Ii bob. ”Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili asosida soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirish texnologiyasi



Download 3,55 Mb.
bet4/28
Sana13.07.2022
Hajmi3,55 Mb.
#792458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2.06 deser oxir enggg

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar. Tadqiqotda mavzuga oid pedagogik-psixologik, ilmiy metodik manbalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, loyihalash, test so‘rovlari, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba-sinov, matematik-statistika metodlaridan foydalanildi.
Mavzuning ilmiy ahamiyati. Mavzuning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, mavzu tadqiqot ishi doirasida ilmiy materiallar asosida o‘rganildi va tahlil etildi.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishi sifatida o‘rganilgan mavzu yuzasidan berilgan xulosalardan Oliy ta’limda talabalarni bilim saviyasini boyitishda va olingan bilimni mustahkamlashda foydalanish mumkun. Bundan tashqari mavzu yuzasidan qilingan tajriba guruhlardagi ishlarni boshqa tabiiy fanlarni o‘qitishda va mustaqil ta’lim ishlarini tashkil etishda foydalanish mumkun.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilmasi. Ushbu magistrlik bitiruv dissertatsiyasi malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, dissertatsiyaning hajmi 68 betni tashkil etadi.

I BOB. SOYA VA MAKKAJO‘XORI O‘SIMLIGINING MORFO-XO‘JALIK BELGILARINING TAHLILI.
1.1. Soya va makkajo‘xori o‘simligini morfologiyasi va qimmatli xo‘jalik belgilari.
Tajriba sinov ishlari boshida o‘rganilayotgan o‘simliklar morfologik tuzilishi o‘rganildi. Soya o‘simligi dukkakdoshlar oilasi vakili hisoblanib, hayotiy shakli bir yillik o‘t , poyasi dag’al, uzunligi 20 smdan 2 metrgacha bo‘ladi. Odatda tik o‘sadi, lekin yotib hamda chirmashib o‘sadigan vakillari ham bor. Urug‘lari unganda urug‘palla osti bo‘g‘ini yashil yoki antotsion dog‘li bo‘ladi. Mazkur belgi bo‘yicha gullarining rangini aniqlash mumkin. Agarda urug‘palla osti bo‘g‘ini yashil bo‘lsa gullari oq, antotsian dog‘lari bo‘lsa-gullari binafsha rang tusda bo‘ladi. Pishib yetilganda poyasi och sariq, qumsimon-sariq, jigarrang yoki kulrangsimon bo‘lib qora tusga kiradi. Poyasining yo‘g‘onligi va balandligi, bo‘g‘im oraliqlari soni va uzunligiga, navi va yetishtirish sharoitiga bog‘lik holda bo‘ladi [29; 92-94-b].
Soya o‘simligining ildiz sestemasi o‘q ildiz asosiy qismi yerning 50 sm qatlamida joylashadi. Yon ildizlari juda ko‘p shoxlanadi. Ildizning asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi, ammo o‘q ildizi 2 m gacha chuqurlikka kirib borishi mumkin. Ildiz tukchalari orqali bakteriyalar ildizga kirib oladi va shu yerda tugunak hosil qila boshlaydi [47; 34-36-b]. Barglari uchtalik, qirrali yaxlit, har bir bo‘g‘inda navbatma-navbat bittadan joylashadi. Faqatgina birinchi ikkita bargi oddiy bo‘lib, poya bo‘g‘inida qarama-qarshi joylashadi. Barg bandi uzunligi 8-20 sm. Barg bandi poyaga nisbatan odatda 45- 500 ba’zan 900 burchak ostida joylashadi. Barg yaprog‘ining uzunligi 3-15 sm, ular o‘tkir kuchli, ovalsimon, tuxumsimon, ponasimon, nashtarsimon shakllarda bo‘ladi. Bargining rangi to‘q yashil, och-yashil, yashil va kulrangsimon–yashil tusda bo‘ladi. Bargning pastki qismi va uchi kuchli tuklangan [23, 40]. Umuman butun o‘simlik tanasi qalin tukchalar bilan qoplangan (gultojisi bundan mustasno). Pishib yetilganda ko‘pchilik navlarda barglari to‘kilib ketadi. Barglarning eng katta sathi 60-100 ming m2/ga gullash davriga to‘g‘ri keladi [9; 65-67-b]. Soyaning gullari shingil gulto‘plamga yig‘ilgan. Tupgullari poyaning yuqorisida, shoxlarda, barg qo‘ltiqlarida joylashadi. Gullar soni 2 dan 25 tagacha va undan ortiq bo‘ladi.
Soya gulining hajmi 5-6 mm ni tashkil qiladi, gul kosasi 5 ta, shundan 2 tasi yuqoridagisiga qo‘shilib o‘sadi. Pastki uchtasi alohida rivojlanib, qo‘shilib o‘sgan gul kosalardan ko‘ra uzunroq bo‘ladi.Gultojibarglari oq yoki binafsha rangda bo‘lib, eng yuqori gultojibargi yelkan deb ataladi. Ikki yon tomondagi gultoji bargiga qanot va qaychichagul toji barglariga qaraganda to‘qroq, hajmi katta 7-10 mm ni tashkil etadi. Changchisi 10 ta, shundan 9 tasi qo‘shilib o‘suvchi, changdonlari 3-4 uyalik, ular uzunasiga yoriladi. Changlanishi yopiq gultoji ichida kechadi, gultojisi changlar o‘sgandan 15-20 minut o‘tgach ochiladi. Soya o‘zidan changlanadigan o‘simlik, ba’zan chetdan changlanish ham kuzatiladi. Chetdan changlanish sezilarsiz - 0,3-0,5% atrofida bo‘ladi [31; 34-b]. Soyaning dukkagi to‘g‘ri yoki egilgan, qavariq yoki yassi, 2-3 ta urug‘ga ega, ba’zan 4 tagacha bo‘ladi. Dukkagi turli rangda: qumsimon kulrang, och sariq, sarg‘ish - jigarrang, kulrangsimon- jigarrang, kamdan - kam qora. Uzunligi 3-7 sm gacha, eni 0,5-1,5 sm gacha, ba’zi dukkaklar o‘tkir uchli bo‘ladi. Ular kuchli tuklangan. Dukkaklarning soni va joylashish balandligi yetishtirish sharoitiga bog‘liq. Ular bir tup o‘simlikda 10 tadan 350 - 400 tagacha joylashadi [8; 21-26-b]. Tadqiqotning ikkinchi o‘simligi bu makkajo‘xoridir bu o‘simligimiz boshoqdoshlar oilasiga, Zea mays L. turkumi va turiga mansub bir yillik o‘t o‘simlikdir. Makkajo‘xorining poyasi o‘t poya hayotiy shakli bir yillik o‘t. Poyasi tik o‘suvchi dag’al poxol poya bo‘lib, ichi g’ovak parenxima bilan to‘lgan, bo‘yi 0,5-6 m gacha, yo‘g’onligi 2-4 dan 6-7 sm gacha. Sug’oriladigan sharoitda makkajo‘xori poyasining bo‘yi 2,5 m dan 4-5 m gacha yetadi. Poyasi bo‘g’im oraliqlariga bo‘lingan.
Poyadagi bo‘gimlar va barglar soni makkajo‘xorining naviga qarab ertapishar navlarida 10-15, o‘rtapishar navlarida 18-20 va kechpishar navlarida 21-25 ta bo‘ladi. Ko‘pincha poyaning pastki 2-3 ta yer usti bo‘g’imlaridan yon novdalar chiqadi [28]. Makkajo‘xorining ildizi baquvvat rivojlangan popuk ildizdir. Doni bitta murtak ildizcha chiqarib ko‘karadi, 2-3 kundan keyin 3-12 tagacha yon ildizchalar chiqaradi. Asosiy ildizlari o‘simlik 3-4 ta barg yozganda paydo bo‘ladi. Ular poyaning yer osti bo‘g’imlaridan chiqadi, ya’ni tuproqning 3-4 smli yuza savatida joylashadi. Poya bo‘g’imlaridan chiqqan ildizlar ildiz sistemasining asosiy massasini tashkil qiladi. Ular yerga 2-4 m gacha, atrofga 1,2-1,5 m gacha tarqalib o‘sib, asosiy massasi (60%ga yaqini) yerning 20 smli haydalma qatlamida joylashgan bo‘ladi [46; 70-79-b].
Makkajo‘xorining barglari yirik, keng lineykasimon, cheti to‘lqinsimon, orqa tomoni tuksiz, yuz tomoni tukli bo‘ladi. Barg poyaning har qaysi bo‘g’imida navbat bilan hosil bo‘ladi. Navning ertapisharligiga qarab, poyaning bo‘g’imlarida hammasi bo‘lib 8 tadan 30 tagacha barg chiqaradi. Bo‘ydor makkajo‘xori navlarida bir tup o‘simlikdagi barg satqi 0,6-1 m2 gacha yetadi [23; 50-b]. Makkajo‘xori bir uyli ikki jinsli o‘simlik. Erkak gullari ro‘vakdan, urg’ochi gullari so‘tadan iborat. Ro‘vak o‘simlik poyasining uchida, so‘talar 1-2 tadan, ayrim hollarda 3 tadan bo‘lib, barglar qo‘ltig’ida joylashadi. Poyaning yuqori qismidagi so‘ta eng yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Makkajo‘xorining ro‘vagi boshqa boshoqli don ekinlarinikiga qaraganda kam shoxlagan. Ro‘vak shoxchalarida ikkitadan boshoqcha joylashgan bo‘lib, ularning bittasi bandsiz, ikkinchisi kalta bandli bo‘ladi. Har qaysi boshoqcha ikki gulli bo‘lib, asosida ikkita keng, tukli boshoqcha qipig’i bor. Guli ikkita yupqa gul qobig’idan va uchta changchidan iborat. Yashovchan changlar 200-250 m masofagacha uchib borishi mumkin. Quruq issiq kunlarda changlar yashovchanligini bir necha soatda, sovuq paytlarda bir kunda yo‘qotadi [24]. So‘tasi seret o‘zakdan iborat bo‘lib, unda juft- juft turli qator bo‘lib urg’ochi gulli boshoqchalar joylashgan va shakli o‘zgargan barg o‘ramlari bilan o‘ralgan. Har qaysi boshoqchadan ikkita urg’ochi gul bo‘lib, ulardan bittasi rivojlanadi va hosil tugadi. Boshoqchalarning juft-juft bo‘lib joylashishi qatorlarning juftligini bildiradi, ular 8-24 tagacha bo‘ladi.
Urg‘ochi guli bir uyali tuguncha, ikkita tumshuqchali uzun ipsimon ustunchadan iborat. Makkajo‘xori gullashi davrida ipsimon ustunchalar tumshuqchalari bilan so‘ta uchidan tashqariga chiqib, popukka o‘xshab osilib turadi. Har qaysi so‘tada o‘rtacha 500-600 ta, yaxshi rivojlangan kechki navlarda 1000 ta gul bo‘lishi mumkin. Bir tup makkajo‘xorining ro‘vagida 20 mingtagacha chang donalari hosil bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bitta urg’ochi gulga taxminan 20 tadan 40 tagacha chang donalari to‘g’ri keladi. Urg’ochi guli urug’langandan so‘ng 2-3 kundan keyin tumshuqchasi qurib qoladi. Chang faqat tumshuqchaga emas, balki butun ustunchaga tekkandan keyingina gul urug’lanadi. Navning xususiyatlariga va yetishtirish sharoitiga qarab, bitta so‘taning og’irligi 100-300 g keladi.Makkajo‘xori doni yirik, yumaloq, oval yoki tishsimon bo‘lib, meva va urug’ qobigi, endosperm va murtakdan iborat. Murtagi yirik bo‘lib, donning 10% gacha vaznini tashkil qiladi va tarkibida 40% gacha yog’ saqlaydi. Qobig’i don vaznining 7% ni, endospermi 80-82% ni tashkil etadi. Donining endospermi unsimon va shoxsimon bo‘lib, ular turli nisbatdadir. Endospermning unsimon savati g’ovak, kraxmal donachalari ora­lig’i bo‘sh, shoxsimon savatida esa kraxmal donachalari zich joylashgan, ular oraligi protein bilan to‘lgan bo‘ladi. Shoxsimon endospermi yaltiroq bo‘lib, unsimon endospermga qaraganda tarkibida ko‘p oqsil saqlaydi. Makkajo‘xorining 1000 ta donining vazni o‘rtacha 250-350 g bo‘lib, 100-200 dan 400-500 g gacha va undan ko‘p o‘zgarib turadi [17; 38-44-b].
Bugungi kunga qadar soya va makkajo‘xori ekinlari ustida bir qator olimlar ish olib borgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida soyaning turli hususiyatlarini o‘rganib chiqishgan. Biz ushbu paragrafda soya va makkajo‘xorining olimlar tomonidan o‘rganilgan bir qator hususiyatlarini adabiyotlar tahlili misolida ko‘rib chiqamiz.
Bulardan jahon olimlari Kuzin va Yormatovalar 2004 yillar davomida soya o‘simligining tarkibi va rivojlanib, shu kunga qadar yetib kelish tarixini o‘rganishgan. Soyaning shakl va turlarining xilma-xilligini olimlar o‘rganib, ular asosan 3 ta markazda shakllangan deb hisoblaganlar. Ular Janubiy- Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikadir. Aksariyat olimlarning fikriga ko‘ra, soyaning vatani Osiyoning janubiy-sharqiy rayonlari hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida soya qadimdan oziq-ovqat ekini sifatida ekib kelinganligini ta’kidlab o‘tishgan [37; 34-b]. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun soyaning oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda ishlatilmaydigan chiqindilaridan turli mahsulotlar plitalari, matolar, suniy o‘g‘itlar, soya moyi ishlab chiqarish qoldiqlarida bo‘yoq, sovun, lak, qora bo‘yoq, rezina mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.Texnik ekin sifatida soya, sovun, bo‘yoq, to‘qimachilik, kimyo va sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladi. Soyadan plastmassa, plyonka, linoleum, texnik moy va boshqa ko‘pgina mahsulotlar tayorlanadi [26; 11-16-b].
Soya dunyo dehqonchiligida muhim o‘rinni egallagan moyli hamda don-dukkakli ekindir. Soya ekinining yer yuzida ko‘p tarqalishi donining va oqsilining sifatliligi bilan bog‘liqdir. Doni tarkibidagi sifatli oqsil, moy va boshqa muhim organik moddalar hamda turli makro va mikroelementlarning miqdori va nisbati uni har xil tarmoqlarda qo‘llashga imkon beradi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsulotlari, konservalar ishlab chiqariladi. Yer yuzida ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40 % ini soya moyi tashkil etadi [30; 535-b].
Rossiya olimlaridan Borodin va Pokrovskiylar ham o‘z ishida soya o‘simligining oqsillilik darajasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Soya o‘simligi bilan bir xil miqdorda hosil beradigan har qanday ekin turiga nisbatan ko‘proq oqsil beradi: lizin (100 g oqsilda 6 g) va treonin (100 g oqsilda 3,8 g) tutishi bilan farqli va foydalidir [22,24]. Rossiyaning Yog‘li o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan soya navlari urug‘i tarkibidagi ingibitorlarning fraksiyalarini o‘rganlar. Soya oqsillari jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hujjatlarida ta’kidlanganidek, deyarli hayvonlar oqsilidan kam bo‘lmagan noyob aminokislota tarkibiga ega [10; 64-b].
Soya mahsulotlariga nisbatan biror cheklashlar yoki ularni iste’mol etmaslik ko‘rsatmalari hozirgacha yo‘q (internet ma’lumoti). Chorva mahsuldorligini oshirish uchun, hayvonlar soya yemi bilan oziqlantirilganda ularning sutkalik vazn ortishi ikki barobarga ko‘payadi. Bunda 100 kg tirik vaznga erishish uchun oziqlantirish davri 10-15 kunga qisqaradi, mahsulot sifati esa ortadi. Yem-xashak maqsadida soyaning kunjarasi, uni va ko‘katidan foydalaniladi. Kunjaraning tarkibida 38,7% protein, 5,5% moy mavjud, soya kunjarasi va uni buzoqlar ratsionida sut o‘rnini bosadi. 1 t soya donidan tarkibida 40% protein va 1,4% moy bo‘lganda 750-800 kg kunjara olish mumkin, u chorva uchun qimmatli konsentratlangan yem hisoblanadi [10,17].
Soya o‘simligining ko‘katida proteinlar va proteidlar birgalikda 4,1-4,5% ni tashkil etadi. Pichanida 22% atrofida oqsil mavjud, soya moyining qimmati shundaki, uning tarkibida fosfatidlar (lesitin, nefalin singari), vitaminlar va karotinoidlar mavjud [30; 550-b].
Makkajo‘xori dunyoda eng ko‘p yetishtiriladigan va tarqalgan donli ekinlardan biridir. U yem-xashak, oziq ovqat va texnikaviy ekin. Oziq-ovqat maqsadlarida dunyo boyicha yetishtiriladigan makkajo‘xori donining 20 %, texnikaviy 15-20 %, qolgan qismi ya'ni uchdan ikki qismi yem-xashak maqsadlarida ishlatiladi. Don tarkibida uglevodlar 65-70 %, oqsil 9-12 %, yog' 4-8 %, shuningdek, ma'danli tuzlar va vitaminlar bor. Uning donidan un, yorma, konservalar (qand makkajo‘xorisidan), etil spirti, dekstrin, pivo, glyukoza, qand, qiyom, sharoblar, asal, moy, vitamin E, askorbin va glutamin kislotalari bor. Makkajo‘xorini onalik iplari meditsinada o‘t xaltasi, jigar xastaliklarida qo‘llaniladi. Poyasidan, barg va so‘talaridan qogoz, faollashtirilgan ko‘mir, sun'iy pokak, plastmassa, ogriqsizlantiruvchi vositalar va boshqalar olinadi. Makkajo‘xorining doni, yashil massasi, silosi va sotasi, doni, uni ajoyib oziqa. 1 kg donida 1,34 oziq birligi va 78 g hazmlanadigan protein bor. Omixta yem tayyorlashda makkajo‘xori qimmatli komponent. Uning donidagi asosiy oqsil zeinda triptofan, lizin almashtirilmaydigan aminokislotalaridir. Ma’lumotlariga ko‘ra protein miqdori sof ekilgan makkajo‘xorida 6,0%, soya bilan ekilganda 6,8% ni tashkil etgan [13].
Tadqiqotda soya va makkajo‘xori o‘simligi birgalikda ekilaganda yuqori samaradorlikka erishishni maqsad qilingan. Chunki makkajo‘xori va soya o‘simligi birgalikda ekilganda yuqori hosil beradi. O‘zbekistonda soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirish bo‘yicha D.Yo.Yormatovaning ta’kidlashicha soyani boshqa o‘simliklar, jumladan makkajo‘xori bilan qo‘shib ekilganda soya va makkajo‘xorining shunday navlarini tanlash kerakki, bunda soya dukkaklarining pishish davri makkajo‘xori donlarini pishish davriga to‘g’ri kelishi lozim[65; 60-b]. Bundan tashqari jahon olimlardan G. T. Lovreninkoning yozishicha silosbob makkajo‘xori va soya ko‘k massasida eng maqbul nisbati 3:1 bo‘lib, bunday massadan tayyorlangan silosning 1 st da 20 ozuqa birligi va 22 kg hazm bo‘luvchi protein mavjud bo‘ladi. Makkajo‘xori va soya aralashmasidan tayyorlangan silos bilan oziqlantirilganda sigirlardan olingan sut miqdori ular sof holda, makkajo‘xori silosi bilan boqilgandagiga qaraganda kuniga 1-2 kg ga oshadi, hamda sutining tarkibida moy miqdori 0,15-0,20 % ga, oqsil esa 0,4-0,5 % ga oshishi aniqlangan [46]. A. Babich va D. Yo. Yormatovalarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki soyani makkajo‘xori bilan qo‘shib ekilganda yer makkajo‘xorini ekishga qanday tayyorlansa, xuddi shunday tayyorlanadi. Ikkala o‘simlik aralash ekilganda yerlarni ishlash usuli dalaning tabiiy sharoitiga va uni qaysi ekinlardan keyin ekilganligiga bog’liq. Makkajo‘xori va soya urug’larini tez undirib olish uchun nam yetarli darajada bo‘lishi, maysalari chuqurroq ildiz otishi uchun tuproq nihoyatda sifatli qilib ishlanishi va chuqur yumshatilishi kerak[28]. Shudgorni kuzda o‘tkazish lozim. Agar shudgorlash erta bahorda o‘tkazilsa, soyaning hosildorligi kamayadi. Qishki yog’inlardan to‘la foydalanib, ko‘proq nam to‘plash uchun yerlar kuzda tekislanib, 28-30 sm chuqurlikda haydalishi lozim [24; 222-b]. Shudgorlash bilan bir qatorda har gektariga o‘rta hisobda 10 tonna go‘ng, 75 kg fosforli o‘g’itlar ham berilishi lozim. Yo. G. Koryaginning fikricha soya o‘simligi makkajo‘xori bilan qo‘shib ekilganda beriladigan azot miqdori sof holda 60 kg dan oshmasligi kerak. Agar azot miqdori 90-120 kg ga yetsa olinadigan protein miqdori kamayib ketadi [20]. P.I Kuxorchik, E. Ya Lugavskayaning qayd etishicha soya makkajo‘xori bilan aralash ekilgan maydonlarda fosforli va kaliyli o‘g’itlarni solinishi natijasida soya o‘simliklarining rivojlanishi va o‘sishi tezlashadi, uning hosildorligi sezilarli darajada oshadi. Buning natijasida soya makkajo‘xori o‘simliklari aralashmasidan tayyorlangan ko‘k massada soyaning hissasi oshadi [67]. Litsinko takitlashicha soya va makkajo‘xori barcha dukkakli va donli ekinlardan ko‘ra tuproq miqdorida oziq elementlarini o‘zlashtirib olib ketadi. 1 st bug’doy donini olish uchun soya doni olishga qaratilgan azot 2,6 marta, fosfor va kaliy 2,8 marta kam sarflanadi. Gorelov,Yormatova va Panjievlarning yozgan ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizning barcha maydonlarida tuproqda urug’ tushadigan qatlamdagi xarorat +10-12C darajaga etganda makkajo‘xori va soyani ekishga kirishish kerak [31]. V. B. Enkinning takitlashicha soya o‘simligi urug’ini unib chiqishi uchun eng maqbul havo xarorati +20-220 C bo‘lishi kerak. Turli iqlim sharoitlarida o‘tkazilgan tajribalar soyani ko‘k massasi uchun yetishtirishda uni keng qatorlab (qator oralig’i 70 sm) ekish kerakligini ko‘rsatmoqda [68].
Yuqoridagi adabiyotlardagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki bu ikkala o‘simlikni birgalikda ekish orqali hosildorlik sezilarli darajada oshishiga erishish mumkin. Bundan tashqari o‘g’itlar sarfi kamayadi va yerdan unumli foydalansa bo‘ladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish