Tadqiqot ob’ekti sifatida I-II-III bosqich talabalarining bilish faoliyati hamda birgalikda yetishtirilgan soya va makkajo‘xori o‘simligi etib belgilandi.
Tadqiqot predmeti. Soya va makkajo‘xori o‘simliklarining qimmatli xo‘jalik belgilarini qiyosiy tahlil qilish, talabalarda mustaqil izlanuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini aniqlashda “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili.
Tadqiqotning maqsadi. Soya va makkajo‘xorining birgalikda yetishtirishda qimmatli-xo‘jalik belgilarini o‘rganish va talabalarda Eshitdim, ko‘rdim, bajardim tamoyillari asosida mustaqil izlanuvchanlik va ijodkorlikni o‘rgatishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
o‘simliklarning morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha mavjud ilmiy manbalar va adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirish asosida “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyilini an’anaviy ta’lim jarayonidan afzalligini aniqlash;
PTIK yondashuvida tabiiy fanlarni o‘qitishning samaradorligini aniqlash va “Eshitdim-ko‘rdim-bajardim” tamoyili asosida mustaqil izlanuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
talabalarda “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili asosida bilim, malaka, ko‘nikma va kompetentsiyalarning shakillanishini aniqlash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soya va makkajo‘xori o‘simliklarini birgalikda ekish orqali soya va makkajo‘xorini qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan;
dars jarayonida “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyilini an’anaviy ta’lim jarayonida afzalligi va o‘ziga xosligi aniqlangan;
PTIK yondashuvida tabiiy fanlarni o‘qitishning afzalligi aniqlangan va talabalarni “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili asosida mustaqil izlanuvchanlik va ijodkorlik qobiliyati rivojlantirilgan;
“Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyilining tarkibi aniqlangan va samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mamlakatimizda pedagogik ta’lim innovatsion klasteri muammosi alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmoqda. Ushbu g‘oyaning muallifi G‘. I. Muhamedov, U.N.Xodjamqulov va Sh.Q.Mardonovning olib borayotgan tadqiqotlarida pedagogik ta’lim innovatsion klasteri borasidagi olib borilayotgan tizimli ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. MDH davlat olimlari T.Bayborodova, S.Beketova, N.Galiyeva, L.Grigoryeva, Y.Demyankov, M.Jo‘rayev, L.L Naumova, I.Ponomareva, N.Postnova, Y.Chaykovskiy va boshqalar tomonidan tabiiy fanlar jumladan, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar va talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning nazariy asoslari va pedagogik-psixologik jihatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. L.L.Naumova klasterni – hududiy konsentratsiyalashuvga asoslangan va texnologik zanjirga bog‘langan tovar hamda xomashyo yetkazib beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan industrlashgan majmua sifatida ko‘rsatadi [45; 63-b]. K.A.Timiryazev shunday yozadi: “Qishloq xo‘jaligi bu quyosh nurlarini ovlash, agronomiya esa hayot manbai bo‘lgan issiqlikni tutishning eng yaxshi usullari to‘g’risidagi fandir” [28; 134-136-b]. Bunday usullardan biri - turli ekinlarni qo‘shib ekishdir. Qo‘shib ekilganda ekinlarning yer ustki va yer ostki qismlarining yarusli joylashishi va tashqi muhit omillariga munosabatining turliligiga biologik ravishda tuproq sharoitlari va yorug’likdan ancha to‘la va samarali foydalaniladi. Soya ildizlarida tugunaklarni Rizobium japonicum bakteriyalari shakllantiradi. Tugunaklar miqdori ekinlarda turlicha bo‘lib, yetishtirish sharoitiga bog’liqdir. Tugunak bakteriya miqdori no‘xatda 1 dan 20 ta gacha, loviyada 14 dan 41 gacha va soyada 6 dan 76 ta gacha bo‘lgan [13; 35-40-b]. O‘t aralashmasida qo‘shib ekilgan o‘tlarning hayotining birinchi yilida sof holda ekilgandagiga nisbatan kamroq tuganak shakllanadi, ikkinchi yili esa tenglashadi [25; 15-17-b].
Do'stlaringiz bilan baham: |