Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar
Reja:
1.Po’stloqning tashqi qatlami
2.Yirik bargli daraxtlar yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi va turlari
3.Yogʻoch — daraxtning poʻstlogʻi ostidagi qattiq qismi.
Po’stloqning tashqi qatlami po’kki qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat bo’lib, uning asosiy vazifasi daraxt tanasini har xil tashqi ta’sirlardan saqlashdan iborat. Lekin uning ba’zi turlaridan po’kak va issiq to’suvchi materiallar ishlab chiqarishda (eman), terini dudlovchi moddalar olishda (eman, tol, oq qayin) va har qanday daraxt po’stlog’idan rang va sunhiy yog’och materiallari olishda xom-ashyo sifatida foydalanish mumkin;
b) Lub qatlami po’stloqning ichki qismi hisoblanadi. U xom ashyo (material) sifatida ahamiyatga ega bo’lsmasada daraxtning vena qon tomirlari hisoblanadi, ya’ni daraxt barglari fotosintez yordamida havodan olgan ozuqali moddalarni ildizlarigacha yetkazib berishga xizmat qiladi;
v) Kambiy — lub va yog’ochlik orasidagi mayin va shirali qatlam bo’lib, tirik xujayralar zavodi hisoblanadi. U lub va o’zak nurlari orqali oziqlanib po’stloq va yog’ochlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan xujayralarni yetkazib beradi;
g) Po’stloq osti (zabolon) qismi yog’ochlikning hali o’sishdan to’xtamagan qismi bo’lib, har yili kambiy yetkazib bergan xujayralar hisobiga ma’lum miqdorga “semirib” yillik xalqa hosil qiladi. Yillik xalqa chegarasini bahordagi yirik va yoz — kuz davridagi mayda xujayralar rangidagi farq hosil qiladi;
d) Mag’iz (yadro) yog’ochlikning o’sishdan to’xtagan qismi bo’lib, yillik xalqalarning zichligi va qattiqligining ortib borishi natijasida hosil bo’ladi. Odatda uning rangi po’stloq osti qismidan to’qroq bo’ladi.
Bunday daraxtlarni mag’izlik deb atalib, ularga qarag’ay (sosna), tilog’och (listvennitsa), kedr kabi igna bargli va eman (dub), shumtol (yaseng’), elma (ilm), bujun (vyaz) qayrag’och, yong’oq, chinor (platan), terak, tol va olma kabi yirik bargli daraxtlar kiradi.
Ba’zi daraxtlarda o’sishi to’xtagan xujayralar ya’ni mag’iz bo’lmaydi. Bunday daraxtlarni mag’izsiz yoki po’stloq osti qatlamlik deb atalalib, ularga qora qarag’ay (el), oq qarag’ay (pixta), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk) jo’ka (lipa), qandag’och (olxa), grab, zarang (klen), nok, shamshod (samshit), xurmo daraxtlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Agar yog’ochlik mag’izi bilan po’stloq osti qatlami bir xil rangda bo’lsa, bunday yog’ochni pishgan (yetilgan) deb hisoblanadi. Bunday yog’ochlik daraxtlarga igna bargli qora qarag’ay (yel) va oq qarag’ay (pixta), yirik bargli tog’ teragi (osina) va qora qayin (buk) kiradi.
e) O’zak ko’ndalang qirqimning o’rtasida joylashgan to’q rangli doira shaklida bo’lib, odatda uning diametri 2-5mm bo’ladi. Asosiy vazifasi: lub qatlami keltirgan ozuqa moddalarni daraxt tanasiga bir tekisda tarqatib berish (o’zak nurlari yordamida).
Yog’och olishda ishlatiladigan daraxtlar qattiqligiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1. yumshoq(qarag’ay-sosna, oq qarag’ay-pixta, qora qarag’ay-yel, kedr, terak-topol, tog’ teragi-osina, jo’ka-lipa);
2. qattiq(oq qayin-beryeza, qora qayin-buk, tilog’och-listvennitsa);
3. o’ta qattiq(nok-grusha, qayrag’och, yong’oq-orex, oq akatsiya, shamshod-samshit, grab, pista).
