Ii bob. Moddalarning hosil bo`lishi haqidagi dastlabki ta`limotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/37
Sana15.08.2021
Hajmi2,35 Mb.
#148633
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
II bob(1)

2.9.   Alkimyo  inqirozi  sabablari 

YUqorida    qayd  etganimizdek,    o`zining  qariyb      2000  yillik  tarixiga  ega 

bo`lgan    alkimyo    XV  asrda    amaliy  kimyo    sifatida    o`z  rivojining  eng  yuqori  

cho`kkisiga chiqdi.  Evropa  olimlari B. Palissi, V. Biringuchcho,  G. Agrikoli, V, 

Valentin,  A.  Libaviy,  O.  Taxeniy,  I.  Glauber,  I.  Kunkel,  I.  Bexer  va  boshqalar  

rudalardan metallar  va metalqotishmalari olish, sir-langan keramik va nafis chinni 

buyumlar    yasash,  mineral  pigmentlar  va  o`simlik    bo`yoqlari  tayyorlash,    turli 

oziq-ovqat  va  ichimliklar,  dorivorlar  tayyorlash    sohalarida    bir  qator    yutuqlarga 

erishdilar,    zamonaviy  kimyo  va  farmakologiyaning  mustahkam  poydevori  barpo 

etildi.  

Alkimyoning yakuniy bosqichi XVI - XVIII asrlarni o`z ichiga oladi va  

asosan  Germaniya,  Frantsiya,  Gollandiya,  Angliya  va  qisman    Rossiya  davlatla-

rida    rivojlandi,  ba`zi  manbalarga  ko`ra  ushbu  davrda  alkimyoga  bag’ishlan-gan 

8000-1000  asarlar  yozildi va bosmadan chiqarildi, ya`ni o`qishni bilgan odamlar 

ham  alkimyo haqida ma`lum tasavvur va bilimlarga ega bo`ldilar.    

XVII  boshlari  alkimyo  rivojida  ma`lum  bir  turg’unlik  va    inqirozi-  ning 

dastlabki  belgilari  kuzatildi.    SHu  o`rinda,    alkimyo  faqatgina  kimyo  fani 

rivojining  tarixiy  bir  qismigina  emas,  balki  insoniyat  hayotiga  ming  yillar 

davomida  omuxta  bo`lib  ketgan  ijtimoliy-iqtisodiy    jarayon  ekan-ligi,    uning 

rivojida  oddiy  odamlardan  tortib  hukmdorlargacha    oson  boy-lik  orttirish  manbai 

sifatida  unga    o`z  orzu-umidlarini    vobasta  aylagan-liklarini      alohida  qayd  etish 

lozim. 

SHu  sababli,  alkimyo  inqirozi  va  uning  sabablari  to`g’risida  mu

hokama 

yuritishda, uning bir qator e`tiborli jihatlarini ham yoritish lozim: 




 

87 


1)  Oddiy metallarni falsafiy tosh yordamida nodir metallarga  

(oltin    va  kumushga)  aylantirish    g’oyasi  nafaqat  alkimyogarlarni,  balki  oson 

boylik  orttirish  va  arzon  oltin  tayyorlash  orzusida  bo`lgan  oddiy  fuqaro-lardan 

boshlab, imperatorlar va  qirollarni ham  o`z domiga oldi.  

 

Bu  urinishlarning  oldini  olish  va  arzon  oltin  davlatning  iqtisodiga  zararini 



kamaytirish  maqsadida  Rim  imperatori    Diokletian  (243-315  yy.)  va  Vizantiya 

imperatori  Konstantin  (285-337  yy.)  davrida  alkimyogarlik  umuman  taqiqlandi, 

alkimyogarlar boshqa yurtlarga  quvg’in qilindilar; 

XVIII asrda Angliya qiroli  Genrix VI  mis amal’gamasini  oltin tan-ga 

o`rnida taklif etgan tovlamachi-alkimyogarlarni dorga osgan;   

Berlinda  1709  yilda  neapolitanlik  Kaetan ismli tovlamachini ham  qalbaki 

oltin qoplamalar uchun  shahar markaziy maydonida dorga osishgan.  

SHu vaqtdan boshlab, alkimyo bilan shug’ullanish  jinoyatchilikka teng-

lashtirilgan  va alkimyoning quyoshi so`nishni boshlagan. 

2)  CHerkovning alkimyogarlarga doimiy qarshilik qilishi va tabiatshu- 

noslarga  qarshi kurashi ostida ularning  jamiyatga va kishilar ongiga  o`z ta`sirini 

saqlab qolishdan tashqari siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sabab-lari bo`lganligi bir 

qator tarixiy manbalarda yoritilgan.  Rim papasi Gri-goriy  I xristianlarga eski 

qo`lyozma va kitoblar o`kishni  529 yilda umuman ta`qiqladi,  papa Ioann XXII 

esa alkimyogarlarni  duoibad (anafema) qildi.   

 

Evropada  cherkov  inkvizitsiyasi  (inquisitio  –  katolik  cherkov  dushmanla-



riga qarshi kurash olib borish uchun 1184  yilda papa Lutsiy va imperator Fridrix 

I Barbarossa  tomonidan tashkil etilgan sud tashkiloti, XIII-XIX asrlarda faoliyat 

ko`rsatgan)  tomonidan    XVI-XIX  asrlarda    birgina  Ispaniyaning  o`zida  30000 

kishi,    boshqa  Evropa  mamlakatlarida    esa  290000  kishi  turli  qiynoq,  qamoq  va 

surgun  jazolariga  duchor  etilgan.    Papa  Adrian  VI  besh  yil  ichida  1620  kishini 

tiriklayin o`tga tashlatgan va h.o.; 

3)  XI – XIX asrlarda islom dini hukmron bo`lgan davlatlarda ham  



 

88 


ilm-fan,  texnika  va  texnologiyalar  rivoji  o`ta  sust  bo`lgan,  hur  fikrli    qomusiy 

olimlar va allomalar ham o`z Vatanlaridan quvg’in qilinganlar;   

4)  YUnon, misr va arab alkimyogarlarining ko`plab asarlari  va qo`lyoz-  

malari tabiiy ofatlar, yong’inlar va urushlar  vaqtida yo`qotib  yuborilgan, yana bir 

katta  qismi  salb  yurishi  qatnashchilari  tomonidan  Evropa  mamlakatlariga  olib 

ketilgan va hozirda Evropa muzeylarida saqlanmoqda; 

5)  XVII asr oxiri va XVIII boshlarida  bir qator Evropa mamlakatla- 

rida  ro`y  bergan  texnik  revolyutsiya  oqibatida    jamiyatda  kapitalistik  ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  shakllanishi  va    yakka  hunarmandchilik  o`rniga  

manufakturalar,    tsexlar  va    dastlabki  kimyo  sanoati  korxonalari    qaror  topishi, 

xomashyo  va  tayyor  mahsulotlar  sifatini  kafolatlash  zarurati    alkimyoning  ish 

usullari va jihozlarini  zamonaviy kimyo laboratoriyalari va malakali mutaxassislar 

bilan almashinishga olib keldi ; 

6)  Kimyo bo`yicha darsliklar, o`quv qo`llanmalari va tajribalar tavsifi  

kimyogarlar  sonini    keskin  oshirdi,  to`plangan  kimyoviy  bilimlar  va  tajribalarni 

oson  o`zlashtirish  va  amaliy  qo`llash  imkoniyatlari  alkimyogarlarning  mavhum 

obrazlarni  qo`llab,    o`z  tajribalari  mohiyatini  yashirishlari  va  kimyo  fanida 

etakchilik qilishlariga barham berdi va h.q. 

 

  Mashhur olimlarning alkimyoga haqidagi fikrlari: 



1)  Abu Ali ibn Sino o`zining  “ash-SHifo”  falsafiy asarida: 

 “Alkimyogarlar  yangi  jism  yarata  olmaydilar.  Ular  metallarga  turli  ishlov  berib 

rangini o`zgartiradilar, ammo uning tarkibi o`zgartira olmaydilar. Bir xil metallarni 

ikkinchisiga  aylantirish  menga tushunarli emas,  aksincha,  men  buning  imkoniyati 

yo`q deb hisoblayman”; 

   2) F. Bekon  1620 yilda yozgan “Fanlarning yangi organoni” asarida  

“Alkimyogarlar  va  sehrgarlarning  ishi  hech  qanday  kashfiyot  bo`lishi  mumkin 

emas, bu donishmandlarning yutuqlari faqat kulgi va ko`z yoshiga arziydi”;  

 

 

  3)    G.  Burgave  (1668-1738  yy.)  1732  yili  nashr  etilgan  2  tomlik  “Kimyo 



elementlari” darsligida  (bu  kitobdan,  Moskva  universiteti  talabalarining  bir  necha 


 

89 


avlodi  ham  foydalangan  deyishadi)    4  element:    olov,  havo,  suv,    tuproq 

xususiyatlari  haqida  batafsil  to`xtaladi  va  ular  haqidagi  alkimyogarlarning 



noto`g’ri fikrlarini tanqid qiladi; 

 4)  I. YUnker 1749 yilda o`zining  flogiston  kimyosi asoslari yoritilgan 



“Kimyo bo`yicha to`liq qo`llanma” darsligida  “Alkimyo degan yuqumli kasallik 

T.Paratsel’s ishlaridan keyin butun dunyo bo`ylab tarqaldi, barcha odamlar o`z 

kasb-korini tashlab, oltin olish imkonini beruvchi “falsafiy toshni” axta-rishga 

tushib ketdilar”; 

  5) Alkimyogar Velling 1728 yilda nashr qilingan  “Magiko-kabbalis- 

Tik  insho”  asari    so`zboshisida  I.YUnkerga  hamohang  bo`lib:  “Bugungi  kunda 

tangalarda  oltin  va  kumush  miqdori  kamayib,  odamlarning  ochko`zligi  esa  oshib 

bormoqda.  Bir  necha  o`n  yil  ichida  alkimyoga  bag’ishlangan  asarlar  soni  8-10 

mingtaga  etdi,  alkimyogarlar orasida  jamiyatning  har  bir  tabaqasi vakilini  ko`rish 

mumkin,  vaziyat  shunchalik  kulgiliki,  hatto  oddiy  temirchi  ham    transmutatsiya 

haqida sen bilan muloqot qilishi mumkin”.  

6)  G. SHtal 1734 yilda “Zimotexnika asoslari”  asari so`zboshisida  

”Tovlamachi  alkimyogarlar  keltirgan  zararni  baholab  bo`lmaydi,    Paratsel’s 

zamonidan buyon bo`lib o`tgan urushlar bunchalik ziyon keltirmagan edi”; 

7)  Meyer “Kimyo tarixidan ma`ruzalari”da: “Alkimyo quyoshi botishi  

bilan kimyoning bosh maqsadlari ham o`zgardi, oltin olishga intilgan kimyo-garlar 

o`rniga  inson  salomatligini  saqlashga  intiluvchi  yatrokimyogarlar  kelishdi”,-  deb 

yozgan edi. 

 

Albatta,  alkimyo inqiroziga bosh sabab,  jamiyat rivojining ob`ektiv 



talablari bo`lib, qolgan omillar qo`shimcha turtki bo`ldi. 

 

 



 

 

 




 

90 


 


Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish