3.2.1-jadval
Tanlangan sinflar
|
O‘quvchi - lar soni
|
O‘zlashtirish darajasi (baho) bo‘yicha
|
“5”
|
“4”
|
“3”
|
“2”
|
nazorat sinfi
3 “a” va “v” sinflar
|
57
|
4
|
13
|
22
|
17
|
umumiy o‘zlashtirish 68 %
|
tajriba sinfi
3 “b” va “d” sinflar
|
56
|
19
|
21
|
11
|
5
|
umumiy o‘zlashtirish 91 %
|
boshlang‘ich sinf darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishga yo‘naltirlgan tajriba - sinov ishlari maxsus reja asosida olib borildi (11-ilova,17-rasm). Pedagogik tajriba - sinov yakunida tajriba- sinfi o‘quvchilarining nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalari nazorat sinfi o‘quvchilarinikiga nisbatan yuqori ekanligi ilmiy asosda o‘z isbotini topdi.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar uning samaradorligini taminlash, barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab yetishtirishga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu borada boshlang‘ich ta’lim darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanishga oid tadqiqotlarning atroflicha olib borilmaganligi muammoning ilmiy nazariy asoslarini o‘rganish jarayonida ayon bo‘ldi. Boshlang‘ich ta’lim darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan o‘rinli foydalanish va uning amaliyotdagi mavjud ahvoli batafsil o‘rganib chiqildi. Unda interfaol metodlar asosida tashkil etishning mavjud holatini o‘rganish tadqiqot doirasida amalga oshiriladigan pedagogik tajriba - sinov ishlarining keying bosqichlarida olib borilgan faoliyatning mohiyatini oydinlashtirish imkonini berdi. Darslarni sinfdan tashqari ishlarga asoslangan metodlar asosida tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv hamda mutaxassislik fanlarining asoslari to‘g‘risida chuqur ma’lumotlar olishda o‘z imkoniyatlarini erkin namoyish etish faolikka erishish kabi ko‘nikmalarni shakillantirish, boshlang‘ich ta’lim darslarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga jismoniy kuch sarflab, ko‘proq samaraga erishish uchun imkoniyat yaratdi. Natijada: - boshlang‘ich ta’lim darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlardan o‘rinli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, interfaol metodlar asosida tashkil etish maqsadga muvofiq sanaladi. - pedagogik tajriba - sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyatni tartibga olishga imkon beruvchi dasturga ega bo‘lish, bosqichma-bosqich ma’lum vazifalarni ijobiy hal etib borish, ularning yagona maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik bilishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. Matematik bilimlarni muayyan tizimga solish, ularni tasniflash asosida o‘quvchilarga yetkazib berish g‘oyasini ilgari suruvchi metodika boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatni bilishga bo‘lgan qiziqishni shakillantirishga yo‘naltirilgan tajriba - sinov ishlarining asosini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |