O`zbekistondagi zahiralari va ularga ishlov berishning innovatsion texnologiyalari
Tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash mamlakatning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan pardozlash ishlari xajmi ortib bormoqda. Turar-joy binolari, jamoat va sanoat binolarini qurishda pardozlovchi materiallar sifatida tabiiy pardozbop toshlardan qayta ishlangan plitalar, me’moriy mahsulotlar keng qo‘llanib kelinmoqda.
Tabiiy tosh mashhur va izlanadigan qurilish materiallari toifasiga kiradi. Uning ekologik tozaligi, uzoq xizmat qilish muddati, tabiiy tuzilish, turli xil shakllar va ranglar uni keng ko‘lamda qurilish, obodonlashtirish, yo‘lak va yo‘l chetlari, yo‘l va platformalarni yotqizishda ishlatish imkonini beradi.
Shuningdek bugungi kunda tabiiy pardozbop tosh mahsulotlaridan binolarni bezatish uchun turli xil fasad tizimlarida faol foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda 101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h.k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan (umumiy zahirasi – 118,7 mln.m3) bo‘lib, shundan 51 ta kondan yoki 43%dan (50,9 mln.m3) foydalanilib kelinmoqda.
2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga ortganligini ko‘rsatadi.
E’tiborlisi, 2019 yilda 1,0 mln. dollarlik 2,5 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilingan.
2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.m.kv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Yana bir ma’lumot, ushbu yo‘nalishda ishlab chiqarishni hajmi va sifatini yanada oshirish maqsadida shu kungacha tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish hamda geologiya qidiruv ishlari olib borish uchun tadbirkorlarga 118 ta litsenziyalar berilgan.
2019-2021 yillarda tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 3,0 mln. metr kvadratni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |