Kirish (muqaddima) materiali hamma vaqt ham asosiy mavzu bilan bog‘liq emas. Ba’zida kirish mavzuni tayyorlaydigan dominantadagi organ punkti bо‘lishi mumkin (Shopen. Mazurka. №20).
Koda uchun katta garmonik barqarorlik, asosiy tonallikning mustahkamlanishi, subdominanta tomon og‘ish, tez-tez kadanslash, tonikada organ punktini qо‘llash xos.
Asosiy tushunchalar:
Birinchi qismi oddiy ikki yoki uch qismli shakl, о‘rtaliq chekka qismlar bilan yorqin kontrastlaydigan, repriza birinchi qismning aynan yoki о‘zgarishli takroridan iborat shaklga murakkab uch qismli shakl deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |