Ii bob. ”Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili asosida soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirish texnologiyasi



Download 3,55 Mb.
bet11/28
Sana13.07.2022
Hajmi3,55 Mb.
#792458
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
2.06 deser oxir enggg

Biologik xususiyatlari.
O‘sish va rivojlanishi. Soya o‘simligi o‘sish va rivojlanishiga qarab ertapishar vegetatsiya (o‘sish) davri 90-100 kun, o‘rtapishar 110-120 va kechpishar 130-140 kunlik navlarga bo‘linadi.Vegetatsiya davrida quyidagi o‘sish va rivojlanish fazalarini o‘taydi: unib chiqish, shonalash, gullash, dukkaklash va pishish. Soya doni bo‘rtishi va unib chiqishi uchun quruq vazniga nisbatan 130-160% suv talab qiladi. Doni bo‘rtgandan keyin 2-3 kun o‘tgach murtaklari rivojlanib murtak ildizchalari va murtak poyacha (urug’ palla poyasi) o‘sa boshlaydi. Unib chiqqandan keyin 20-25 kun mobaynida 15-20 sm uzunlikkacha o‘sadi. Birinchi uch qo‘shaloq barg, unib chiqqandan 5-7 kundan so‘ng paydo bo‘ladi, keyingi barglar o‘z navbatida 4-6 kunda paydo bo‘laveradi [13].
Gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab, to‘liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. O‘simliklarda gullash boshlanishi bilan intensiv o‘sish ham boshlanadi. Gullash birinchi bo‘lib poyaning pastki asosiy shoxlarida boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi. Meva tugish (dukkak hosil qilish) va pishish fazalari ham xuddi shunday tartibda ro‘y beradi. Gullashdan to dukkaklari yetilib pishguncha 40-60 kun o‘tadi. Doni 15-20 kundan so‘ng to‘liq pishib yetiladi.
Issiq haroratga talabi. Soya issiqsevar o‘simlik, urug’ yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va pishishi uchun zarur shart-sharoitlardan biri bu haroratdir [14].
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800-20000C, o‘rtapishar navlar uchun 2600-28000C va kechpishar navlar uchun 3000-32000C harorat lozimdir. Urug’ning unib chiqishi uchun minimal harorat 80C, 12-140C da urug’lar bir tekis unib chiqadi.
Namga talabi. Donli va dukkakli ekinlar ichida soya suvga nisbatan talabchandir. Soyadan yuqori hosil olish uchun uning namga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish kerak. Bir gektar yerga ekilgan soya vegetatsiya davrida 3200 m3 dan 5500 m3 gacha suv sarflaydi. Shuning uchun gullash va dukkak hosil qilish davrida o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi qondirilmasa, hosil keskin kamayadi [15].

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish