi toifadagi, yangi musiqiy materialga tuzilgan о‘rtaliq



Download 170,83 Kb.
bet34/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

3. Kontrastlovchi toifadagi, yangi musiqiy materialga tuzilgan о‘rtaliq (L.Betxoven. Sonata №7 III q.). Harfiy ifodasi quyidagicha:
A + B + A.
Kontrastlovchi о‘rtaliqli uch qismli shakl ikki mavzuli deb yuritiladi.
4. О‘rtaliq mavzusi aniq ifodalanmagan о‘tishdan iborat bо‘lishi mumkin (L.Betxoven.Sonata №18, III q.). Harfiy ifodasi quyidagicha:
A + о‘tish + A.
III. О‘rtaliq qismdagi garmonik rivojlanish xususida..
Oddiy uch qismli shakl о‘rtalig‘ida garmonik rivojlanish oddiy va murakkab bо‘lishi mumkin. О‘rtaliqdagi garmonik rivojlanish turi, eng avvalo, uning mavzu xarakteri bilan bog‘liq.
О‘rtaliq qismda yangi mavzuning mavjudligi (A + B + A) uzoq tonallikka (birinchi qismning asosiy tonalligiga nisbatan) ketish uchun kо‘proq asos beradi.
Oddiy uch qismli shakl qismlari о‘rtasidagi tonallik nisbatlarning uchta turini farqlash kerak:
1) о‘rtaliqda yangi tonallikka о‘tilmaydi va uning davomida asosiy tonallik tonika tovushidan uzoqlashiladi;
2) о‘rtaliqda parallel yoki boshqa yaqin tonallikka qisqa muddatli og‘ishma hosil qilinadi. Bunday holat, odatda, о‘rtaliqda birinchi davriyaning mavzuiy unsurlaridan foydalanilganda yuzaga keladi;
3) о‘rtaliqning avval boshidan yangi, ba’zan asosiysiga nisbatan uzoq tonallik paydo bо‘ladi. Asosiy tonallika qaytish yo reprizani bevosita tayyorlaydigan taktlarda, yoki butun о‘rtaliq davomida asta-sekin modulyatsion harakat bilan amalga oshiriladi.
Hajman katta bо‘lmagan о‘rtaliqlarda tonalliklar qiyosi beriladi (Shopenning № 24 mazurkasi. C-dur). Anchagina davomli kechadigan о‘rtaliqda, odatda, qator oraliq tonalliklar orqali reprizaga asta-sekin о‘tiladi.
Xajmdan qat’iy nazar, ayrim namunlarda о‘rta qism reprizaning aniq his qilinadigan tayyorgarligi bilan yakunlanadi.
Reprizani tayyorlash uchun qо‘llanadigan keng tarqalgan usul – о‘rtaliqni asosiy tonallik dominantasida organ punkti bilan yakunlash.
О‘rtaliqdan reprizaga о‘tishda ba’zan mavzuiy va tonal reprizalar mos kelmasligi kuzatiladi. Masalan, Mendelson 6 «Sо‘zsiz qо‘shiq» da tonal repriza tematik reprizadan 8 takt oldin keladi.

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish