Ii. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Download 200,5 Kb.
bet2/11
Sana31.05.2022
Hajmi200,5 Kb.
#623624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchi

Mavzuning dolzarbligi Pedogogik texnologiya o`quvchilarning chuqur bilimlar olishlarining qator imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularga o`z fikrini himoya qilish ko`nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlarga o`rgatib, ularni hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda hal qilish tajribalarini singdiradi. Pedagogik texnologiyani faol tadbiq etish hisobiga ta`lim jarayonining rag`bati kuchayib boradi.
Prezidentimiz I. Karimovning “Asosiy va vazifamiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. Asarida keltirilganidek “Bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi sohasida mamlakatimiz oldidi o`zining miqyosi va qamroviga ko`ra ulkan vazifalar turibdi.
Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta`minlash, shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir-biridan ma`suliyatli va keng ko`lamli bir qator vazifalar borki, yer yurtimizning jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog`liqdir.
Yurboshimiz tashabusi bilan 2010 yilni “Barkamol avlod yili”deb e`lon qilindi va ushbu munosabat bilan bir qancha maqsad va vazifalar belgilab olindi. “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XX1 asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
I. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatga doir ilmiy tushunchalar bilan shakllantirishning nazariy asoslari.

O`quvchilarga tabiatshunoslikni o`rgatib borish bilan o`qituvchi ularni ta`limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, o`quv va ko`nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko`ra tabiatshunoslikni o`qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.


Tabiat bilan to`g`ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida go`zallikni his etishni boyitadi va chukurlashtiradi, ularda o`z harakati va ishini o`zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas`uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o`rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • umumiy ta`lim va kompleks tarbiya sistemasida tabiatshunoslikning o`quv predmeti sifatidagi ahamiyati va o`rnini aniklash;

  • tabiatshunoslik materiallarini tanlash va birlashtirish (sintez qilish);

  • uning ta`lim hamda tarbiyaviy vazifalarini aniqlash.

Boshlang`ich maktabda tabiatshunoslikni o`qitish tabiat hayotidagi ayrim narsa - hodisalar va o`simliklar, hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdangina iborat emas. Tabiatshunoslikni o`qitish jonli va jonsiz tabiatning har xil ob`ektlari o`rtasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati o`rtasidagi o`zaro aloqalarni kichik yoshdagi maktab o`quvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga muhabbatni, uning boyligini qo`riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish istaklarini tarbiyalashi kerak.
Boshlang`ich maktab tabiatshunoslik kursi tabiat hodisalarining keng doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan ba`zan o`rganilayotgan hodisalar bilan o`zaro bog`liq holda kuzatishlar olib borish qiyin bo`ladi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni dastlab o`rganish uchun ob`ektlar tanlashda quyidagilarni: o`quvchilarning yosh xususiyatlarini, o`rganilayotgan materialning tushunarli bo`lishini, uning ta`limiy va rivojlantiruvchi ta`sirini, o`lkashunoslik materiali bo`lishini, olingan bilimlarni maktab jonli tabiat burchagi va o`quv-tajriba uchastkasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zarur.
Barcha ta`lim va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi metodlarning to`g`ri tanlanishiga bog`liq. Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo`lmaydi, tirik organizmlarni bevosita o`rganmasdan turib o`simlik va hayvonlar hayotini tushunib bo`lmaydi, o`simliklarni o`stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xo`jalik mehnatining amaliy o`quv hamda ko`nikmalarini hosil qilib bo`lmaydi.
1986 yildan boshlab to`rt yillik boshlang`ich ta`limga o`tish munosabati bilan boshlang`ich maktab uchun, atrof olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo`yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishti­rish» va «Tabiatshunoslik» kurslari bo`yicha o`quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo`llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunos­lik tsikli bo`yicha o`quv kompleksi sistemaliligi, mazmunni rivojlantirilishi, sinfdan-sinfga o`tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib va kengaytirib borilishi, tuzilishga yagona yondashish, strukturaning vorisligi bilan ta`minlangan.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o`rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o`quvchilarda tabiat to`g`risida, o`z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to`g`risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O`quvchilar Vatanimizning ta­biiy boyliklaridan odamlar o`zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog`liq ekanligini ko`rsatish g`oyat muhimdir.
SHu talablarga ko`ra kichik yoshdagi o`quvchilarga:

  • jonli va jonsiz tabiat to`g`risida aniq bilimlar berish, ylarning o`zaro bog`liqligini ochib berish;

  • odam organizmi va uning salomatligini saqlash to`g`risida ma`lumotlar berish;

  • tabiatda kuzatishlar o`tkazish o`quvi va ko`nikmalari bilan qurollantirish;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko`paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

  • jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.

Umum ta`lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o`zgarishlar ko`rsatilgan vazifa­lar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o`quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga e`tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o`quvchi gi­giena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o`z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o`qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go`zallikni tushunishni tarbiyalash ke­rak.
Zamonaviy pedagogika ta`lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta`lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta`limning tarbiyalovchilik harakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o`qitish o`qituvchiga o`quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo`yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalarini aks ettiradi.
O`quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o`quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o`zlashtirish jarayoni bilan bog`liqdir.
Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni o`qitish o`qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o`qitishda og`zaki, ko`rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko`proq qo`llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo`yicha mashg`ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o`yinlar, o`lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog`lamoq zarur.
Bularning hammasi o`qituvchiga tabiatshunoslik bo`yicha o`quvchilar bilan shug`ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta`sir ko`rsatishga ham imkon beradi. Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitishning maqsadi — botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fi­ziologiya, gigiena, jo`g`rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari — bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o`quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma`naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o`qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari mehnatiga hurmat», «Maktaboldi uchastkasidagi ishlarda qatnashish», «Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning turlari», «Maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati», «Xona o`simliklarini parvarish qilish», «Qurilishlarda, zavod va fabrikalarda ishlovchi odamlarning kasblari», «Mavsumlar bo`yicha maktab­oldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, borda, polizda odamlar mehnati», «Maktab­oldi uchastkasida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4- sinfda «CHo`llarda, dashtlarda, o`rmonda, tog`larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv, havo, o`simliklar, hayvonlar muhofazasi bo`yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o`quvchilarning tarbiyasida katta o`rin egallaydi.
Tabiatshunoslik o`zining mazmuni va metodlari bi­lan o`quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiiyot — dunyo fani va shuning uchun ham tabiat­shunoslik darslari o`quv materiali mazmunini yetkazishning o`ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yig`indisini faqat esda qoldirish bo`lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo`lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq-atvorda namoyon bo`lishi kerak. Bunda birinchi o`ringa tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi chiqariladi.
Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko`rgazmali materiallardan, diafilmlardan, markaziy va mahalliy davriy matbuot materiallaridan, kino va telefilmlarni (ularning o`qituvchi bilan birga ko`rganlaridan keyin) muhokama qilishdan, Mehnat Veteranlari, mashhur paxtakorlar, chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg`orlari to`g`risida hikoya qiluvchi kitoblardan, stendlardan keng ko`lamda foydalanmoq lozim.
Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat darslardagina emas, balki o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (ekskursiya, sinfdan tashqari mashg`ulot, maktaboldi uchastkasidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.
Jonajon o`lka tabiati — daryolar, tog`lar, o`rmon massivlari to`g`risidagi matnlarni o`rgana turib, mamlakat hamda jumhuriyatning xalq xo`jaligi uchun ularning ahamiyatini ta`kidlab o`tish zarur. Bunday ma`lumotlar vatanparvarlik hissini, Vatan bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o`quvchilar tarbiyasida muhim omil hisoblanadi.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish