2.1.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida 2005-2016 yillar davomida madaniy turizmning rivojlanish ko’rsatkichlarining o’zgarishi
2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, turistik xizmatlar hajmi 318,8 mlrd. so’m, xorijiy fuqarolarga xizmat ko’rsatish 2196,1 ming kishi, O’zbekiston Respublikasida turistik faoliyat va joylashtirish xizmatlar eksporti 60337,7 ming AQSh dollariga teng bo’ldi.
Shu o’rinda biz tadqiqot davomida turizm iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy jihatlarini o’rganishga e’tibor qaratdik. Jizzax viloyati yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan ishlab chiqarish salohiyatiga ega, qulay tabiiy-iqtisodiy sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Viloyat hududini uchta yirik zonaga bo’lish mumkin: To’liq o’zlashtirilgan cho’l zonasida joylashgan tumanlar yuqori iqtisodiy potentsialga ega tumanlar, qisman o’zlashtirilgan cho’l va adirlik zonasida joylashgan tumanlar, o’rtacha iqtisodiy potentsialga ega tumanlar, adirlik va tog’lik zonasida joylashgan tumanlar-past iqtisodiy potentsialga ega tumanlar. Viloyatda madaniy turizmni rivojlantirish va yirik kurort zonasini tashkil etish bo’yicha keng imkoniyatlar mavjud. Tabiiy sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, ya’ni tog’li, cho’l zonalariga bo’linishiga ko’ra, obi-havosining barqarorligiga ko’ra Jizzax viloyatining aholisi asosan vohalarda yashab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi navbatda chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga ko’ra Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida AydarArnasoy ko’llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Bizningcha, mazkur hududda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
∙ tog’li hududlardan dorivor o’simliklarni etishtirish, yig’ish va qadoqlash;
∙ sayyohlarga xizmat ko’rsatish uylari, maxsus xonadonlar tashkil qilish;
∙ tashkil qilingan xonadonlarni milliy so’zanalar, adras, atlas va boshqa milliy matolar bilan bezatish;
∙ me’yor darajasida sanitariya-gigiena holatlari asosida tartibga keltirish;
∙ milliy urf-odatlar bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatlarini yaratish;
∙ milliy taomlarni tayyorlash, jumladan “Qozon patir”, “Jizzali patir”, “G’ilmindi”, “Achchiq yupqa” tayyorlash sir-asrorlarini targ’ib qilish lozim.
Ko’pgina mamlakatlarda aynan madaniy turizm yo’nalishi evaziga yangi ishchi o’rinlar yaratiladi, aholi yashash sharoitlarining yuqori darajasi saqlanib turadi, davlatning to’lov balansi yaxshi tomonga o’zgarishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Madaniy turizm sohasini rivojlantirishga bo’lgan zaruratt ta’lim sifati darajasi ko’tarilishi, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish tizimi takomillashuvi, axborot tarqatishning yangi vositalarini tatbiq etish va h. k. uchun zamin yaratadi. Turizm madaniy potentsialni saqlab qolib, uni rivojlantirishga ta’sir o’tkazadi, turli davlatlar va halqlar o’rtasidagi munosabatlar uyg’unlashuviga olib boradi, hokimiyat, jamoat tashkilotlari va savdo tuzilmalarini atrof muhitni himoya qilish ishlarida qatnashishga majbur qiladi. O’zbekistonda madaniy turizmning keng qamrovligi va muhimligi uning davlat iqtisodiyotining strategik tarmoqlar qatoriga kirishidan dalolat beradi. Bu esa hududiy va tarmoqlararo mutanosiblikni ta’minlash, aholi bandligi siyosatini asoslab berish, byudjet daromadlari o’sishini hamda to’lov balansi holatni boshqarishni ta’minlash maqsadida uning bevosita davlat tomonidan rejalashtirilishini talab etadi. Shunday qilib, turizm iqtisodiyotning daromadli sohasi bo’lib, madaniy turizm biznesida muvaffaqiyatga erishish uchun iste’molchilarning turistik xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlariga asoslangan holda turmahsulotni ishlab chiqarib uni sotishni tashkillashtirish, halqaro huquq normalari va qoidalari, turistik menejment va marketing sohalaridagi amaliyot, hamda madaniy turizm xizmat bozori konyunkturasi haqida yaxshi bilim talab etiladi. Hududni guruhlashtirishda qo’riqlanadigan tabiiy manzillarni rejalashtirish, unda turizmni rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olish va tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga halaqit bermaslik lozim. Turistning xohishidan va bor imkoniyat–tabiiy muhit, diqqatga sazavor ob’ektlar, iqtisodiy muhitdan kelib chiqib, firmalar turistik mahsulotlar ro’yxatini ishlab chiqadi va bozorlarga taklif etadi. Davlat esa soliq va bojxona siyosati, kreditlar, mutaxassislar tayyorlash, investitsiya orqali ularni rag’batlantirib boradi. Chunki, hukumat turizmga iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri, soliqlar orqali byudjetga mablag’ tushiradigan va ish bilan bandlikni, xalqaro munosabatlarni yaxshilaydigan yo’nalishlardan biri sifatida qaraydi. Madaniy turizm sohasini rivojlantirish ko’plab omillarga bog’liq. Masalan, makroiqtisodiy muhit (soliqlar, rag’batlantirish, kreditlash, investitsiyalar, moliyalash), siyosiy muhit (qonunlar va me’yoriy hujjatlar, nazorat organlari va tekshiruvlar, hududlar va tarmoqlarni rejalashtirish, turli shaxslar va hududlarning manfaatlari), ijtimoiy-madaniy muhit (mamlakat va hududda qabul qilingan an’analar, turmush tarzi, madaniyat, din, dunyoqarash, mentalitet, tarix, san’at), texnologik muhit (texnologiyalar, texnika, jihozlar, transport, joylashtirish, energetika, kommunikatsiya), ekologik muhit (insonning biologik muhitga ta’sirini, suv va er resurslarining muhofazasiga, atmosferaning ifloslanishiga ta’sirini hisobga olish). Yaqin kelajakda turizm xizmatlar bozorining quyidagi rivojlanish strategiyasi kutilmoqda: - turistlar tashrif buyuradigan mamlakatlarning turistlik (tabiiy, madaniy va tarixiy) resurslari holatini hisobga oladigan mavjud bo’lgan turistik xizmat va bozorlarini rivojlantirish hamda yangilarini yaratish; - turistik faoliyatning rejalashtirish va rivojlantirishga mahalliy jamoatchilik va mahalliy hokimiyatni jalb qilish hamda uning xavfsizligini ta’minlash; - har bir tomonning ehtiyoji va ularni qondirishga erishish maqsadida sayohat tashkilotchilari bilan mahalliy tuzilmalar o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish; - mahalliy aholi farovonligi oshishi, soliq, bojxona va boshqa turizm rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan qiyinchiliklarni engib o’tish, bunda asosiy diqqatni turizm sohasidagi xizmatlar narxini turistlar uchun ma’qul va turistik sanoat uchun foyda keltiradigan darajada saqlab qolishga qaratish; - mablag’larni investitsiya qilishda atrof-muhit himoyasi masalalarini (qurilish, arxitektura, antropogen yuklamalar) hisobga olish;
- aniq marketingni amalga oshirish va xizmatlarni yurgizish uchun ko’prok miqdorda resurslar ajratish, muayyan guruhlarga kiruvchi turistlarni izlash va ular uchun taklif kilinayotgan xizmatlarning manzili bo’yicha ma’lumotlarni tashkil etish;
- turizm sanoatida faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy saviyasini o’stirish;
- guruh-guruh bo’lib dam olish (taymsher) turini egallash tizimini rivojlantirish.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risda” gi farmoni G’G’(Xalq so’zi 2016 yil, 7 dekabr) mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish va uni boshqarishni takomillashtrishni yangi bosqichga o’tkazishga muhim asos bo’ldi. Farmon turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, uni milliy iqtisodiyotning strategik sektori maqomiga ega sohasiga aylantirish, turizmni iqtisodiyotni barqaror o’stirish va mintaqalarda mavjud ulkan salohiyatdan foydalanish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning qudratli vositasiga aylantirishga yo’naltirilgan. Fikrimizcha, hududlarda turizmni rivojlantirishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: ekoturistik tashkilotlarda turistlarni ko’proq jalb qilish mexanizmi ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishini, xorijiy davlatlar bilan ekoturizm sohasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanishi, ekoturistik tashkilotlar va turagentlarning respublikamizdagi sifatli turistik mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish va sotish faoliyati qat’iy yo’lga qo’yilishi, turistlar uchun kamida bir necha xil tildagi yo’l belgilarini ko’paytirish, ma’lumot beruvchi markazlar, internet portalini ko’paytirish, ahvoli gavjum joylarda turistik xaritalarni osish, yo’l chetiga turistik ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi yo’l belgilarini o’rnatishni ko’paytirish, yagona internet portalida shaharlarda mavjud bo’lgan barcha turistik tashkilotlar, diqqatga sazovor joylar, do’konlar va hokazolar haqidagi barcha ma’lumotlarni o’z vaqtida yangilash. Fylaymizki, yuqoridagi tavsiya va takliflarni hayotga tatbiq etish turizm infratuzilmasini yanada rivojlanishi, uning jozibadorligini oshirib, turistlar oqimining ko’payishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |