II BOB. ”ESHITDIM, KO‘RDIM, BAJARDIM” TAMOYILI ASOSIDA SOYA VA MAKKAJO‘XORINI BIRGALIKDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. 2.1. An’anaviy ta’lim metodi asosida talabalar bilim saviyasini rivojlanganligini o‘rganish. Bugungi kunda an'anaviy mashg'ulotlar eng keng tarqalgan. An'anaviy ta'lim tizimining paradigmasi: - talaba ta'sir ob'ekti, o‘qituvchi esa boshqaruv organlari ko‘rsatmalarining ijrochisi; - rolning o‘zaro ta'siri pedagogik jarayonda amalga oshiriladi, bunda uning har bir ishtirokchisiga ma'lum funksional vazifalar yuklanadi, undan chiqib ketish xatti-harakat va faoliyatning me'yoriy asoslarini buzish deb hisoblanadi.
Bunda talabaga maruza darslarida bilim beriladi. Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog’lanishlar to‘g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi [62; 55 - b].
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo‘lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o‘ringa chiqadi. Amaliy (laboratoriya) darslarida esa ko‘nikma va malaka shakllantiriladi. Ko‘nikmalar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini takror bajarish; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini amalda qo‘llash; natijalarni tekshirish; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini yangi vaziyatda qo‘llash; malakaga aylanish jarayoni.
O‘qituvchining ko‘nikmalarni tarkib toptirish bosqichlariga amal qilishi tufayli talabalar tomonidan ko‘nikmalar egallanadi, ta’lim tarbiya jarayonida yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali ko‘nikmalar malakaga aylanadi.
Tajriba-sinov ishlari oliy talimdagi talabalar o‘rtasida olib borganligi sababli, talabalarga soya va makkajo‘xori o‘simligini biologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar berish maqsadida ushbu mavzu yuzasidan an’anaviy shaklda dars mashg’ulotlari olib borildi. Bunda talabalarga soya va makkajo‘xori o‘simligini yetishtirish va ularni birgalikda ekilgandagi afzalliklari haqida ma’ruza shaklida ma’lumotlar berildi. Tadqiqot boshida talabalarni boshlang’ich bilimini aniqlash maqsadida 10 ta kirish testi olindi.
Kirish testi.
1.Quyidagi oila vakillarini to‘g’ri toping.
I Dukkakdoshlar, II Boshoqdoshlar
a) tariq b) kanop c) jo‘xori d) yantoq f) loviya g) javdar e) soya h) arpa
A) I-e,f,h II-a,b,c B) I-a,b,c II-c,g,h D) I-a,b,c II-e,f,g
2. Atmosfera havosi tarkibidagi azotning miqdori qancha % ni tashkil etadi?
A)72,02% B)78,08% D)77,07%
3. Tuproqshunoslik fanining asoschisi kim?
A) Kostichev B) Sovetov D) Dokuchayev
4. Suvga o‘ta talabchan o‘simlik nima deyiladi?
A) gidrofit B) kisirofit D) mezofit
5. Qaysi o‘g’it o‘simlikni moddalar almashinuvini tezlashtiradi?
A) N B) P D) K
6. Bir tup ituzum qancha urug’ beradi?
A) 10000 B) 45000 D) 200-300 ta
7. Efemerlar qanday o‘simliklar?
A) o‘tkir hid chiqaruvchi B) vegetatsiya davri qisqa D) daraxtlarda yashovchi o‘simliklar
8. Parazit o‘simlikni toping?
A) shumg’iya B) g’umay D) yantoq
9. Olabuta qaysi oila vakili ?
A) bug’doydoshlar B)sho‘radoshlar D) ziradoshlar
10. Qashqarbedaning hayotiy shaklini ko‘rsating?
A) 2 yillik B) ko‘p yillik D) bir yillik
Kirish testida talabalarning bilimlari umumiy holati aniqlandi, ya’ni fan yuzasidan bilim darajasi hamda oliy ta’limga kirishdan oldingi bilimlari ham bilib olindi. Olingan natija tajriba guruhlari talabalari natijalari bilan taqqoslandi.