Keramika materiallari va buyumlar texnalogiyasi.
Keramika (yun. keramos — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori temperaturalarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nemetall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uyroʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), t. y.da, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda keramika keng tarqalgan. Tuzilishiga koʻra, dagʻal (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5% gacha) turlarga boʻlinadi. Dagʻal keramikaga koʻpchilik qurilish materiallari, mas, gʻisht va koshin, nozik keramikalarga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, baʼzi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi.
Keramika va shishalar klassifikatsiyasi
Keramika va shisha mahsulotlari birinchi navbatda silikatlar asosida olingan. Yer po'stining 75 % i silikatlardan tashkil topgani, 12 % i esa ozod kremnezyomdan iborat. Keramika va shisha turli xomashyolardan pishirish va eritish yuli bilan olinadi.
Xossalariga ko'ra bo'linishi. Xossa va xususiyatlariga ko'ra ikki katta qismga - keramika va o'tga chidamli materiallar hamda shisha va sitallarga bo'linadi.
Birinchi qismga «Keramika va o'tga chidamli materiallar texnologiyasi» asosida ishlab chiqariladigan buyumlar kiradi. Bular uch katta gruppa-an'anaviy keramika (qurilish va nafis keramika), texnika keramikasi (o'tga chidamli yuqori oksidli keramika, silikat va alyumosilikatli keramika, titanatli, ferritli, karbidli, nitridli, boridli va silitsidli keramika) va o'tga chidamli materiallar (kreamnezyomli-dinasli va kvartsli; alyumosilikatli- yarimnordon, shamotli va yuqori glinazyomli; magniyli- magnezitli, dolomitli, forsteritli va shpinelli; xromli-xromitli, xrom magnezitli va magnezitxromli; tsirkoniyli-tsirkonli va tsirkoniy asosli, karbonli-koksli va grafitli; oksidli-maxsus oksidli; kislorodsiz-karborundli va hokazo) dan tashkil topgan.
Ikkinchi qism mahsulotlari «Shisha va sitallar texnologiyasi» asosida birlashgan. Shisha qurilish (deraza, oyna, toblangan oyna, profilli oyna, parchalanmaydigan oyna, bezakbop rangli oyna, shisha blok, ko'pik shisha, shisha tola), texnikabop (optika, nurli texnika, elektronika, elektr izolyatsiyasi, kimyoviy laboratoriya, ampulali tibbiy va kvartsli shisha hamda maishiy-xo'jalik shishalari (billur, rangli va rangsiz shisha, oynak, ko'zgu, archa, bezak va hokazo) gruppalardan tashkil topgan. Sitallar esa xomashyo turiga karab texnika sitali (fotositall, sitalltsement, spodumenli, kordieritli, qo'rg'oshinli si tall va xokazo) hamda sanoat chikindisi va tog' jinsi sitalli (shlaksitall, kulsitall, petrositall)ga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |