Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillarida boshlangan ezgu maqsadlar yo‘lidagi bunyodkorlik loyihalari bugun yanada takomillashib, yangi joziba va samaradorlik kasb etmoqda



Download 17,72 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi17,72 Kb.
#631804
Bog'liq
kirish


KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillarida boshlangan ezgu maqsadlar yo‘lidagi bunyodkorlik loyihalari bugun yanada takomillashib, yangi joziba va samaradorlik kasb etmoqda. Bu bunyodkorlik loyihalari ayniqsa qurilish sanoatini materiallariga bo‘lgan talabni oshiradi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi. Davlat dasturi asosida joriy yilda hududlarmizni yanada obod va farovon qilish maqsadida madaniyat va istirohat bog‘i, madaniyat va aholi dam olish markazini kapital rekonstruksiya qilish, jihozlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Harakatlar Strategiyasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni jadal rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratishdek ezgu maqsadlar mujassam bo‘lib, odamlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Harakatlar Strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi qurilish sanoatida ulkan islohotlar olib borishga dasturi amal bo‘lib xizmat qildi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizda etakchi o‘rin egallab kelayotgan kon-metallurgiya sanoati, neft va gaz kimyosi, temir yo‘l mashinasozligi, avtomobilsozlik sanoati qatorida keyingi yillarda zamonaviy qurilish materiallari, maishiy elektronika, farmasevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70% dan ortiqni tashkil etmoqda.
Yildan-yilga ko‘lami ortib borayotgan qurilish ishlari, xorijdan import qilinadigan ko‘plab turdagi qurilish qilinadigan ko‘plab turdagi qurilish materiallarining mahalliylashtirilishi va ularga katta miqdordagi davlat buyurtmalarining berilishi bir qator ishlab chiqarish va xizmat qilish barobarida, yana qancha yangilarining tashkil etilishiga zamin yaratmoqda. Bundan maqsad - aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari ochish. Ana shunday materiallar ko‘p bo‘lsa, xalqimiz uchun arzon uy-joylar, yangi bilim maskanlari, tibbiyot muassasalari, sanoat korxonalari, yo‘llar bunyod etiladi.
Qurilish sanoatiga qaratilayotgan yuksak e’tibordan so‘ng, qurilish materiallari ishlab chiqarish samaradorligi yanada yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda. “OHANGARONSEMENT” korxonasi 2020-yilning 9 oyini yuqori natijalar bilan yakunladi. Yil boshidan ishlab chiqarishni izchillik bilan oshirib borgan korxona ushbu davr mobaynida 1 443 149 tonna sement va 1 044 028 tonna klinker ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilning ayni davri ko‘rsatkichlaridan mos ravishda 1,8 % (25449) va 2,9 % (29147) yuqoridir. SHuningdek “Evrotsement grupp” xoldingi tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” korxonasida olovga bardoshli g‘isht ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga tushirildi. Liniya Xitoydan keltirilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan. Umumiy qiymati 6 milliard bo‘lgan ushbu liniyada yiliga 3,5 ming tonna yuqori sifatli olovga chidamli pishiq g‘isht ishlab chiqariladi. Bu g‘isht 1000-13000 C haroratga bardosh beradi. Bu esa ish unumdorligini oshirish barobarida, sarf-xarajatlarni ham bir muncha kamaytiradi.
Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev joriy yilda respublika viloyatlariga tashrif buyurgan chog‘ida qator bunyodkorlik ishlari, qurilish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdilar. Zavodlar bir kecha-kunduzda 400-450 tonna chiqindini qabul qilish quvvatiga ega. Bu zavodlarda 100 ga yaqin ish o‘rni mavjud. Zavodlarda qog‘oz chiqindilar qayta ishlanib, ulardan karton ishlab chiqarish, polimer chiqindilardan ip tolasi, organik va oziq-ovqat chiqindilaridan issiqxonalar uchun zarur ashyolar, tosh va tuproq chiqindilaridan pishiq va fasad g‘ishtlari, yog‘och chiqindilaridan ko‘mir-briketlar ishlab chiqariladi. Ikkilamchi ishlov berilgan tayyor mahsulotlardan qurilish, to‘qimachilik va boshqa sohalarda xomashyo sifatida foydalaniladi.
Prezidentimizning qaroriga muvofiq ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning samarali mexanizmi joriy qilindi. Surxondaryo viloyatida xususiylashtirilgan, faoliyati to‘xtab qolgan yoki bo‘sh turgan korxonalar o‘rganilib, ularni erkin iqtisodiy zonalar tarkibiga kiritish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bo‘sh turgan binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etilib, yangi ishlab chiqarish korxonalari ish boshlamoqda. Jarqo‘rg‘on tumanidagi Ho‘shtepa va Xovdak mahallalari hududidagi bo‘sh turgan 73 gektar maydon kichik sanoat zonasiga ajratilib, 10 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti ish boshladi.
Kichik sanoat zonasida “Surxon sement invest” xorijiy korxonasi dastlabki bosqichda yiliga 420 ming tonna sement ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rnatayotgan bo‘lsa, “MS-Marjon” savdo-ishlab chiqarish korxonasi yillik quvvati 1000 tonna gil tuproqni qayta ishlash liniyasini ishga tushirmoqda. Natijada 165 ish o‘rni yaratiladi.
Mahalliy xomashyodan qurilish uchun arzon va sifatli material tayyorlashni rejalashtirgan “Surxon Mehnat Rohat”, “Barpo Invest”, “Fabullo Stroy”, “Surxon yoqilg‘i Servis” ma’suliyati cheklangan jamiyatlarining yiliga 5 million 200 ming dona g‘isht ishlab chiqarish korxonalari ham barcha sharoitlarga ega kichik sanoat zonasida qad rostladi.
Ma'lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya'ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o'zgartirish mumkin.
Qurilish tizimiga ajratilgan mablag’ning 50% ortig’i qurilish buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va inshootlarini yangi turdagi qurilish materiallarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu sababli bo'lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari to‘g’risida to'la-to'kis bilimga ega bo'lishi zarur.
Qurilish materialshunosligi o'ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog’langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo'ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog’lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
Shaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal'a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g’ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini ko'ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o'lchamdagi va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muharnaslar, burmalar va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta'sir etadigan qismlarida ishlatganlar. Qadimdan qurilishda yog’och materiallar sifatida eman, qarag’ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag’och, archa, yong’oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. Yog’och sinchli binolar zilzilaga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Yog’ochga o'ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag’dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar hozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo'yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, o'simliklar kuli, bog’lovchi sifatida esa, tabiiy o'simlik yog’lari ishlatilgan. qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi tarixiy yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Download 17,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish