PLASTIDALAR
Plastidalarni birinchi bo’lib 1676 yilda A.V.Levenguk o’rgangan. 1882 yilda A.Shimper davom ettirgan.Plastidalarning ichki tuzilishi 1982 yilda Frey-Visling tomonidan aniqlangan.
Faqat fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi eukariot organizmlar hujayrasining organoidi hisoblanadi.
Yuksak o’simliklarda plastidalarning 3 turi uchraydi.
Plastida
xloroplast
xromoplast
leykoplst
Xloroplastlar
Ikki qavat membrana bilan chegaralan-
gan bo’lib, membrana qalinligi 7 nmdir.
Plastidaning ichki qismi stroma deb ataladi. Ichki membrana plastida matriksiga ya’ni stomasiga botib kiradi va uzun stroma lamellalarni va disksimon
vakuolalar-tilakoidlarni xosil qiladi.
Lamellalar bir tekislikda joylashadilar. Tilakoidlar ustunchalar xosil qilib joylashadi.Bu ustunlar ya’ni tilakoidlar yig’indisi granalar deyiladi va har bir granada 50 tagacha tilakoidlar bo’ladi.Har bir hujayrada esa 40-60 tagacha granalar bo’lishi mumkin.Granadagi tilakoidlar bir-biriga juda zich joylashganligi sababli tashqi membranalari o’zara qo’shilib ketadi.
Tilakoidlar lipid va oqsil qavatidan iborat bo’lib,
ular orasida xlorofil pigmenti,lipid qavati orasida esa karatinoid pigmentlari joylashgan.
Tilakoid va granalarning elektron mikroskopda ko’rinishi
Xloroplast stromasida DNK molekulasi,ribosomalar va kraxmal donachalari uchraydi.
Xloroplastlarda xlorofil pigmenti bo’lib, u yordamida yorug’lik nurini yutib,uni kimyoviy energiyaga aylantiradi ya’ni fotosintez jarayonini aynan ushbu xloroplastlar amalga oshiradi.
Fotosintezning umumiy formulasi quyidagicha
6CO2+6H2OC6H12O6+6O2
Leykoplast
Leykoplastlar yunoncha so’zdan olingan bo’lib,
“leukos”-rangsiz,”plastos”-shakl ya’ni plastidaning
rangsiz shakli ma’nosini anglatadi.
Leykoplastlar xloroplastlardan lsminysr tizimining sust rivojlanganligi bilan farq qiladi va bu jixatdan proplastidalarga o’xshaydi.Shuningdek leykoplastlarda ham xuddi proplastidalardagi singari yorug’lik ta’sirida tilakoidlar sistemasi rivojlanib yashil ranga kira oladi.
Xloroplastlarda sintez jarayonidan so’ng tranzit ya’ni vaqtinchalik kraxmal donachalari to’plansa,
Leykoplastlarda esa zaxira kraxmali to’planadi.
Leykoplastlar ayniqsa zaxira kraxmal to’plovchi
hujayralarda masalan urug’ endospermi,tuganak-
larda ko’p uchraydi va hujayraning kelgusi faoliyati uchun zarur zaxira kraxmal to’plash uchun xizmat qiladi.
Xromoplast
Plastidalarning karotinoid pigpemtlariga ega bo’lgan turi xromoplast deb ataladi.
Xromoplastlarning o’zgarish ya’ni funksiya bajarish jarayonini gultojibarglarning rivojlanishi yoki mevalarning yetilishi bilan bog’liqdir.
Xloroplast membranasi yemirilib,xlorofil va kraxmal yo’qoladi.Lamellalarning yemirilishi natijasida yog’ tomchilari ajraladi.Bu yog’ tomchilarida karotinoidlar yaxshi eriydi.
Demak,Xromoplast degeneratsiyaga uchragan xloroplast hisoblanadi.
Plastidalarning ham xosil bo’lishi, kelib chiqishi ularning ham qisman avtonomligi fanda aniq isbotlangan.Ba’zi bir yashil suvo’tlarining xromotoforlari uzayib ikkiga bo’linish orqali ko’payishi kuzatilgan.Plastidalarning xosil bo’lishi asosida proplastidalar yotishi aniqlangan.
Proplastidalar mayda ikki membranali pufakchalar Ichki membranasi mayda burmalarni xosil qiladi.
Yorug’lik yetarli bo’lganda proplastidalardan xloroplast xosil bo’ladi.
PROPLASTIDA XLOROPLAST
Yorug’lik
Proploastidalarning qorong’ida rivojlanishi o’zgacharoq. Avval plstidaning hajmi ortib ichki membranasi lamellani emas mayda bir joyda to’planadigan pufakchalarni xosil qiladi va undan leykoplaast rivojlanadi. Ammo yorug’lik ta’sirida leykoplastdan ham xloroplast xosil bo’ladi.
PROTOPLASTLAR LEYKOPLAST
LEYKOPLAST XLOROPLAST
XLOROPLAST XROMOPLAST
Qorong’ilik
Yorug’lik
Degeneretsiya
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!