TOKUGAVA SEGUNATINING IQTISODIY VA IJTIMOIY AHVOLI.
I BOB. TOKUGAVA SYOGUNATINING SOLIQ TIZIMI
1.1 Tokugava syogunating soliq miqdorlari
1.2.Dehqonlar ustidan nazorat
II BOB. TOKUGAVA DAVRIDAGI YAPON SAVDOGARLARI
4.1 Yaponiya savdogarlar sinfining kelib chiqishi
4.2 Yangi savdogar sinfining shakllanishi
4.3 Savdo uyushmalari
4.4 Savdogarlar toʻlagan soliq turlari
4.5 Kredit tarmoqlarini rivojlantirish
TOKUGAVA DAVRIDA QISHLOQ XOʻJALIGI VA SHAHARLAR.
.1 Yaponiya shaharlarining turlari
3.2 Osaka shahr
3.3Kioto shahri
II BOB. TOKUGAVA DAVRIDAGI YOʻLLAR VA TRANSPORTLAR
3.1 Yoʻl tarmoqlari
3.2 Suv transport
I BOB.TOKUGAVA SYOGUNATINING SOLIQ TIZIMI
Tokugava davrida Yaponiya davlatining farovonlig sabablari bir nechta manbalarga borib taqaladi. Yaponlar togʻ-kon metallari va oʻrmonlaridan katta daromad koʻrgan, savdogarlarning savdo va tadbirkorlik faoliyatidan bakufu xazinasiga va syogun va feodalarning shahsiy xazinasiga ham katta miqdorda mablagʻ kelib tushgan. Ammo syogun va feodal knyazlarning boyligining asosiy qismini dehqonlardan olinadigan guruch soligʻi (kokudaka)dan kelib tushgan. Shuning uchun markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari soliq miqdori kamaytirilmasligini qat'iy nazorat qilib turgan va koʻp holarda dehqonlarga guruchdan boshqa ekinlarini ekishni taqiqlashgan.
1.1 Tokugava syogunatining soliq miqdorlari
Tokugava davrida soliq miqdor bir xil boʻlmagan. Bir paytlar Toyotomi Xideyoshi soliq solish miqdorini 2: 1 nisbatida oʻrnatgan ya’ni hosilning uchdan ikki qismi feodalga, bir qismi esa dehqon uchun boʻlgan, lekin keyinchalik bu nisbat kuzatilmagan. Masalan, syogun mulkida bu nisbat 6:4, 5:5, keyin 4: 6 ni tashkil etgan va 1728-yilda soliqlar koʻpaytirilgan va uning miqdori 5: 5 qilib belgilangan. Knyazliklarda soliq miqdori odatda yuqori boʻlgan. Eng yuqori soliq miqdorining misoli Joshu shahridagi Takashi knyazligi boʻlib, u yerda soliq miqdori 8: 2 boʻlgan. Agar tabiiy ofat hosilning 30% dan koʻpini nobud qilgan boʻlsa, soliqlar kamaytirlgani. Ammo Yoshimune syoguni ostida Kyoho islohotlari paytida (1716-1735 yillar) soliq miqdori oshirilgan. 1737-1764 yillarda soliqlarning keyingi oʻsishi dehqonlar noroziligiga sabab boʻlgan, ayniqsa Horeki hukmronlik (1751-1763) yillarida judayam avj olgan. Qoidalarga koʻra, har yili hosildorlikni aniqlash va soliq miqdorini (kemiho) belgilash uchun yerlarni oʻlchash ishlarini olib borish kerak boʻlgan, ammo buni qilish qiyin boʻlgan. Tokugava davrining oʻrtalarida bu miqdor oʻrtacha qilib belgilangan va oʻtgan yilgi hosilning hajmidan kelib chiqqib soliq undirilgan, har 5 yoki 10 yilda qayta oʻlchab chiqilgan holda soliqlar undurilgan. Ushbu amaliyot "joemenh" nomi bilan mashhur boʻlgan va soliqni pul shaklida olish odatiy holga aylanib borgan, bu, ayniqsa, togʻlarda joylashgan qishloqlarda keng tarqalgan.
Soliq miqdorini aniqlash, dalalarni oʻrganish bilan Maiko no kenchi (Toyotomi Hideyoshi davridagi yer taqsimlovchi) mas'ul boʻlgan, asosan dehqon oilalari boshliqlari bu lavozimda ishlashgan. Soliq toʻlash, bu hokimiyatning fikriga koʻra davlatning barqaror daromadini ta'minlashi kerak boʻlgan. Ammo milliy miqiyosdagi bu vazifani amalga oshirish oson boʻlmagan. XVI asrda va XVII asrning boshlarida hattoki oʻsha qishloq aholisi orasida ham yerning unumdorlik sifatidagi farqni topish qiyin boʻlmagan. Bu esa oʻz oʻrnida hosilni va natijada soliq miqdorini aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga keldirganligidan dalolat bergan.
Soliq miqdori bilvosita qishloqda ijtimoiy tabaqalanishga yordam bergan. Qishloq ma'muriy lavozimlarini egallagan boy dehqonlar eng yaxshi yerlarga egalik qilganlar. Shuning uchun ular katta hosilni yigʻib olganlar, ularning iqtisodiyoti samaraliroq foyda keltirgan. Ammo shu bilan birga unumdorligi past yerlarga ega boʻlmagan dehqonlar ular bilan bir xil soliq miqdorini toʻlaganlar. Qishloqlarning oʻz ma’muriyati boʻlgan. Uning eng past pogʻonasi qishloq ma'muriyati (mura yakunin) boʻlgan, bu toifa qishloq oqsoqollardan (nanushi yoki meya) iborat boʻlgan. Umuman olganda, qishloqlar daykan va gundaylarning nazorati ostida boʻlgan, ammo, ular hokimiyat va qishloq aholisi oʻrtasida bogʻlovchi boʻlib xizmat qilgan, asosiy vazifalarni mura yakunin bajargan. Ular yoki saylangan yoki tayinlangan yoki lavozimi meros boʻlib oʻtgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |