4. “Rasmda tasvirlangan mantiqiy misollarni yechamiz” kabi o‘yinlar tashkil etildi.
Nazorat sinflarida ham ma’lum mavzular bo‘yicha kuzatish darslari tashkil etildi. Biroq ularning an’anaviy metodlardan foydalanilgan (ma’lumotlarning o‘qituvchi tomonidan og‘zaki bayon etilishi, obyekt yoki fanning namoyish etilishi o‘quvchilarga savollar berish asosida javoblar olish kutilgan natijalarni bermadi.
O‘quvchi tomonidan topshiriqlar bajarilgandan so‘ng yozma ishlarning mazmuni bilan tanishib borildi. Quyida ulardan ayrim namunalarni keltiramiz. Nazariy bilimlarni bera oladi, biroq ularni ijodiy faollikka unday olmaydi, o‘quvchilar mustaqil izlanmaydilar. O‘quvchilarni kichik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga undash, fanlarni o‘zaro bir - birlari bilan taqqoslash kabi xatti - harakatlar o‘zlashtirilayotgan bilimlarning sifati va o‘quv jarayonining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tajriba va nazorat sinflariga biriktirilgan o‘quvchilarga tajriba ishlarining yakuniy bosqichida matematikaga oid test savollar yana bir marta beriladi. Mazkur savollar o‘quvchilar tomonidan qaytarilgan javoblarining ko‘rsatkichlari haqida quyida so‘z yuritiladi (ilova, 7-rasm).
Pedagogik tajriba - sinov ishlari natijalariga ko‘ra barkamol o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda quyidagi fikrlarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amaliy faoliyatni zamon talablari asosida, fan - texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasida hamda bozor iqtisodiyotini hisobga olgan holda olib borish davr talabi ekanligi.
Boshlang‘ich sinf darslarini sinfdan tashqari ishlariga asoslangan interfaol metodlar asosida tashkil etishga yo‘naltirlgan pedagogik tajriba-sinov ishlari maxsus reja asosida olib borildi. Mazkur reja tarkibidan boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga imkon beruvchi tadbirlarning o‘rin olishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Quyidagi jadval va rasmda 3- sinf o‘quvchilarining matematika darslarida sinfdan tashqari ishlariga asoslangan metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi bosqich pedagogik tajriba - sinov ishlari natijalari keltirilgan (3.1.1-jadval, 3.1.1-rasm).