Igna bargli daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi
Igna bargli daraxtlarga qarag’ay (sosna), qora qarag’ay (yel), oq qarag’ay (pixta), tilog’och (listvennitsa) va kedr daraxtlari kiradi.
Qarag’ay — yillik xalqalari yaqqol ko’rinadi, chunki kechki (yozgi-kuzgi) yog’ochlik qizg’ish-qo’ng’ir tusda, ertangisi (bahorgi) esa oqish (och) rangda bo’ladi. Po’stlog’i pastda qalin va yorilgan bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda, yuqori qismida esa silliq tillorang bo’ladi. Po’stloq osti qatlami sarg’ish-oq rangda bo’lib qalinligi 20-80 yillik qatlamga teng bo’ladi. Yadrosi esa pushtidan qizil-qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Fizik-mexanik xossalari juda yuqori, qurilishda, ko’priksozlikda, kemasozlikda, vagonsozlikda, mashinasozlikda va samolyotsozlikda hamda mebel sanoatida keng ishlatiladi.
Qora qarag’ay– po’stlog’i nisbatan yupqa, qo’ng’ir tusda va yorilgan bo’ladi. Yog’ochi mag’izsiz, pushti yoki sarg’ish oq rangda, ozgina skipidar hidi keladi. Fizik-mexanik xossalari (mustahkamlik, qattiqlik, zichlik) qarag’aydan pastroq, lekin sifati yuqoriroq, butoqlari silliq va qattiq. Yutug’i: tuzilishi bir xil, oq rangini uzoq saqlaydi, yelimi kam, rezonans xususiyati yuqori. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan (qarag’ay uchun) sohalardan tashqari musiqa asboblari yasashda ham ishlatiladi.
Oq qarag’ay — po’stlog’i yupqa va silliq bo’lib, kulran bo’ladi. Yillik xalqalari yaxshi ko’rinadi. Po’stlog’idan kuchli va yoqimli hid taraladi. Lekin yog’ochida hid bo’lmaydi. Yog’ochining fizik-mezanik xossalari (mustahkamlik, qattiqlik, zichlik) qora qarag’aydan ham (15-50%) past, asosan qog’oz va tara tayyorlashda ishlatiladi.
Tilog’och — po’stlog’i qalin, qo’ng’ir-zang tusda bo’lib, ko’p joyida yoriq bo’ladi. Yog’ochining mag’izi qizil-qo’ng’ir rangda, po’stloq osti qatlami esa yupqa (20 yillik qatlamgacha) va qo’ng’ir oq rangda bo’ladi. Skipidar hidi kelib turadi. Yog’ochining zichligi va mustahkamligi qarag’aydan 30% yuqori, butoqlari kam va chirishga chidamli. Yelimning ko’pligi va qattiqligi ishlov berishni qiyinlashtiradi. Yorilishga moyil. Qurilishda, yer osti inshootlarida, vagonsozlikda, mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kedr — po’stlog’i nisbatan qalin va yorilgan bo’lib, qo’ng’ir rangda bo’ladi. Yog’ochi mag’izlik, mag’iz rangi qo’ng’ir-pushtidan sarg’ish-qizilgacha. Po’stloq osti qatlami esa pushtisimon-oq rangda (40 yillik qatlamgacha) va qalin bo’ladi. Yog’ochi yengil, yumshoq, oson ishlov beriladi. Mexanik xossalari qora va oq qarag’ay orasida bo’lsada, chirishga chidamliligi ulardan yuqori, rangi va teksturasi chiroyli. Qalam ishlab chiqarishda, duradgorlikda va mebelsozlikda ishlatiladi.
Yirik bargli daraxtlar yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi va turlari
Bu guruh daraxtlarining o’zi yillik xalqalarining ko’rinish ko’rinmasligi va ozuqa yo’llarining joylashishiga qarab 2 ta guruhga bo’linadi:
1.Yillik xalqalari yaxshi ko’rinadigan va ozuqa yo’llari xalqa bo’ylab joylashgan daraxtlarga eman (dub), shumtol (yasen), elma (ilm), bujun (vyaz) kabilar kiradi.
Emandaraxtining po’stlog’i yuqori qismida oynavand va silliq, pastida esa to’q kulrang, dag’al va qalin bo’lib, katta-katta yorilgan bo’ladi. Yog’ochligi mag’izlik bo’lib, mag’iz rangi sarg’ish-jigarrang yoki to’qroq – qo’ng’ir bo’ladi. Po’stloq osti qismi esa nisbatan yupqa och sariq rangda, mag’izdan yaqqol ajralib turadi. Yog’ochining mustahkamligi va qattiqligi yuqori, chirishga chidamli, egila oladigan, teksturasi chiroyli, duradgorlik va mebelg’sozlikda, faner va parket ishlab chiqarishda, vagon, kema va mashinasozlikda ishlatiladi.
Shumtol ning po’stlog’i bo’ylamaga yorilgan, to’q kulrang bo’ladi. Yog’ochlikning mag’iz qismi och qo’ng’ir, po’stloq osti qatlami esa qalin bo’lib, rangi oqish-sariq bo’ladi. Yog’ochining mustahkamligi va qayishqoqligi yuqori bo’lib, yaxshi egiladi, yorilmaydi va tabiiy guli emanga o’xshab ketadi. Egilishga qarshiligi va zarbiy qovushqoqligi emandan ham 15% yuqori. Sport anjomlari ishlab chiqarishda, kema, vagon, samolyot sozlikda, avtomobil sozlikda va mebelg’sozlikda faner (shpon) ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
2.Yillik xalqalari yaxshi ko’rinmaydigan, ozuqa yo’llari xalqasimon joylashmasdan yuza bo’ylab bir tekis joylashadigan daraxtlarga oq qayin (beryoza) qora qayin (buk), grab, shamshod (samshit), zarang (klen), jo’ka (lipa), qandag’och (ol’xa) va tog’ teragi (osina) kabilar kiritiladi.
Oq qayindaraxtining po’stlog’i oqish, yupqaroq, keksayganda qatlam-qatlam bo’lib yoriladi. Yog’ochligi mag’izsiz bo’lib, rangi qizg’ish yoki sarg’ish aralash oq. Qattiq, zarbiy mustahkamligi yuqori, chirishga chidamsiz, ishlov berish qiyin, yaxshi pardozlanadi va bo’yoqni yaxshi oladi. Shpon, faner, DSP, chang’i (lija) va mebel ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Qoraqayinyog’ochi yosh daraxtlarda qizg’ish-oq rangda, qarilarida esa qo’ng’ir-jigarrangda bo’ladi. Mag’izsiz, pishgan yog’ochlik hisoblanadi. Yog’ochining mustahkamligi yuqori, tabiiy guli chiroyli lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. Mebel, shpon, parket ishlab chiqarishda va musiqa asboblari, sport anjomlari, poyafzal andozalari, juva, non taxta, randa va yog’och idish tovoqlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Zarangdaraxti ham mag’izsiz lekin po’stloq osti qatlamli (zabolonnoye) hisoblanadi. Yog’ochining rangi sariq yoki qizg’ish aralash oq rangda bo’lib, yillik xalqalari nisbatan yaxshi ko’rinadi. Yog’ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli, randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlashda va mashinasozlikda ishlatiladi.
Jo’kadaraxtining po’sti qalin bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz. Oq yoki pushti aralash oq rangda bo’ladi. Yog’ochining xossalari yuqori emas, yumshoq va yengil, bir jinsli, yaxshi tilinadi, kam yoriladi, chizma taxtalari, quymakorlik modellari, yog’och idishlar, qalam, o’ymakorlik buyumlari, o’yinchoqlar tayyorlanadi.
Qandag’ochpo’stlog’i qalin, qoramtir tusda bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz oq rangda lekin ochiq havoda tezda qizarib qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi (qurigandan so’ng). Yog’ochi yumshoq, yengil, oson ishlanadi, namga chidamli, bo’yoqni yaxshi oladi. Unga qizil yog’och, yong’oq va zarangga o’xshatib ishlov berish oson, lekin tez qurt yeydi, arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi.
Tog’ teraginingpo’stlog’i sarg’imtir, nisbatan yupqa bo’ladi. Yog’ochligi mag’izsiz, oq rangda, lekin vaqt o’tishi bilan qizg’ish yoki yashilsimon rang oladi. Yumshoq va yengil namga chidamsiz. Undan faner, gugurt cho’plari, qutilar, tokarlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi.
Mahalliy daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi
Mamlakatimizning tog’lik o’lkalarida igna bargli daraxtlarning ham ko’p turlari bo’lsada, xalq xo’jaligiga yog’ochlik yetkazib berishda ma’lum ahamiyat kasb etgan quyidagi daraxtlarni mahalliy daraxtlar ro’yxatiga kiritish to’g’riroq bo’ladi: mirza terak (topol piramidalniy), baqa terak (cherniy topol), yong’oq (orex), chinor (platan), nok (grusha), tol (iva), qayrag’och va h.k..
Mirza terakningpo’stlog’i sarg’ish, silliq. Tanasi to’g’ri, yaxshi xoda beradi. Yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, yengil va yumshoq, namga chidamsiz, oson qurt tushadi, qurilish va duradgorlik materiali sifatida ishlatiladi.
Baqa terakpo’stlog’i oq ko’kish rangli, silliq. To’g’ri xoda bermaydi, yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, pishiq-puxta, ishlov berish ancha qiyin, qurilishda va duradgorlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Yong’oq ning po’stlog’i ko’kimtir, qalin va silliq. Yog’ochligi mag’izlik bo’lib, kulranga o’xshash to’q jigarrangda, puxta pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, faner (shpon), qimmatbaxo mebellar va o’ymakorlik buyumlari tayyorlashda, pardozlash (qoplash) ishlarida foydalaniladi.
Chinor ning yog’ochligi ham mag’izlik bo’lib, qizg’ish-qo’ng’ir tusda, po’stlog’i esa qizg’ish-sariq tusda, silliq va yupqa bo’ladi. Yog’ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Randalangan faner, parket va qimmatbaho mebel tayyorlash mumkin.
Nok ning po’stlog’i qoramtir, nisbatan qalin. Yog’ochligi mag’izsiz, qizg’ish-qo’ng’ir yoki pushti ranglarda bo’lib, qattiq va mo’rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Tolning po’stlog’i qalin. Qizg’ish-kulrang, yog’ochligi mustahkam, egiluvchan va yumshoq, mag’izsiz, sarg’ish oq rangda. Vaqt o’tishi bilan qizg’ish-sariq ranga kiradi. Qurilishda kam ishlatiladi, asosan ikkinchi darajali duradgorlik buyumlari va yog’och idishlar tayyorlanadi.
Qayrag’och ning po’stlog’i chuqur yoriqli, to’q kulrang-qo’ng’ir tusda. Yog’ochi mag’izlik. Mag’iz qizg’ish qo’ng’ir tusda, po’stloq ostining rangi esa sarg’ish-oq bo’lib, mag’izdan yaqqol ajralib turadi, tuzilishi emannikiga o’xshab ketadi, lekin o’ta-qattiq va pishiq-puxta egiluvchan, ishlov berish qiyin. Yog’och vintlar va mixlar, tirnoqlar, har xil dastalar, g’ildirak kegaylari va gupchaklar, faner va shpon tayyorlanadi.
Daraxt tanasining koʻndalang kesilgani
Kokos palmasi ustunlari
Yogʻoch — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va boshqa organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi. Yo. massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yo. daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va boshqa) oʻzaklari birbiridan rangi bilan farqdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang , qayin va boshqa)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Yo.ning fizik xossalari tashqi koʻrinishi (rangi, yaltirashi, teksturasi), zichligi, namligi, gigroskopikligi (nam oʻtkazishi), issiqlik sigʻimi va boshqa xossalari bilan ifodalanadi; 2) har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yo. olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang , nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va boshqa, ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va boshqa daraxtlar kiradi. Yo. daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. Yo. dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va boshqa koʻrinishda ishlatiladi. Yo. ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yo. hisoblanadi. Yo.ning boshqa turlari (taxta, faner va boshqa) shu dumalok, Yo.ni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan Yo. hisoblanadi. Yo. qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va boshqa), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va boshqa ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (qarang Yogʻoch materiallar, Yogʻoch plastikalar, Yogʻoch plitalar).[1]
Yogʻoch — daraxtning poʻstlogʻi ostidagi qattiq qismi. Botanika nuqtai nazaridan tabiiy selluloza tolalari birikmalari joylashtirilgan lignin matritsasidan tashkil topgan organik modda. Tirik daraxt tanasida yogʻoch tayanch vazifasini oʻtab, tashqi xavf-xatardan (masalan, yiqitilishdan) saqlaydi. Shuningdek u tomirdan shox va barglarga suv yetkazib berish vazifasini ham oʻtaydi.
Yogʻoch koʻp ming yillar davomida asosan yoqilgʻi va qurilish moli sifatida hizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yogʻoch ish qurollari, cholgʻu asboblari, mebel, qogʻoz va boshqa ishlab chiqarilishida ishlatiladi.
Yer yuzida 1 trillion tonna yogʻoch boʻlib, bu koʻrsatkich yiliga 10 milliard tonnaga koʻpaymoqda.
Eng qadimgi daraxtlar qoldiqlari 2011-yilda Kanadaning Nyu-Bransuik provintsiyasida topilgan boʻlib, ularning yoshi taxminan 395-400 million yilni tashkil qiladi
Yog'och Turlari: Xususiyatlari, Turlari, GOST, Dastur
turli yog'och materiallar, chunki ko'pincha sifatini belgilash bilan qiyinchilik nima keng tanlash zamonaviy doira. kuzatuvchi hujjatlarida ayrim asosiy ma'lumotlarni va texnik xususiyatlarini ko'rsatadi qaramay, yog'och amalga oshirishda ishtirok mutaxassislar tavsiyalarini unutmang. sotib olish mumkin nuqsonlari bilan tanish bo'lishi kerak oldin xarajat va materiallar xususiyatlari, shuningdek, qayta ishlash texnikasi va o'tin kerak tarkibiy xususiyatlari bevosita ta'sir ko'rsatadi. Sinflar, zoti va o'sish sharoitlari sifatli material tanlash va uning foydalanish optimal tartibga solishga, asosiy jihatlari hisoblanadi.
yog'och navlari
XUSUSIYATLARI
Yog'och, sinfdan tomonidan tasniflangan har qanday boshqa qurilish materiallari, kabi. Bu parametr yog'ochni qayta ishlash va uning xususiyatlari sifatiga bog'liq. mutaxassislar eng ishtirok, shunday qilib, maxsus vositasi turi, talab qilinadi aniqlash uchun. Har qanday holatda ham uni sifati va maqsadi aniqlash uchun sotib olingan tovarlar paydo bo'lishiga alohida e'tibor qaratish zarur.
YOG'OCH: SINF 1
Sinflar bir beshinchi raqamlar bilan belgilanadi. istisno yog'och, GOST navlari tanlanadi qaysi materiallar sifatiga jiddiy asoslarini bor. Bu kemasozlik ishlatiladigan va zarracha nuqsoni yo'q bor.
ish qismlarini ustiga belgi kichik yoriqlar, tugunlardan va darzlar hozirgi izlari bo'lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, hech qanday qora dog'lar, Hashorat izlari, chirish, qo'ziqorin va chiriyotgan bo'lishi kerak. Bu uyalariga va aniq zarar orqali quruq va o'lik teri zarrachalar bepul, bo'ylama bo'lishi kerak - Misol sifatli platalari foydalanish mumkin xanjarday. U erda bir yadroli roll bo'lmasligi kerak, va tolalar umumiy ko'ngil 5% bo'lishi mumkin. Bu mahsulotlar nuqsonlari va jozibador tashqi ko'rinishi yo'qligi bilan ifodalanadi. Ular bezash, tashqi, ichki ishlar ishlatiladigan va yuk-tug'ish elementlar qurilishida etiladi.
Yog'och sinf 1
YOG'OCH: SINF 2
Bu materiallar, birinchi farqli o'laroq, nuqsonlari, bir qator bo'lishi mumkin. Bu butun mahsulot ko'p, bir uchdan bir uzunligi bilan bir yoriq taqdim mumkin. Bu holda, ularning kengligi va chuqurligi bir xil parametrlarini qoladi. bir necha kichik bo'lgan quyidagi parazitlar bir yoki undan ortiq Balki mavjudligi. yog'och birinchi va ikkinchi turdagi, minimal farqlar bor, ammo ikkinchi variant tashqi dasturlarga eng keng tarqalgan bo'ldi.
SINFLAR 3, 4, 5
Uchinchi sinf ostidan, qoplam uchun yog'och va kichik yuk oshiradi. Bu wormholes izlari, chirishga, qora nuqta va chiriyotgan, shu jumladan, nuqsonlari hozirgi deyarli barcha turlari, bo'lishi mumkin. Balki maqolaning butun uzunligi ko'p bo'lmagan uzunligi bilan chuqur yoriqlar mavjudligi.
kichik ignabargli kesgandan qachon to'rtinchi sinf ishlatiladi, minimal yuk ostida, shuningdek, Idish tiyyorlash va o'ramlash uchun qurilish elementlari. Asosiy talab bo'lib, butun tuzilishi hozirgi va har qanday sirt xatolar bo'lishi mumkin, GOST yaxlitligi element hisoblanadi.
eng past sifatli beshinchi sinf bor. Bu qoplama, mebel va boshqa ishlar uchun mo'ljallanmagan. Eng tez-tez Şömine va pechkalar ateşlenmesi uchun ishlatiladi.
Barcha turlar bir xil qiymatga ega va muayyan sohalarda ishlatiladi. yog'och turini bilib, faqat ba'zi hollarda ular bir-biriga almashtirish mumkin, chunki, byudjet saqlab qolish uchun ham kerakli xususiyatlarga ega bo'lgan to'g'ri materiallar tanlash, lekin mumkin emas.
yog'och sinf 2
IGNALAR
Yog'och SOL turli, o'tkir hid va aniq tuzilishi. eng keng tarqalgan sotib sadr, sarv va qarag'ay, ular shuningdek uylari va boshqa binolar qurilishida, turli ob'ektlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. etakchi o'rin qarag'ay tomonidan ishg'ol qilingan, u davolash sifati bog'liq emas, har xil rang, bo'lishi mumkin.afzalliklari orasida qatronlar qayd hafiflik, kuchi, nurash va chirish salbiy jarayonlar qarshilik tufayli yuqori kontent qiymati. Bu bo'yoqlar yuksak amal ta'minlaydi bo'sh tuzilishini farq qiladi.
Archa ommaviylashib ikkinchi joy. U, masalan, qarag'ay kabi afzalliklari, bunday uzoq ro'yxati bor tufayli zichroq tuzilishi va tugunlarga majmui uchun qayta ishlash uchun ko'proq qiyin. Tufayli qatronlar minimal mazmuniga, archa mahsulotlari atmosfera agentlari uchun qarshilik va chirish o'rtacha darajasiga ega.
Sinflar ignabargli shuningdek qattiq sifatida tasniflanadi, sifat standartlari GOST 24454-80 belgilangan. Bu raqamli belgilar bilan bir qatorda, tez-tez bir tanlov bilan noto'g'ri bo'lishi emas, moddiy sotib hisobga olinishi lozim E. Bu harflar A bilan belgilangan topilgan ta'kidlash joiz.yog'och turlari navlari
HARDWOOD
Bargli daraxtlar olingan mahsulotlar faqat qayta ishlash va ketish paytida sezilarli bo'lib, eng yuksak tarqatish va minimal, deyarli sezilmaydigan hid bor. mebel va taxta ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan qattiq yog'och (masalan, eman, kul, qayin kabi). Ularning har biri o'z xususiyatiga ega. Misol uchun, eman chirish uchun yuqori kuch xususiyatlari va qarshilik bor. mustahkam tuzilishi qotirish va egri elementlarni yaratish uchun ishlatiladigan yuzasi yupqa naqshlar ustiga yaratish imkonini beradi.
Aspen, basswood va olxa yog'och yumshoq sinflar bor. Bu variant qurilishida keng tarqalgan va profillar, astar, jurnallar va yog'och shaklida mavjud. Yumshoq yog'och analog bilan taqqoslaganda va Rot oldini olish uchun maxsus himoya aralashmalar bilan davolash lozim deb zichligi bir kam darajasiga ega.Standart yog'och sinf
NUQSONLAR
Ishlash va tashish vaqtida sarflangan mexanik zarar izlari deb nomlangan nuqsonlar. don qiyaligi ko'pincha bo'ylama o'qi ajralib keyin paydo bo'ladi. yechilmaydigan egrilik Yaqin materiallar sifati buziladi tufayli qaysi ko'ndalang kesish, bo'lishi mumkin bo'lgan, ko'pincha mavjud.
yog'och sifati tosh, lekin o'sib borayotgan sharoitlar (harorat, namlik) nafaqat ta'sir qiladi. turli hududlarida o'yilgan bir turdagi moddiy, qattiqligi kichik farqlarni mumkin. Ushbu parametr, bir miqyosda o'lchanadi, boshlang'ich nuqtasi eman ham og'rig'iga olinadi.
Mustahkamlik mahsulotlari mexanik zarar uchun qarshilik aks ettiradi nuqsonlar, namlik va zotli ishtirokida qarab o'zgaradi. kuch tomonidan materiallar yaxlitligini, natijada stress chegarasi mo`ljallangan.
QANDAY TANLASH
Bu xarid qilishdan oldin, o'z moddiy tekshirish uchun tavsiya etiladi. Masofadan tartibi hurmatli yetkazib beruvchilar faqat mumkin. Agar omboriga borib oldin, siz tez qatlamlari va ranglar sifatini tekshirish uchun ifloslangan saytlar tozalash mumkin bo'lgan bir samolyot, olish kerak.Alohida ahamiyat kasb bo'lmagan yagona qatlamlari, tugunlardan va yoriqlar tolalari borligi uchun tekshirish hisoblanadi. sifatli va yog'och quritish ta'siri yanada foydalanish imkoniyati. noto'g'ri amalga oshirilgan bo'lsa, ehtimol, geometriya va qayta o'lchamlarini buzilishi xafa qilma.
Umumiy maydoni
UCHUN TASHQARIGA QARASH UCHUN NIMA
qarag'ay, archa, archa va boshqalar - etkazib beruvchilar ko'p ignabargli yumshoq navlari mavjud. Odatda, bu moddiy standart registri elementlar shaklida amalga oshiriladi. Bu qayta ishlash bir yoki undan ko'p sirt duchor bo'lishi mumkin. Bu qismlar yo'nalishlarini rejalashtirish keyin bir necha millimetr kamayadi, chunki, deb qabul qilish kerak, va haqiqiy parametrlarni sotuvchilar tomonidan ko'rsatilgan har xil bo'ladi.
Saralash ignabargli minimal nuqsonlari (kichik yoriqlar, uzel) huzurida, va qatlamlari yaxlitligi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu tasnif astarli tanlash va boshqa bezash materiallari uchun ham javob beradi. benuqson ko'rinishi bilan sifatli imkoniyatlari mebel va doğrama ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan. Oliy kuch tartibda amalga bo'lib, tez-tez, qurilish bozorida borligi emas, bu maqsad materiallar uchun mos bo'lgan tuzilmalar shakllanishi zarur bo'ladi.
sotib oldin siz sertifikatlar va mahsulot hujjatlarni mavjudligini tekshirish kerak. Bu joy, yog'och emas, balki butun turlari olishi kerak majburiy sertifikatlashtirish orqali ta'kidlash joizki, lekin eng ishlab chiqaruvchi sotilgan barcha mahsulotlar to'g'ri shaklda amalga qilish uchun harakat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Botirali Yuldoshev → Амир Темур қўшинини қандай боққан? Етти ойлик чўл йўлидан қандай олиб чиққан? Ҳаммаси ҳақида батафсил
12 апрел 2020, 16:41 | 1 изоҳ
Botirali Yuldoshev → АНДИЖОН ХОНИ СУЛТОН САЪИДХОН
Бу мақола фесйбукда эълон қилинган эди. Баъзи баҳс ва мунозорага ҳам эга бўлди. Чаласавод бир...
12 апрел 2020, 16:24 | 1 изоҳ
yakkabog59 → Baxt haqida psixologlar nima deydi?
Jismoniy va ma'naviy sog'lom inson hamisha baxtlidir. Faqat biz uni ko'pincha sezmaymiz va his...
2 октябр 2019, 23:41 | 2 изоҳ
Bahodir Primov → Италия Республикасининг куни
Italiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Andrea Bertozzi janoblari bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |