Ii bob. Mamlakatimizda madaniy turizmni rivojlanish istiqbollari



Download 0,86 Mb.
bet5/14
Sana06.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#532469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОНДА МАДАНИЙ ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (3)

Oziq-ovqat va ichimlik. Har qanday turizm tajribasida muhim iste’mol mahsuloti sifatida,tansiq taom sayyohlarni yuqorida aytib o’tilgan etnik guruh vakillari istiqomat qiluvchi hududlarga va boshqa ko’plab mazillarga jalb qiluvchi asosiy mehmonavozlik vositalaridan biri hisoblanadi (Hall et al. 2003).Singapur kabi mamlakatlarda, muayyan sotsial-siyosiy va iqtisodiy maqsadlarga erishishda oziq-ovqat turizimiga keng yo’l ochib berilgan (Zamonaviy masalalar bobidagi “Oziq-ovqat Singapurda sayyohlarni jalb qiluvchi turizm vositasi” nomli mavzusiga qarang). Har qanday sayyoh sayohat qilish maqsadida biror bir manzilni tanlar ekan, u avvalo eng muhim jihat – o’sha joyning milliy taomlari va ichimliklariga e’tiborni qaratadi. Mobodo mahalliy xalq taomlari unda katta tassurot qoldirsa, u o’sha erga yana kelgisi kelaveradi.
Oziq-ovqat turizimida eng nufuzli o’rinni egallagan turizm manzillari bu – axlo darajadagi musallas tayyorlash texnologiyasiga ega mamlakatlar hisoblanadi. Manzarali uzumzorlar turizm faoliyatining negizidir. Bunday serviqor uzumzorlar Kaliforniyaning Neypa vodiysida, Yangi Janubiy Uelsning Hante vodiysida va Janubiy Avstraliyaning Kler va Barossa vodiylarida mavjud va ular o’zlarietishtiradigan ajoyib musallaslaridan katta daromad oladilar.

Dunyo bo’ylab aholining turizm faolligining hozirgi o’sishi mamlakatlarning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hayotiga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Turizm insoniyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi va turizm sohasi turli xil iqtisodiy faoliyatni o’z ichiga oladi. Turizmning rivojlanishiga turli xil omillar, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy va boshqa omillar ta’sir qiladi. Turizmni infratuzilmaviy qo’llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega bo’lib, bu turizm oqimlari hajmiga va turizmning iqtisodiy ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish hozirgi paytda turizm yo’nalishlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda, turizm oqimlar hajmi va nafaqat turizm sohasining, balki butun mintaqaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatmoqda. Hududlarda turizm faollikning o’sishi turizm infratuzilmani rivojlantirishga o’zgartirishlar kiritish, uning sifat komponentlarini yaxshilash zaruratini tug’dirmoqda. O’z navbatida, bu chuqur ilmiy o’rganishni, umuman, turizm bozorini va uning alohida tarkibiy elementlarini, xususan, infratuzilmani rivojlantirishning asosiy tendentsiyalarini aniqlashni talab qiladi. Xususan, 2019 — 2025-yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Kontseptsiyasida 2021-2025 yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko’paytirish, ushbu yo’nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ’ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (2017-yil yakuni bo’yicha — 2,3%) etkazish, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan — 2 million turistni jalb qilish belgilab quyilgan. Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi etakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echish, ish o’rinlarini ko’paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan.


Turizm infratuzilmasi mehmonlarni jalb qilish va turizmdagi barqarorlikni oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Infratuzilma ushbu tobora kengayib borayotgan sanoatni rivojlantirishda o’ziga xos rol o’ynaydi. Sayyohlik yo’nalishini tanlash bo’yicha qarorlarni qabul qilish jarayoni turizm infratuzilmaning mavjudligi bilan qat’iy bog’liqdir. Turizm infratuzilmasi sayyohlik sanoatining rivojlanishiga turtki beruvchi va jalb etuvchi bozor omillari vazifasini bajaradi. Turizm infratuzilmasi deganda - turistlarning turizm zahiralardan bemalol foydalanishini ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo’llar, turizmning xilma - xil korxonalari va ularning faoliyati, shuning bilan birga ushbu faoliyatni ta’minlovchi boshqa tizimlar tushuniladi. Bular qatorida avto yo’l, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr va telefon aloqalarini sanab o’tish mumkin. Tadqiqotchi olimlar o’z yondashuvlaridan kelib chiqqan holda ushbu iqtisodiy kategoriyaga turlicha sharhlar berishgan. Ya’ni turizm infratuzilmasi tushunchasi yangi bo’lmasa-da, adabiyotlarda uning yagona talqini mavjud emas. Ayni paytda “turizm infratuzilmasi” tushunchasi juda ko’p ta’riflarga ega. Jumladan, M.A. Jukovaning fikriga ko’ra turizm infratuzilmasi – bu turizm rivojlanishi bilan sayyohlar uchun dam olish va ko’ngil ochishni ta’minlovchi inshootlar to’plami, V.F. Buylenko izohi bo’yicha turizm infratuzilmaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u sayyohlarga va mahalliy aholiga xizmat qiladi, shuning uchun uning rivojlanishi hududning turizm rivojlanishiga hissa qo’shadi, hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilaydi, shuningdek ko’plab ish o’rinlarini yaratadi deb ta’rif berilgan. I.V. Zorin tomonidan tomonidan keltirilgan ta’rifga ko’ra, “ turizm infratuzilmasi – bu tizimning ishlashi uchun asos yaratadigan va ta’minlaydigan o’zaro bog’liq xizmat tuzilmalari yoki ob’ektlar majmuasidir”. V.I. Kurilova esa “turizm infratuzilmasi - ushbu sohalarga tegishli bo’lgan tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar majmui, tovarlarni ishlab chiqarish va aylanmasi hamda odamlarning hayoti normal ishlashi uchun sharoit yaratishga mo’ljallangan faoliyat” deb ta’kidlaydi. V.M. Ivanova fikriga ko’ra, “turizm infratuzilmasi nafaqat turizmning o’ziga xos ijtimoiy xizmatlari, balki turizm resurslarga normal kirishni ta’minlaydigan va turizm sohasi bilan bog’liq bo’lgan telekommunikatsiyalar, yo’llar, korxonalarni o’z ichiga olgan inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kompleksi sifatida ham tushunilishi kerak”.
M.R Boltaboev, I.S. Tuxliev, B.Sh. Safarov, S.A.Abduxamidovlarning fikricha “turizm infratuzilmasi – bu turizm faoliyatni amalga oshirishda turistlarning turizm resurslardan bemalol foydalanishini ta’minlovchi bino va inshootlar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari shu jumladan, yo’llar axborot texnologiyalari, turizmning turli xil xizmat ko’rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi. Sayyohlik mahsulotining samarali yo’nalishini rivojlantirish uchun muhim bo’lgan tarkibiy qismlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Ann Harlt, Cooper va boshqalar ushbu tarkibiy qismlarni turizmga xos infratuzilma atributlari sifatida ko’rib chiqadi va turizm infratuzilmasini “4 A” tushunchalari yordamida tasvirlaydi. 1. Diqqatga sazovor joy (Attraction). Turizm diqqatga sazovor joy - bu sayyohlar tashrif buyuradigan, odatda o’ziga xos tabiiy va madaniy qiymati, tarixiy ahamiyati, dam olish, sarguzasht va ko’ngil ochish uchun tashrif buyuradigan turizm manzil. Boshqa tomondan, turizm yo’nalish atamasi turizm faoliyat amalga oshiriladigan va turizm mahsulotlar iste’mol qilinadigan turistning doimiy yashash joyidan farq qiladigan geografik hududni anglatadi. Ya’ni turizm iste’mol hududi deb ta’riflash mumkin. Turizm diqqatga sazovor joylar bo’yicha turli xil yondashuvlar va diqqatga sazovor joy nima ekanligi, uning qanday ishlashi haqida tadqiqotlar olib borilgan. Turizm diqqatga sazovor joylar turizmni rivojlantirishning asosiy elementidir. Dalillar shuni ko’rsatadiki, sayyohlar o’z ehtiyojlarini qondira oladigan manbalarga ega yo’nalishlarga tashrif buyurishga ko’proq moyil bo’lishadi. 2. Turar joy (Accomodation). Turar joy turizm sanoatning asosiy elementidir. Bu sayyohlik iqtisodiyoti tarkibidagi eng katta va eng keng tarqalgan sub-sektor bo’lib, umumiy sayohat xarajatlarining uchdan bir qismiga to’g’ri keladi va bu sayyohlik tajribasining muhim tarkibiy qismidir. Mehmondo’stlik sanoati ko’p jihatdan mamlakatning o’sishi va farovonligini anglatadi. Turar joy standarti va boradigan joyda mavjud bo’lgan taomlarning sifati va xilma-xilligi sayohatchining ongida ushbu joy haqidagi taassurot va tasvirning muhim tarkibiy qismidir. 3. Kirish imkoniyati (Accessibility). Kirish sayyohlik yo’nalishlari uchun asosiy infratuzilma hisoblanadi. Bu ayniqsa, sayyohlik ob’ektlari keng tarqalgan mintaqalarda juda muhimdir va u yo’llarni, temir yo’lni, aeroportlarni va turli transport vositalarini qamrab oladi. Xalqaro transport nuqtai nazaridan turizm hududga osonlik bilan kirish va yo’nalishlar ichida qulay harakatlanish imkoniyatlari odatda turizmni rivojlantirish uchun zarur shartlar hisoblanadi. Kaul transport infratuzilmasini muvaffaqiyatli rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida birinchilardan bo’lib tan oldi, chunki u yangi diqqatga sazovor joylarni yaratishga va mavjudlarining o’sishiga turtki beradi. Prideaux turizmga taalluqli transport tizimini "Sayyohlarga boradigan va chiqadigan joylarni qo’llab-quvvatlaydigan transport turlari, yo’llari va terminallarining ishlashi va o’zaro aloqasi, shuningdek belgilangan manzilda transport xizmatlarini ko’rsatish" deb ta’riflaydi. 4. Imkoniyatlar (Amenities). Sayyohlarga xizmat ko’rsatish uchun yaratilishi kerak bo’lgan turizm infratuzilmasi va inshootlari. Ular sayyohlarga sayohat paytida qulaylik keltiradigan elementlardir. Imkoniyatlar - bu mulkning moddiy yoki nomoddiy foydalari, ayniqsa uning jozibadorligini va qiymatini oshiradigan yoki uning qulayligiga hissa qo’shadigan narsalar.
Fikrimizcha, infratuzilma turizm resurslarga boy mintaqaning turizmini rivojlantirish uchun juda zarur, bu infratuzilmani rivojlantirish uchun ishonchli rejalashtirish va boshqarishni talab qiladi. Infratuzilmani ta’minlash, turizmni samarali rivojlantirish va jahon bozorlarida turizm yo’nalishlarning muvaffaqiyati uchun asab tizimi sifatida ishlaydi. Mintaqaviy turizm infratuzilmasi - bu turizm ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratadigan korxonalar (sanoat infratuzilmasi) va turistlarning turli ehtiyojlarini bevosita qondiradigan korxonalar (xizmat ko’rsatish sohasi infratuzilmasi). O’z navbatida, sanoat infratuzilmasi transport, axborotkommunikatsiya va kommunal infratuzilmalardan, atrof-muhitni tozalash inshootlaridan iborat. Xizmat ko’rsatish sohasi infratuzilmasi turoperatorlar va sayyohlik agentlari, turar joylar, dam olish va ko’ngil ochish ob’ektlari, savdo va umumiy ovqatlanish, xavfsizlik infratuzilmasi kabi elementlarni o’z ichiga oladi (1-rasm).


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish