Ii bob. Mamlakatimizda madaniy turizmni rivojlanish istiqbollari


O’zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirish masalalari



Download 0,86 Mb.
bet11/14
Sana06.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#532469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОНДА МАДАНИЙ ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШЛАРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (3)

2.2. O’zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirish masalalari
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri- bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yilning 28 dekabrida Oliy Majlisga Murojaatnomasida " Turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo’yicha kompleks choralar ko’rishimiz zarurligini, respublikamizda turizm ko’pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib kolayotganligini ta’kidlab" [1] o’tdilar.Shu jihatdan olib qaraganimizda Respublikamizda madaniy turizm sohaning boshqa turlariga qaraganda ko’proq rivojlanganligini va uni amaliy jihatdan tadqiq etish, kelgusida istiqbolli faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan yondashuvlarni belgilab berish shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.Negaki, turizmning boshqa turlari uchun o’ziga sarflangan mablag’larning qoplashi qiyinroq- madaniy turistik mahsulot taklif etilayotgan viloyatlarda erishilayotgan rentabellik ko’rsatgichlari rekreatsiya turizmi taklif etilayotgan viloyatlardagiga nisbatan yirikroqdir.Toshkent, Samarqand, Buxoro, va Xorazm kabi madaniy turizm rivojlangan viloyatlarning har birida turizm bo’yicha erishilayotgan rentabellik ko’rsatgichlari chet eldan kelayotgan sayyohlar hisobiga keyingi yillarda sezilarli ravishda ortdi. Birgina 2018 yilda sayyohlar soni 1,5 milliondan- 4 millionga ortganligi buni yaqqol ko’rsatib beradi.Chunki, madaniy turizmni tashkil etish xarajat-
lari rekreaktsiya turizmini tashkil etishdan ko’ra kam xarajat talab etadi. Turizm borasida so’z yuritilar ekan, ilmiy muhitda madaniy turizmning boshqa turizm turlaridan nimasi bilan farq qilishini aniq asoslab berish masalasi ko’tariladi. Shu sababli, madaniy turizmni maxalliy shart- sharoitlarni inobatga olgan xolda atroflicha o’rganish shu kunningg dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Inson yoshligidanoq turizmga qiziqa boshlaydi. Masalan, O’zbekiston sharoitida ham aksariyat bolalar o’z do’stlari, sinfdoshlari yoki ota-onalari bilan yaqin atrofdagi madaniy yodgorliklar va tabiatning so’lim oromgohlariga sayru- sayohatlar uyushtirib turadilar. Tog’u- toshlar va dengiz bo’ylariga sayyohatlar davomida yoshlar jismonan chiniqib, o’z bilim va ko’nikmalarini rivojlantiradilar. Katta yoshdagilar esa, bunday turistik faoliyat davomida o’z mehnat qobiliyatlarini qayta tiklab, madaniy ehtiyojlarini qondiradilar.
Turizmning o’zi yangi notanish joylarni ochish, tashqi muhitdan o’zgarishlar izlash va taassurotlarni boshdan kechirish maqsadidagi intilishlardan kelib chiqqan bo’lib, ushbu atama dastlab frantsuz tilida qo’llanila boshlagan. Turizm asosan, insonlarning ko’ngil yozish, hordiq chiqarib, dam olishga mo’ljallangan xatti-harakatlarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, turizmga ish hamkorlari va uzoqlardagi do’st-qarindoshlar bilan uchrashish kabilar kirsa-da, amalga oshirilayotgan bunday sayohatlar davomida xordiq chiqarishdan voz kechilmaydi.
Ko’plab qadimgi yunon mutafakkirlari inson tarbiyasida sayohatlarning o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bayon etishgan. Arastu, Demokrit,Kvintelian).Ularning fikricha, inson tarbiyasida tabiatni o’rganishning ahamiyati katta, tabiatni esa, faqatgina bevosita u bilan muomala etganda o’rganish mumkin. Sayohatlar o’spirinlarni chiniqtiradi, dunyoqarashini rivojlantiradi, mustaqil hayotga tayyorlaydi, o’z vataniga muhabbatini kuchaytiradi, uni vatan himoyasiga ham jismoniy, ham ruhiy tayyorlaydi, dunyo ko’rgan kishi dono bo’ladi.
Jan — Jak Russo o’z nazariyalarida ( "Tabiatni anglash va tabiiy xulq me’yorlarini qayta ishlashga intilish") tursitik sayohatlarning yoshlarni sog’lom va vatanparvar qilib tarbiyalashdagi ahamiyatini qayd etib, sayyohatlarni tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri, deb sanaydi hamda shaxsni shakllantirishga boshqa vositalar qatorida sayohat maqsadlarining ham aloqasini ochib berdi.
XX asrning boshlarida Olmoniya, Daniya va Belgiya kabi mamlakatlarda «Sayohatchi o’quvchilar» harakati paydo bo’ldi. Uning nizomida o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda og’ir sharoitli sayohatlardan foydalanish kerakligi qayd etilgan edi, O’sha davrdagi siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda yoshlarga turistik mashqlarni o’rgatgan holda ulardan bo’lajak askarlar tayyorlash maqsadi ko’zlangan edi.
Keyinroq tashkil etilgan Jahon turistik tashkiloti (WTO, WORLD TOURIST ORGANIZATION)1967 yili quyidagi shiori bilan chiqdi: «Turizm turli din va tariqatlar a’zolari, ateistlar va diniy qarashlarga qiziqish tanishish bilan yondashadigan kishilar orasida yanada samarali uchrashuv va dialoglarni ta’minlovchi jahon yo’li».
Dekmak, turizm insoniy qadriyatlarni rivojlantiradi, shu sababli uni fiziologiya masalalaridan tashqari, shaxs va uning g’ururini rivojlantirishdagi rekreatsion qayta tiklanish omili sifatida ham ko’rib chiqish kerak. Inson tinch, osoyishta, xotirjam holatda to’liq ishonch bilan suhbat yuritish imkoniyati mavjud bo’lgan vaziyatda erkinlik va harakatlanishga bo’lgan ehtiyojini qayta his qiladi va shaxslararo ijobiy munosabatlar o’rnatadi. Turizm nafaqat kundalik hayot va ishning bir xilligini to’xtatish uchun mo’ljallangan hordiq chiqarish va dam olish, shuningdek, inson va atrof-muhitning birligini ta’minlash timsolidir.
WTOning Manilada imzolangan deklaratsiyasining 21- moddasida qayd etilishicha, turizmda ruhiy omillar texnik va moddiy omillardan ustun bo’lishi kerak. Bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: chegarasiz ekspansiya, maorif, inson qadrining ulug’lanishi uchun shaxs sifatida ozod qilish, har bir madaniyatning takrorlanmasligini tan olish va halqlarning ruhiy merosini asragan xolda munosabatda bo’lish.
Turizmda madaniy omillar boshqa omillardan ustuvor bo’lishi lozim ekan, madaniy turizm deganda nimalarni tushunish lozimligini anglab olish maqsadga muvofiqdir. Madaniy turizm deganda o’zga xalqlarni (o’zga joylarda yashovchilarning) madaniyati, tarixi, etnogafiyasi, arxelogiyasi, folklori hayot tarzi bilan bilan qiziquvchi turistlarning faoliyati tushuniladi. Madaniy turizm mobaynida insonlar o’zga xalqlarning madaniyati bilan yanada chuqurroq tanishish maqsadida mahalliy teatrlarga, milliy san’at va xalq ijodiyoti namoyish etiladigan joylarga ko’proq e’tibor berishadi. Ba’zi turistlar mahalliy aholi istiqomat qiladigan uylarga mehmon sifatida buyurishdan voz kechmaydilar. Buni rezidentlarning madaniyati bilan tanishishning eng yaxshi usuli, deb hisoblaydilar.
Jahon tajribasidan ma’lumki, turistlarning asosiy maqsadi-dunyoni bilish, dunyo xalqlari tarixi, madaniy obidalari bilan tanishish, ularni o’rganish va aloqalarni yanada mustahkamlashdir.
Mutaxassislarning fikricha turizmdan maqsad-dunyo madaniyatini o’rganish, har xil mintaqalarda yaratilgan insoniy qadriyatlar, me’moriy yodgorliklar bilan tanishish, ulardan zavqlanish, inson yaratgan mu’jizaviy asarlardan, ilhomlanish, turli xalqlar madaniyatini qiyosiy o’rganish; muqaddas diniy ziyoratgohlarni ko’rish, ulardan ruhlanish, ibodatni bajo keltirish, insoniy burchni ado etish, hamda shular orqali insonlar orasidagi madaniy-ma’rifiy adoqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.
Madaniy turizm ixlosmandlari turistik manzillar aholisi tarixi (arxeologiya, etnografiya, o’lkashunoslik), yashash tarzi va kun kechirish muhitining shart-sharoitlari, milliy hunarmadchilik san’ati kabilarga katta qiziqish bildirishar ekan, bunda maxalliy hayot bilan yaqindan tanishish istagi qanchalik kuchli bo’lishidan qat’iy nazar, bu tanishish qandaydir noqulaylik, qiyinchilik yoki xavf-xatarni boshdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, bu xolda sayohlar o’zlarining bunday maqsadlaridan voz kechib qo’ya qoladilar.
Madaniy turistlarning ba’zilari o’zlariga o’xshagan boshqa sayohlar guruhida sayohat qilishni yoqtirsa, boshqalari yakka o’zlari yoki kichikroq guruhlarni afzal ko’radilar. Turistlarning ba’zilari o’z sayohatlarini o’zlari rejalashtirishlari, ya’ni, qachon qaerga borish, u erda qancha vaqt to’xtab turish kabilar to’g’risida o’zlari mustaqil qaror qabul qiladilar. Ular faqatgina mahalliy aholi vakillaridan biror bir gid-tarjimonni vaqtinchalik yollashlari ham mumkin. Boshqa ba’zi bir turistlar esa, sayohat tashkilotchiligini to’laligicha tur tashkilotlari- turoperatorlariga ishonib topshiradilar.
Xullas, madaniy turizm insonlarning o’zga xalqlar madaniyati bilan tanishishga bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi va xar bir turist o’z ehtiyojlarini belgilangan talablar orqali qondirilishini istaydi.
Turistik ehtiyoj (talab)larni qondirish uchun birinchi navbatda turistik resurslar mavjud bo’lishi lozim. O’zbekistonda madaniy turizm talablarini qondiruvchi resurslar ko’plab topiladi.Masalan, Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan.Turistlar e’tiboriga taklif etilayotgan yodkorliklarning aksariyati XXII-XX asrlarga mansub bo’lsa, ularning orasida IX asr yodgorliklari ham uchrab turadi. Buxoro shimoli va shimoli-sharqda joylashgan Sarmish, Nurota tog’ tizmalarida, Surxondaryo viloyatida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos yodgorliklarni ham uchratish mumkin.
Shuningdek, ko’plab qadimiy shaharlar qoldiqlarida olib borilgan arxeologiya qazishma ishlari, tabiiy qo’riqxonalarimizda ko’paytirilayotgan
noyob hayvonlar bilan tanishish ham madaniy turizm ixlosmandlarida ko’plab taassurotlar qoldirishi mumkin. Respublikamiz xukumati ushbu salohiyatlarni inobatga olgan xolda ko’plab xayrli tadbirlarni amalga oshirmoqdaki, bu ishlarning natijasi turizmning rivojlanishiga bevosita turtki bermoqda. Masalan, ko’plab diniy-madaniy ziyoratgohlarimiz kapital ta’mir etildi va buyuk mutafakkirlarimizning muborak yubileylari nishonlandi. (Al-Buxoriy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshbandiy, Al-Moturidiy, Amir Temur va boshqalar). Buxoro, Xiva, Shaxrisabz shaharlarining yubileylari, " Alpomish" dostoni yubileyini nishonlash tadbirlari natijasida ko’plab yodgorliklarimiz yanada ravnaq topdi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish