Ii bob. Mamlakatimizda madaniy turizmni rivojlanish istiqbollari


Turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy yo’nalishlari



Download 0,86 Mb.
bet7/14
Sana06.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#532469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОНДА МАДАНИЙ ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (3)

1.2.Turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy yo’nalishlari
Jahon xo’jaligida turizm tarmog’i shiddat bilan rivojlanayotgan va eng yuqori daromad keltiruvchi tarmoqqa aylanib bormoqda. Bu soha er yuzida jami tovar va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo’ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to’g’ri keladi. Buyuk ipak yo’lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o’tmishga ega O’zbekiston Respublikasi turizm tarmog’ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega . O’zbekiston o’zining tarixiy yodgorliklari, boy madaniy va tarixiy an’analarini saqlab qolgan, go’zal va betakror tabiat manzaralariga ega davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan [1]. Buyuk ipak yo’lida joylashgan yurtimizda tarixiy va madaniy an’analar asrabavaylab avloddanavlodga o’tib kelmoqda. O’zbekistonning turistik markazlari hisoblangan shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz YUNESKO tashkiloti tomonidan e’tirof etiladi. 1994 yildan boshlab, respublikada turizm sohasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ko’plab xalqaro anjumanlar, ko’rgazmalar, madaniyat kunlari o’tkazilib kelindi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ekoturizm, geoturizm, ekstremal turizm, tibbiyot va madaniy turizm shakllari keng rivojlangan. Ayniqsa, ekoturizm nafaqat respublikada balki dunyo miqyosida ham ahamiyatlidir. Ekoturizmning maqsadi — hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo’nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy — ma’naviy maqsadlarni ko’zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga sayohatni, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarni hal qilish bilan bir-biriga bog’liq majmualar yig’indisini tushunamiz. Sayyoramizda inson faoliyati tegmagan yovvoyi tabiat juda kam qolganligi sababli, odatda bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan, hamda ularga sayohat haqi ham etarli darajada qimmat.
Shu sababli ham, ekoturizmdan kishi boshidan olingan daromad, umumiy turizm va xalqaro turizmdan tushgan daromadlardan bir necha marotaba ko’pdir. Ekoturizm jahon mamlakatlari iqtisodiyotida muhim o’rin tutganligi uchun, turli tashkilot va birlashmalar ushbu soha va unga turdosh turizm sohalari bilan shug’ullanadi. Respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g’oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog’li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi — yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda. O’zbekistonning Xitoydan g’arbgacha va Hindistondan shimoliy mamlakatlargacha bo’lgan magistral chorrahada geografik joylashuvi, jozibali va takrorlanmas tabiati, ko’plab qo’riqxona va bog’larning mavjudligi, turlituman va boy landshafti turistlarni o’ziga jalb qiladi. Hozirgi vaqtda o’lkashunoslik turizmini rivojlantirish uchun 8 ta qo’riqxona, 1 ta biosfera rezervati, 3 ta milliy va tabiat bog’lari, 12 ta ov qilish taqiqlangan va noyob turdagi hayvonlarni ko’paytirish qo’riqxonalari, 10 ta tabiat haykallari say’yohlarga taqdim qilingan. Ulardan «Jayron» ekomarkazi 1997 yili Buxoro viloyatida tashkil qilingan bo’lib, jayron, qulon va Prejevalsk otlarini saqlash va ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning 2 turi, qushlarning 23 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, hasharotlarning 6 turi bu qo’riqxonada mavjuddir.
Hozirgi vaqtda Respublikada xalq hunarmandchiligi asosida esdalik buyumlari ishlab chiqaruvchi 500 ga yaqin korxona mavjud. Ularda chinni va sopol buyumlar, sopol o’yinchoqlar, zardo’zi mahsulotlari, gilam va boshqa buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi mehmonxonalar qurildi, yangi sayyohlik yo’nalishlari tashkil etildi. Respublikada 750 ta mehmonxona ishlab turibdi. Bugungi kunda O’zbekiston turizm bozorida 433 ta turistik firmalar ish olib bormoqda va ular xalqaro sayyohlar uchun keng ko’lamli xizmatlarni taklif etishga tayyor. Erishilgan qator yutuqlar bilan bir qatorda turizm sohasini rivojlantirish yo’lida quyidagi masalalarni echimini topish lozim: Turizm sohasiga jahonning mashhur brendlarini jalb qilib, ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm yo’nalishlarini ham rivojlantirish zarur. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan «kichik haj» dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to’liq ishga solish va ekskursiyalar o’tkazish lozim. Barcha hududlarning turistik imkoniyatlarini o’rganish va yangi turistik mahsulotlar yaratish kerak.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish