15.7. Оқсиллар, тузилиши ва хоссалари
Oqsil yoki protein nomi bilan yuritiladigan targibida azot tutuvchi yuqori molekulyar birikmalar sinfiy hayotiy jarayonida, hujayraning tuzilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular barcha tirik organism bir hujayrali suv o’simliklari va bakteriyalar, ko’p hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladi. Hujayrada yuz beradigan har qanday kimyoviy o’zgarish oqsillar ishtiroksiz amalga oshmaydi:Bu jarayon oqsil yo subustra, yo enzin yoki bir vaqtda ham subustra, ham enzin sifatida ishtirok etadi. Hayotning barcha ko’rinishlari va jarayonlarida oqsillar hal qiluvchi rol o’ynaganidan, bundan, taxminan 90 yil ilgari F.Engelis hayot-oqsillarning yashash shakli deb biologiyani esa oqsil kimyosi deb ta’riflagan edi. Biologiyaning ayniqsa, bio kimyo va fiziologiyaning barcha tarixi Englisning hayot va oqsillar to’g’risida aytgan bu falsafiy-nazariy ta’rifini to’la tasdiqlab kelmoqda. Tabiatda tuxum oqsili, qon zardobi va suzma (tvorog)ga o’xshash umumiy xususiyatga ega, masalan, isitganda eriydigan bir qator moddalar borligi turmush tajribalardan ma’lum edi. Kimyo faning rivojlanishi bilan bu moddalarning hammasida azot borligi, ana shu belgisi bilan ularning malekulasi azot tutmaydigan uglevod va yog’ moddalaridan farqlanishi aniqlandi. Tuxum oqsiliga o’xshash Tarkibida azot tutuvchi shu xildagi moddalarni birinchi marta galland olimi Mulder (1802-1880) 1830-yilda sistemali ravishda tekshirdi. Mulder o’sha zamonning mashhur ximigi Berzelyuz taklifiga ko’ra birinchi marta 1838 yili bu modalarga nisbatan protein (grekcha proteos –birinchi darajali demak ) nomini qo’lladiki, Buterning ularning hayot uchun eng muhim ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi. Oqsillar haqida XIX asrning ikkinchi yarmida va XX-asrning birinchi choragida olingan ma’lumotlar asosan, gidroliz qilish yo’li bilan ular tarkibiga kiradigan amina kislatalarni aniqlash va so’ngra oqsil tarkibida peptit shaklida bog’lanishini belgilash bilan chegaralandi. Oqsillar kimyosi soxasidagi bu boshlang’ich ma’lumotlarni olishda mashhur rus olimi A.Ya.Danilevski, nemis olimi Emil Fishernin tadqidnomalari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo oqsillar kimyosi va bio kimyosi XX-asrning ikkinchi choragidan boshlab, asosan, ularni ajratib olish (elektro forez) Molekula og’irligini aniq belgilash (ul’trasentrifugalash), birinchi kristalik oqsillar- fermentlarni izoliyatsyalash, oqsillarni turli yo’llar bilan gidrolizlar barcha amina kislatalarning to’la sifati va miqdorni aniqlash (xromotografiya) va, nihoyat, bir qator soda oqsillarning strukturasining mukammal o’rganish hamda kimyoviy yo’llar bilan sintez qilish asosida yuksak darajada ko’tarildi. Hayvon organizmi umumiy vazni taxminan 15 % ni oqsillarda to’g’ri keladi. Ular hujayraning barcha elementlar tarkibiga-sitoplazma va yadro, mitoxondrya va mikrosona ataladigan qo’shinmalari hamda nembryanyasiga kiradi. Hujayra hamda, umuman organizmlarning hamda struktura va funksyalari oqsillar ishtirokisiz yuzaga chiqmaydi. Hujayrada oqsil juda ko’p va ular turli funksyalarni bajaradi: Fermentlar shaklida bioximyaviy reyaksyalarni katalizlaydi, garmonlar sifatida fizyologik jarayonlar regullyatsyasida qatnashadi, qonda molekulyar kislarod, lipiglar hamda boshqa bir qancha Biologik aktiv moddalarni bog’lash va tashish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |