1.2 Dehqonlar ustidan nazorat
Sud va ma'muriy organlar qishloq aholisini sinchkovlik bilan kuzatib borishgan. Davlat nazorati tizimining amaliy maqsadi soliqlarni yigʻish boʻlgan. Meyordagi ijara haqidan tashqari, dehqonlar bir qator boshqa soliqlarni ham toʻlashgan. Qishloqdagi nazorat besh kishilik hovli (goningumi) - eng past ma'muriy birlik yordamida amalga oshirilgan. Bu asosiy ijara va soliqlarni toʻlash uchun jamoviy javobgarlik tizimi boʻlib hizmat qilgan.
Bundan tashqari, besh kishiklik hovli a'zolari dehqonlarni kuzatib turishlari shart boʻlgan, chunki dehqonlar qishloqdan qochib ketishlariga yoʻl qoʻymaslik kerak boʻlgan. Hatto Toyotomi Hideyoshi ham dehqonlarning koʻchib ketishiga yoki kasbini oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishni boshlagan. Dehqonlar qishloqdan chiqib ketmasligi uchun, ayniqsa qishloqda ba’zi rasmiy lavozimlarda ishlaganlar dehonlar chiqib ketishni taqiqlovchi koʻplab buyruqlar bilan tasdiqlangan hujjatlar bilan ta’minlangan. Dehqon qishloqni faqat ruxsat bilan tark etishi mumkin boʻlgan. U ketish maqsadini koʻrsatishi kerak boʻlgan va uyga qaytishga majbur boʻlgan. Ammo bu qoida buzila boshlagan, ayniqsa XVIII asrning ikkinchi yarmidan. Shaharda ishlashni boshlagan koʻplab dehqonlar u yerda qolgan, garchi hukumat bunga qarshi kurashgan boʻlsa ham. Buning sababi qishloqda ba’zi sabablarga koʻra fermer xoʻjaliklari soni kamayib ketsa (masalan, uyning boshi dehqon vafot etgan boʻlsa), yerda beva ayol yoki bolalar dalada dehqonchilik qilib, soliq toʻlashni davom ettirayotgan boʻlsa, daymyo dehqoning bolalariga shaharga borib ishlashga toʻsqinlik qilmagan. Hokimiyat qishloq xoʻjaligining hayotiyligini ta'minlash va saqlash uchun koʻplab choralar koʻrgan. 1649-yildagi farmon bilan meros qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan bolalarga oʻtadigan boʻldi va ularning har biri mustaqil egasi sifatida tan olingan. Ammo bu amaliyot yer egaligini maydalanishiga olib kelgan. Shuning uchun ularni maydalashga qarshi choralar koʻrilgan.
II BOB. TOKUGAVA DAVRIDAGI SHAHARLAR
Kinsey davri tez urbanizatsiya boʻlish davri boʻldi. Keyinchalik shaharlarning oʻsishiga mamlakatning siyosiy birlashishi, hokimiyatning bir qator chora-tadbirlari va farmonlari va Yaponiya qishloqlarining rivojlanishi yordam bergan. Qishloqda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yuqori boʻlgan, bu esa qishloq xoʻjaligiga taluqli boʻlmagan aholini - samuraylar, savdogarlar, hunarmandlarni boqish uchun ham yetarli boʻlgan. Shuni ta'kidlash kerakki, Yapon qishloqlari shahar bilan taqqoslaganda iqtisodiy rivojlanishda yetakchi roʻl oʻynagan. Koʻplab ishlab chiqarish tarmoqlari qishloqda paydo boʻlgan va rivojlangan va aynan shu narsa mamlakatni keyingi sanoatlashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Urbanizatsiya jarayoni Yaponiyaning barcha hududlari uchun bir xil boʻlmagan va iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, uning ixtisoslashuvi, tovarlashtirish, bozor faolligi, qulay aloqa vositalari mavjudligi va boshqa omillarga bogʻliq boʻlgan. Boshqacha qilib aytganda, XVII-XVIII asrlarda Yaponiya shahrlaridagi oʻzgarishlar boʻlgani kabi, oʻsha davrda Yaponiya jamiyatida sodir boʻlgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda boʻlgan. Iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar, Yaponiya jamiyatining ijtimoiy-sinfiy tuzilishi aholining ijtimoiy tarkibida, shaharning holati va xarakterida, ishlab chiqarish va savdo sohasida oʻzgarishlarni keltirib chiqargan. Siyosiy va iqtisodiy jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, shahar paydo boʻlishining u yoki bu usulini belgilab bergan. Yaponiyadagi shaharlar qadimgi davrlarda paydo boʻlgan va dastlab ular ma’muriy markazlar sifatida ishlatilgan. Yaponiya shaharlarining evolyutsiyasini asosan u belgilagan muddatning oʻzgarishi bilan kuzatish mumkin: miyako – poytaxt, imperatorlar saroyi joylashgan joy; machi - 30 ming kishigacha aholisi boʻlgan kichik shaharcha; toshi - soʻzning zamonaviy ma'nosi shahar.
Do'stlaringiz bilan baham: |