a) Birinchi qism materiali о‘zgarishsiz takrorlansa, aniq repriza deb ataladi. Matnda u yozilmaydi va Da Capo tarzida ifodalanadi, bu «boshidan» degan ma’no anglatadi.
Ammo kо‘pincha reprizaga u yoki bu darajada sezilarli о‘zgartirishlar kiritiladi. Bunday reprizada nafaqat uning hajmi, balki tematik materialning rivojlanish xarakteri ham о‘zgarishi mumkin.
Qisqartirilgan reprizalarda, odatda, sodda uch qismli shaklning faqat birinchi bо‘limi (a) mavjud bо‘ladi. Ikkinchi (v) hamda uchinchi (a1) bо‘limlar mavjud emas.
Uning sxemasi quyidagicha kо‘rinishga ega:
A C A
a + b + a c a
Tematik materialning yangilanish darajasi va xarakteriga kо‘ra, о‘zgartirilgan rerizalar: variatsiyalangan va dinamik bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |