Ўзбекистонда кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятини ривожлантиришнинг асосий йўналишлари



Download 0,82 Mb.
bet1/2
Sana22.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#83336
  1   2

  1. Ўзбекистонда кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятини ривожлантиришнинг асосий йўналишлари.



O‘zbekistonda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakatini zamon talablari asosida rivojlantirish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o‘rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot va demokratik tub o‘zgarishlar sari faol harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalar o‘zlarining ichki bo‘linmalari bajargan avvalgi ko‘p funksiyalaridan voz kechishi va bu funksiyalarni kichik korxonalarga bosqichma-bosqich berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko‘ra yirik sanoat korxonalarining soni qisqarib, kichik korxonalar soni o‘sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o‘zgarishiga tez moslashuvchan bo‘lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatbardoshlik darajasi ko‘tarilishida eng muhim omillardan biri kichik korxonalar faoliyatini mustahkamlashga imkon beruvchi qulay shart-sharoit yaratish orqali bozor munosabatlarida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirishdan iborat.
Aholi bandligi va daromadining o‘sishi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga bog‘liq. Bugun mamlakatimizdagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 87 foizi nodavlat mulkchilik shakliga ega kichik va xususiy biznes korxonalaridir. Yalpi ichki mahsulotning 83,6 %dan ortig‘i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 90 %dan ko‘prog‘i, deyarli barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar, tizimli ravishda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining katta salmog‘i ham aynan shu sohaga to‘g‘ri kelmoqda. Birgina kichik biznes subyektlari uchun 2016 yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hajmi 5 trln. 346 mlrd. so‘mni (2011 yilga nisbatan 130 %) tashkil etdi, shu jumladan:
48,5 mlrd.so‘m – kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘z biznesini ochish hamda olingan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish uchun;
80,1 mlrd.so‘m – yosh oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun;
618,0 mlrd.so‘m – xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun;
491,7 mlrd.sum – ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va ularning faoliyatini rivojlantirish uchun.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga “2012 yil –Mustahkam oila yili”da 618,1 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 33,3 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobiga aholi turmush farovonligini doimiy oshirib borish hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ya’ni kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirishni ta’minlashga asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim sharti ekanligiga alohida e’tibor bermoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o‘sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to‘ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasi kengayishi, jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko‘payishi, yangi ish o‘rinlari yaratishda, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari, turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo‘lida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, kichik biznesga yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so‘nggi yillarda bir qator qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning to‘liq ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidandir.
O‘tgan yili sohada ruxsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qisqartirilgani davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan qisqarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda ham davom ettirilib, 1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli bekor qilingani e’tiborga molik.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Ayni paytda, biznesni ro‘yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to‘la mos keladi. Xususan, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan iqtisodiyotimizda xo‘jalik faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalqimiz mentaliteti va an’analariga to‘liq mos keladigan yangi tashkiliy-huquqiy shakli joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar berildi. Buning natijasida qonun qabul qilingan paytdan boshlab o‘tgan yarim yil mobaynida mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi.
“Obod turmush yili” davlat dasturida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami 269,6 milliard so‘m hajmida, ya’ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko‘p kredit ajratish ko‘zda tutilgani diqqatga sazovor. Jumladan, oilaviy, xususiy tarbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 110,1 milliard so‘mlik kreditlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qoramollar sotib olish uchun 106 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va litseylarning 15 ming nafardan ortiq bitiruvchisi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun jami 53,5 milliard so‘mlik kreditlarga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda. Korporativ xaridlar tizimi kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishning muhim shakllaridan biridir. 2013 yilda tizimga jalb etilgan soha subyektlari sonini 1,3 barobar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan 2086 ta yirik korxonada korporativ xaridlar mexanizmini joriy etish va xaridlar umumiy hajmida kichik biznes ulushini 25 %ga yetkazish belgilangan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo‘llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2019 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 48,2 %ni, 2017 yilda 50,1 %ni, 2016 yilda 52,5 %ni, 2015 yilda 54 %ni, 2014 yilda 54,6 %ni tashkil etdi (5-rasm) yoki 2018 yilga nisbatan 23 %dan ortiq o‘sganligi alohida ahamiyat kasb etadi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish