Ko‘pkurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi Reja



Download 41,99 Kb.
bet1/7
Sana01.07.2022
Hajmi41,99 Kb.
#725166
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko‘pkurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi


Ko‘pkurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
Reja:

  1. Ko‘pkurashlar.

  2. O‘nkurashchilarning sport mashg‘ulotlari

  3. Ettikurashda ayollar mashg‘uloti



Ko‘pkurashlar. Ko‘pkurashning klassik turlari: erkaklarda – o‘nkurash (O), ayollarda – yettikurash (O). O‘nkurash tarkibiga quyidagilar kiradi: 100 m, uzunlik, yadro, balandlik, 400 m, 110 m g‘/o, disk, langarcho‘p, nayza, 1500 m. Ayollarda yettikurash tarkibiga quyidagilar kiradi: 100 m g‘/o, yadro, balandlik, 200 m, uzunlik, nayza, 800 m.
Ko‘pkurashning noklassik turlariga quyidagilar kiradi: o‘smir o‘g‘il bolalar uchun sakkizkurash (100 m, uzunlik, balandlik, 400 m, 110 m g‘/o, langarcho‘p, disk, 1500 m); qizlar uchun beshkurash (100 m g‘/o, yadro, balandlik, uzunlik, 800 m). Sport tasnifida quyidagilar belgilangan: ayollarda – beshkurash, to‘rtkurash va uchkurash; erkaklarda – to‘qqizkurash, yettikurash, oltikurash, besh-kurash, to‘rtkurash va uchkurash. To‘rtkurash, avvallari u “pionerlar” kurashi deb atalar edi, 11-13 yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun o‘tkaziladi. Ko‘pkurash tarkibiga kiruvchi turlar sport tasnifida belgilab berilgan, turlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘pkurashlarning yugurish turlarida ishtirokchilar uchinchi ogohlanti-rishdan keyin yo‘lkani tark etadilar. Ogohlantirish olgan qatnashchi ogohlantirishni eshitganligini tasdiqlagan holda qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi lozim. Ikkinchi va uchinchi darajali ommaviy musobaqalarda tirgaklarsiz past startdan yoki yuqori startdan turib start olishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonlik sportchilar 1925-1930 yillardan boshlab yengil atletikaning o‘nkurash sport turi bilan shug‘ullana boshladilar.
O‘zbekistonlik sportchilardan birinchi bo‘lib V.A. Kolobov va V.Tereshchenko 1967 yilda o‘nkurash sport turlaridan sharafli «Sport ustasi» unvoniga sozovor bo‘lishdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ham qator o‘nkurashchi sportchilar yetishib chiqdi. Ulardan V.Smirnov jahonda kuchli o‘nkurashchilar o‘nligiga kirdi. Osiyo va O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. V.Andreyev, F.Ortiqov va V.Smirnovlar hozirda jahon maydonlarida o‘zbekistonimiz sharafini himoya qilmoqdalar.
Ko‘pkurashchi yuqori sport natijalariga erishish uchun yuqori darajada har tomonlama jismoniy tayorlikka, g‘alabaga intiluvchanlik, matonat va boshqa irodaviy fazilatlarga ega bo‘lishi hamda ko‘pkurashga kiritilgan yengil atletika turlari texnikasini mukammal egallagan bo‘lishi zarur.
Erkaklarda asosiy ko‘pkurash – bu o‘nkurash, ayollarda esa yettikurash hisoblanadi. Ko‘pkurashni tashkil etuvchi yengil atletika turlari musobaqada har doim bir tartibda va bir xil vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. SHuning uchun ko‘pkurashlarchilar sport mashg‘ulotlari turlarning musobaqada o‘tkaziladigan tartibiga mos ravishda tuziladi. Bunday holda sportchida shartli reflekslar tizimi shakllanib (shu bilan birga vaqtga nisbatan ham) ko‘pkurash turini muvaffaqiyatliroq bajarishga yordam beradi.
Ko‘pkurashchining ko‘pgina turlardagi natijasi ko‘pincha uning tez yugurishdagi yutuqlariga bog‘liqdir. SHuning uchun mashg‘ulot-larda yugurish tezligini oshirishga ko‘proq etibor beriladi. Ammo ko‘pkurashdagi umumiy natija har bir turda erishilgan yutuqlar bilan aniqlanadi. SHuning uchun har bir turga yetarli darajada e’tibor berish kerak. Mashqlarning har tomonlama ta’sir ko‘rsatishidan kengroq foydalanish, ayniqsa muhim. Masalan, sakrovchilarni rivojlantirish uchun bir vaqtda yugurishda, sakrashda va uloqtirishda depsinishning bajarilishini yaxshilaydigan mashqlardan foydalanish kerak. SHuningdek, mashg‘ulotga bir yo‘la bir necha sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish lozim.
Ko‘pkurashda ko‘rsatilgan natija maxsus ochkolar jadvali orqali aniqlanadi. Qatnashuvchining egallagan o‘rni musobaqa davomida to‘plagan ochkolarining eng ko‘p yig‘indisi bilan aniqlanadi. SHuning uchun ko‘pkurashchi mashg‘ulotlarining yo‘na-lishiga ochkolar jadvaliga ham ba’zi o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
YAxshi ko‘pkurashchi – yaxshi jismoniy rivojlangan, ko‘pkurash-ning barcha turida mukammal texnikaga ega bo‘lgan irodaviy atletdir.
Odatda, har bir ko‘pkurashchi ko‘pkurashning ayrim turlarida kuchliroq, boshqalarida esa kuchsizroq bo‘ladi. Bu turlardagi natijani maxsus mashqlar orqali oshirish mumkin. Kuch, tezkorlik va chidamlilikni muntazam ravishda oshirish uchun ko‘pkurashchi butun yil bo‘yi, bir necha yillar mobaynida bu sifatlarni oshiruvchi mashqlarni bajarishi kerak. Kuchni musobaqalashuv davrida ham rivojlantirish lozim, chunki yugurishga ko‘proq e’tibor berayotgan ko‘pkurashchilarning kuch ko‘rsatkichi pasayadi va uloqtirishdagi yutuqlari yomonlashadi.



Download 41,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish