O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI
« Elektronika va avtomatika » fakulteti
« Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish »
kafedrasi
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fanidan
KURS LOYIHASI
Bajardi:
Qabul qildi :
MUNDARIJA
1. KIRISH…………………………………………………………….…………………………………………………2
2. TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI………………………….………………….............................7
3. AVTOMATIK ROSTLASH SISTEMASI HISOBI…...………………….……………………………21
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………………………….22
Kirish
Bugungi kunda Respublikamizda barcha sanoat tarmoqlari o’ziga xos tarzda rivojlanib kelmoqda. Ishlab chiqarish obyektlari yangitdan barpo qilinmoqda, mavjudlari esa qayta rekanstruksiya qilinib ularga zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi asosida asbob uskunalar joriy qilinmoqda. Shu jumladan Respublikamiszda kimyo sanoati ham sanoat tarmoqlari ichida o’ziga xos o’rni va rivojlanish tendensiyasiga ega.
O’zbekiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamoga xos kimyo maxsulotlarini ishlab chikariladi sun’iy tola va sintetik kauchuk, lak-bo’yoklar, kislota va ishqorlar, dori darmonlar, shuningdek ko’plab kimyo maxsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati maxsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Respublikada bu sanoat tarmogini rivojantirishga juda katta e’tibor berilmokda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbekistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniksa gaz, neft, gaz kondensatlari, elektr quvvati, ko’mir, sanoat va qishlok xo’jaligi chiqindilari, mineral xom ashyolar xamda mexnat resurslari juda ko’pdir.
O’zbekistonda bundan tashkari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, oxak, gips, oltingugurt konlari, rangdor metallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shu jumladan ishlabchiqarish kimyo sanoatining muxum bo’g’inlaridan biridir. Bunday ishlab chiqarish birlashmalariga “ SH G K M ” ko’p yillardan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Respublikamiz mustaqilligi yillarida neftь va gazni qayta ishlash sanoati sohasida salmoqli yutuqlarga erishildi. Soʼnggi paytlarda sanoat rivojlanishini yanada bir yangi bosqichga olib chiqish uchun mamlakatimiz boʼylab keng qamrovli ishlar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimiz prezidenti Sh Mirziyoev 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2018 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida koʼrsatib oʼtilganidek “Yurtimizda qabul qilingan xarakatlar strategiyasi” 2017-2021 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qoʼshimcha qiymatga ega boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining oʼrni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortigʼi aynan shu tarmoqlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda” .
Sanoatni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ana shunday oldindan tuzilgan puxta rejalar va uzoqni koʼra olishdek salohiyat asosida mavjud sanoat korxonalarining takomillashuvi va yangi zamonaviylarining ishga tushirilayotganligi hisobiga mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy sohada ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo qiloyati Gʼuzor tumanidagi «Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi» Respublikamiz neftь va gazni qayta ishlash sanoatida allaqachonlar oʼzining munosib oʼrniga ega boʼlib, ishlab chiqarish salohiyatining yuksakligi, tabiiy gazdan olinadigan mahsulotlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda korxonadagi ishlab chiqarish salohiyatini va mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida chet ellik hamkorlar ishtirokida barcha sexlardagi texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalarini takomillashtirish ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Zero, avtomatlashtirish darajasi yuqori boʼlgan korxonada yuqori sifat koʼrsatkichlariga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi va bu mahsulotlarga boʼlgan talab nafaqat mamlakatimiz xalq xoʼjaligi ehtiyojlarini qondirishga, balki eksport hajmini oshirishga ham xizmat qiladi. Maʼlumki, mamlakatimiz iqtisodiyotining oʼsishida neft va gazni qayta ishlash sanoatining munosib hissasi mavjud boʼlib, tabiiy gazni tozalash jarayonida metildeetanolaminni regeneratsiyalash jarayonining oʼrni ham beqiyosdir.
Demak, ushbu turdagi korxonalar qanchalik yuqori samara bilan ishlasa, oʼz navbatida esa respublikamiz xalq xoʼjaligi shunchalik ravnaq topadi va aholi turmush tarzi shunchalik farovonlik sari odimlaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining ochilishiga bagʼishlab 2001 yil 20 dekabrь kuni oʼtkazilgan tantanali marosimda soʼzlagan nutqida majmua haqida: “Hech shubha yoʼqki, dunyoda kamdan-kam barpo etilgan, kerak boʼlsa, ittifoq hududida yagona boʼlgan, jahondagi eng zamonaviy texnologiya va texnik uskunalar bilan jihozlangan mana shunday ulkan majmuaning ishga tushishi nainki Qashqadaryo vohasi salohiyatini, ayni paytda butun mamlakatimizning industriya qudratini yangi bosqichga koʼtarishga beqiyos hissa qoʼshadi...” deya yuqori baho bergan edi.
Shoʼrtan gaz kimyo majmuasimamlakatimiz sanoati, iqtisodiyotida muhim strategik ahamiyatga ega korxonalar sirasiga kiradi. Majmua Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbi (Qashqadaryo viloyat Gʼuzor tumani hududi)da, Qarshi choʼlining sahro mintaqasida joylashgan va Shoʼrtan gazkondensati konlari bazasida qurilgan. Mazkur korxonaning faoliyat turi – “Oʼzbekneftgaz” Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Oʼzneftgazqazibchiqarish” aktsiyadorlik kompaniyasining unitar shuʼba korxonasi.
Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi - 1998 yil 17 fevralda “Oʼzbekneftgaz” kompaniyasi va oʼz tarkibiga “АBB Lummus global” (АQSh), “АBB Soimi” (Italiya), “Nisho Ivai”, “Mitsui”, “Toyo injiniring” (Yaponiya) kompaniyalarini kiritgan konsortsium oʼrtasida loyihalashtirish, uskunalar olib kelish, qurilish, sozlash-ishga tushurish ishlari va belgilangan baholarda va “kaliti bilan” (“pod klyuch”) ishga tushirish sharti bilan tuzilgan kontraktga muvofiq boshlangan. 2001 yilning oxirida majmua foydalanishga topshirilgan, 2002 yilning avgusti (22 avgust)da esa birinchi “oʼzbek polietileni” ishlab chiqarila boshlagan.
Korxona tarkibida etan, propan va butan boʼlgan tabiiy gaz xomashyosini qayta ishlashga asoslangan. Oʼtgan yili 4274,3 million m/kub xomashyo qabul qilinib, 3734,8 million m/kub tabiiy gaz, 129,1 ming tonna polietilen, 108,5 ming tonna suyultirilgan gaz, 106,5 ming tonna gaz kondensati, 1,8 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarildi. Prezidentimiz qarori bilan Qarshi shahridagi “Qarshi termoplast” korxonasi majmua tarkibiga qoʼshib berilgach, qishloq xoʼjaligi va kommunal sohada foydalaniladigan polietilen quvurlar ishlab chiqarish ham yoʼlga qoʼyildi. Oʼtgan yilda mazkur korxonada 66,8 ming dona 10 litrli sigʼimdagi plastmassa idishlar, 1769,7 km uzunlikdagi turli diametrli quvurlar va bir necha ming dona fitinglar tayyorlandi. 413,6 tonna tomchilab sugʼorish tizimi shlanglari va ularning butlovchi qismlari, 362,6 ming kv.m alyumin kompozitli qoplamalar ishlab chiqarildi. Barcha yillik koʼrsatkichlar oshigʼi bilan uddalandi.
Korxonada oʼnlab marka va turdagi polietilen ishlab chiqariladi.
2005 yilda TÜV CERT (Germaniya) sertifikatlash organi koʼmagida ISO 9001:2000 xalqaro standartlar talablariga muvofiq korxonada amaldagi sifat menejmenti tizimi muvaffaqiyatli sertifikatlandi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qariyb 50 foizi jahonning turli mamlakatlari – Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston, Xitoy, Belorus, Gruziya, Eron, Qirgʼiziston, Аfgʼoniston, Turkmaniston, Turkiyaga eksport qilinmoqda.
Korxona 2011 yilda 3400 mln.m/kub tabiiy gaz, 100 ming tonna suyultirilgan gaz, 100 ming tonna gaz kondensati, 125 ming tonna polietilen, 1,7 ming tonna oltingugurt, 1318 km uzunlikdagi turli diametrli polietilen quvurlar, 20,0 ming dona kanistr, turli diametrli fitinglar, 1855 tonna tomchilab sugʼorish tizimi shlanglari va ularning butlovchi qismlari, 750 ming kv.m alyumin kompozitli qoplamalar ishlab chiqarishni zimmasiga olgan.
2011 yilning 1 yanvarь holatida majmuada 3511 nafar ishchi va xizmatchilar ishlamoqda, ularning 527 nafari xotin-qizlardan iborat. Majmuada 40 dan ortiq yaqin sex, xizmat, tarmoq va boʼlinmalar mavjud boʼlib, etilen, polietilen, bugʼ, gaz, havo taʼminoti, “Qarshitermoplast” sexlari asosiy ishlab chiqarish sexlari hisoblanadi.
Majmua tashkil etilishi tarixi va rivojlanish jarayonlari keng yoritilgan “ShGKM tarixi muzeyi”, kutubxona mavjud.
Majmuada 2009-2012 yillarga moʼljallangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturiga kiritilgan bir nechta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Diversifikatsiyalashtirilgan polimer maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish» loyihasi, «Tozalangan metan gazi negizida sintetik suyuq yoqilgi (GTL) ishlab chiqarish qurilishi» loyihasi, «Oltingugurt olish qurilmasini rekonstruktsiya qilish va gidrirlash qurilmasini oʼrnatish» loyihasi, “Qarshi termoplast” sexida sinov laboratoriyasini qayta jihozlash va ishga tushirish, laboratoriyani akkreditatsiyadan oʼtkazish, aylanma suv sistemasini rekonstruktsiya qilish, quyma fitinglar uchun mashinani ishga tushirish singari loyihalarni misol keltirish mumkin.
Majmuada tayyor polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish, katta va oʼrta diametrli quvurlar ishlab chiqarish liniyasini oʼrnatish, alyumo-kompozitli panellar (alyukobond) ishlab chiqarish liniyasini oʼrnatish, tomchilab sugʼorish tizimini ishlab chiqarishga joriy etish va umuman ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar turini koʼpaytirish yuzasidan ham bir nechta loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-1048-sonli qarori bilan Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasida polietilen quvurlari ishlab chiqarish loyihasi tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʼyxatiga kiritilgan. Dasturda majmuamizda joriy yil davomida 830 kilometr uzunlikdagi turli diametrli polietilen quvurlari hamda birlashtiruvchi detallar ishlab chiqarilishi koʼzda tutilgan. Аyni kunlarda “Qarshitermoplast” sexida bu mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va qurilish korxonalari hamda aholiga yetkazib berilmoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori va turlarini oshirish maqsadida oʼtkazilgan xalqaro tenderda gʼolib chiqqan Xitoydagi “Bayxayxuamin” kompaniyasi tomonidan majmuaga ikkita texnologik liniya yetkazib beriladi. Ushbu liniyalar ishga tushirilgach, yiliga diametri 250 millimetrgacha boʼlgan 1150 kilometr, diametri 630 millimetrgacha boʼlgan 240 kilometr miqdordagi polietilen quvurlari ishlab chiqarish imkoni tugʼiladi.
Shuningdek, majmuada alyukobond ishlab chiqarishni oʼzlashtirish boʼyicha ham xalqaro tender oʼtkazildi. Tender natijalari bilan Xitoydagi “Liansu” kompaniyasi bir yilda 800 ming kv. metr alyukobond ishlab chiqarish uchun moʼljallangan yuqori texnologik asbob-uskunalarni yetkazib beradi. Mazkur loyiha ham mahalliylashtirish dasturi talablarini bajarishga xizmat qiladi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 3 ta ishlab chiqarish korxonasi bunyod etish ustida jadal surʼatlarda ish olib borilmoqda. “75 mm dan 630 mmgacha boʼlgan diametrli polietilen quvurlar ishlab chiqarish”, “Polipropilendan quvurlar ishlab chiqarish”, “Optiktolali kabellar ishlab chiqarish zavodi” loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ayni kunda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.
Majmuaning bu yoʼnalishda ham hali rejalari koʼp. Chorvachilik tarmogʼini rivojlantirish niyatida ishlar boshlab yuborilgan, oʼtgan yilda 500 boshdan ortiqroq naslli qoʼy oldindi. Joriy yilda besh ming litr sutni qayta ishlash va yuqori sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan yirik chorvachilik kompleksini tashkil etishni moʼljallanmoqda. 45,0 mingta tovuqni parvarishlaydigan parrandachilik kompleksi barpo etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |