Ii bob. Mamlakatimizda madaniy turizmni rivojlanish istiqbollari


II BOB. MAMLAKATIMIZDA MADANIY TURIZMNI RIVOLANISH ISTIQBOLLARI VA YO’LLARI



Download 0,86 Mb.
bet8/14
Sana06.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#532469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОНДА МАДАНИЙ ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (3)

II BOB. MAMLAKATIMIZDA MADANIY TURIZMNI RIVOLANISH ISTIQBOLLARI VA YO’LLARI
2.1. Xududlarda madaniy turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
Bugungi kunda xalqaro turizm tarmog’iga dunyo bo’ylab yaratilayotgan har o’n ikkinchi yangi ish o’rni to’g’ri kelib, keyingi o’n yillikda dunyo miqyosida 120 million kishining (ishsiz aholining 3,5 foizi) ushbu tarmoqda ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. U mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya oqimini ta’minlash uchun muhim vosita bo’lib hisoblanadi. E’tirof etish kerakki, istiqlol yillarida O’zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanib, turistlar uchun mo’ljallangan ob’ektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona xizmatlari va umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog’liq barcha xizmatlarning qulayligi, xavfsizligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilganligi ta’minlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida turistik imkoniyatlar haqida quyidagicha ta’kidlandi: “Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu turizmdir. O’zbekiston madaniy turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan”. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, madaniy turizm jahon savdosining eng yirik tarmog’iga aylanib bormoqda, hozirgi kunda er yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo’yicha ikkita yirik tarmoq-neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Madaniy turizm sohasi jahonda bo’ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi madaniy turizmga to’g’ri keladi. Buyuk ipak yo’lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o’tmishga ega O’zbekiston Respublikasi turizm tarmog’ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo’shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O’zbekistonning geografik o’rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy- iqlim sharoitiga egaligi insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o’rin tutadi. O’zbekiston iqtisodiy barqaror davlatlar qatoriga kirib, nodir tarixiy arxitektura yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an’ana, urf-odatga ega, halqi esa mehmondo’stligi bilan ajralib turadi. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborini tortadi va turistik sayohatlarga chiqishga undaydi.
Tizimli tahlil qilishda 2005-2017 yillardagi statistik ma’lumotlar qo’llanildi. Statistik manba sifatida, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlaridan keng foydalanildi. Butun dunyodagi kabi respublikamizda ham xizmat ko’rsatish tarmog’ining jadal rivojlanayotgan eng istiqbolli sohalaridan biri turizm hisoblanadi. Shuningdek, madaniy turizmning rivojlanish tarixi juda qadim zamonlarga borib taqalgani holda, madaniy turizm xalqlar o’rtasida do’stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Bundan tashqari, odamlar yangi o’lkalarni kashf etish, dunyoni ko’rish va bilish, savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni o’rnatish maqsadida sayohat qilishgan. Qadimda savdo-sotiq karvonlari yo’llari kesishgan, madaniyatlar va tsivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bu jarayonda muhim o’rin tutgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda mazkur sohani me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, nafaqat mamlakatimiz, balki uning mintaqalari darajasida ham madaniy turizmni, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Prezident farmonlari qonunlar, hukumat qarorlari qabul qilinib, hayotga tatbiq qilinib kelinmoqda. Bundan tashqari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan *5,7Q. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risida” gi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018- 2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to’g’risida”gi 2017 yil 16 avgustdagi qarori turizmni rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko’paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda, turizm industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish