Ii. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


II. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Download 200,5 Kb.
bet7/11
Sana31.05.2022
Hajmi200,5 Kb.
#623624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchi

II. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
II.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakillantirishda pedagogik texnologiyalar qo`llashning samaradorligi


Pedagogik texnologiyalarning tabiatshunoslik darslarida o`qituvchi faoliyatida roli juda kattadir. O`qituvchi pedagogik texnologiyani o`z darslarida qulay bilishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashlari shartdir. Shu o`tadigan darsida qanday bilim berishlarini bilishlari lozimdir. Tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyani qo`llashdan oldin o`qituvchi texnologiya nima pedagogika nimaligini bilishlari kerakdir. Har bir o`qituvchi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta`lim tarbiyaya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yyyo`nalishlarini aniqlash olmoq lozimdir. Shu boisdan ham Prezidentimiz I. A. Karimov alohida ta`kidlaganlaridek, biz “mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib, voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotida nechog`lik faol munosabatida bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb aytadilar. Shu sababli birinchi navbatda ta`lim mazmuni, uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan bu mazmunga nafaqat bilim ko`nikma va malaka, balki, umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi va ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatini ham shakllantirish kerakligini aytib o`tadilar. Buyuk X1X asr o`rtalarida ilg`or pedagog K. D , Ushinskiy aytganidek bolalarni o`z joyi, o`z o`lkasini o`rganishdan boshlash kerakligini aytib o`tganlar. Shundan ko`rinib turibdiki, pedagogik texnologiya o`qituvchi faoliyatida juda katta rol o`ynaydi. Yangi pedagogik texnologiyani egallash o`qituvchining eng yaxshi mahoratni egallashda muhim tarbiyaviy ta`sir ko`rsata olishini ta`minlaydi. U o`qituvchining kuchini, vaqtini tejab, ijodiy ishlashi uchun sharoit yaratadi. O`qituvchi faoliyatida ijod turli shakllarda va mazmunda namoyon bo`ladi. Hozirgi pedagogik texnologiya tushunchasi keng o`qituvchilar ommasining ijodiy faoliyatining mashhurdir. Pedagogik texnologiya ijodning eng muhim sharti shu sohani bilish, tushunish, uni sevish, unga jonkuyarlik, tashabbus bilan yondashishdir. Shu bilan birga o`qituvchining yuksak faoliyatining umumiy madaniyatidir. U yuksak madaniyat keng tushuncha bo`lib, u eng avvalo o`qituvchining chuqur bilim saviyasi, har tomonlama qiziqishlarini, yuksak aqliy rivojlangangigi, ijtimoiy faoligi kamtarin, mehnatsevarligi, pedagogik odobi, jamoa va o`quvchilar bilan muomalasi, kelajakka ishonchi hamda xushchaqchaqlik kabi xislatlarning majmuasini o`z ichiga oladi. O`qituvchilar har kuni turli dars,tarbiyaviy ishlar o`tkazish, sayohat uyushtirish rejasini tuzib, shu tadbirlarini aniq amalga oshirish tartibini belgilab, ularni aniq maqsadga uyunaltirib, dastlabki, ishlarni amalga oshirish jarayonini begilaydilar. O`qituvchi tabiatshunoslik darsini o`qitish jarayonida tabiat haqida chuqur bilimga ega bo`lishlari, bolalarni tabiatga muhabbatlarini uyg`otish, ularni tabiatni asrab avaylash kerakligini va o`z faoliyatlarini rivojlantirib borishlari kerakligini bilishlari zarur. O`qituvchi o`z faoliyatlari davomida pedagogik texnologiyani qo`llay bo`lishlari kerak. Har bir o`tayotgan darslarda texnologik yondashishilari lozim. Tabiatshunoslik darslarida turli metodlarni og`zaki ko`rgazmali va amaliy metodlarni qo`llay bilish kerakdir. O`qituvchi o`quvchilarni ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o`rganiladiganlarni ilgari o`tilganlar bilan bog`lanishini tushunsinlar, materialni puxta, tushunib o`zlashtirsinlar. Dars o`tishda o`qituvchi o`z faoliyatida o`quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishlari, darsda qiziqishlarini, uyg`otishga intilishlari kerak. Bundan tashqari o`qituvchi o`z bilim malakalar faoliyatini rivojlantirib borishlari lozim. Bundan tashqari o`qituvchi sinfdan tashqari ekskursiyalarni tashkil qila bilishlari kerak. Unda bolalarni tabiatda bo`ladigan o`zgarishlarni va o`simlik yoki hayvonlarning rivojlanish jarayoni va organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko`rsatib berishlari kerak. Bolalarni tabiatshunoslik darslarida qiziqtirib borish kerak. Ularni ekskursiyaga olib chiqib har bir tabiatdagi o`zgarishlarni tanishtirib borish zarur. Darsdan tashqari ishlarga uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`z faoliyatidan kelib chiqib tegishli o`simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar va tirik tabiat burchaglarini, o`quv tajriba maydonchalarini va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlarni tashkil qilishshshlari kerakdir. Buning uchun o`quvchilar ham o`z o`qituvchilariga yordam berishlari kerakdir. Respublikamiz xalq ta`limi o`ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o`ziga xoslik , eng avvalo, ta`lim –tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya`ni o`zimizning juda boy o`tmish tariximiz, madaniyattimiz, fanimiz, tilimiz o`z mohiyati bilanjuda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo`lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`qitish baxtiga muyassar bo`lganimizda ko`rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g`urur hislarini to`lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko`tarinkilik bilan jamiyatimining yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g`urur ruhida tarbiyalashimizni taqoza etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o`zimizning bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta`lim –tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanshni ham taqoza etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo`lmaydi.
Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o`z tushunchalari, “tili”bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanmizning pedagogik taraqqiyoti ning darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda.
Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbaxsh irmoqdan suv ichadi. Biri-milliyliklar davomida shakillantiri, gavhar zarralaridan hosil bo`lgan milliy tarbiya tajriba bo`lsa, ikkinchisi- jeahonning ilg`or , sinalganpedagogik innovatsiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta`minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo`lmasligi lozim.
Har bir o`quv faniga shu jumladan tabiatshunoslikka oid bilimlarni o`zlashtirib olishdek murakkab va xilma-xil, jarayon davomida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning diqqat, xayol, tafayeyeur, hissiyot kabi psixik qobiliyatlari rivojlanib boradi, ayni vaqtda ular xarakterining xususiyatlari shakllanadi, tushuncha va e`tiqodlari tarkib topadi. Shunday qilib o`quvchilarning barcha o`quv fanlari, shu jumladan tabiatshunoslikdan bilim, ko`nikma va malakalarni egallab olish jarayonining o`zida ta`lim va tarbiyaning o`zviy birligi obyektiv ravishda ochib beriladi. Tabiatshunoslikning mazmuni hamda mazkur fandan dars beruvchi o`qituvchi faoliyatining tarbiyaviy yo`nalganligi ta`lim –tarbiya birligining belgilovchi asosdir.
O`quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog`liq holda mehnat faoliyatini ekuskursiyalar va predmetli darslarda va o`qish kitobidan tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o`qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo`li bilan o`rganadilar. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Texnika taraqqiy etgan va yangi pedagogik texnologiyalar hayotimizga jadal suratlar bilan kirib kelgan bugungi kunda, har bir o`qituvchidan katta mahoratni talab etmoqda va har bir darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etmoqda. Chunki bu yangi texnologiyalarni har bir darsda qo`llab, undan foydalanib darslarni tashkil etish va o`tishda o`quvchilar an`anaviy darslarga ko`ra ko`proq va osonroq o`zlashtirishlari amaliyotda o`z samarasini ko`rsatmoqda, o`z isbotini topmoqda. Ko`rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar va ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi.
Hozirgi kunda o`qitishda diafilm va kinofil`mlar, teleko`rsatuvlar va o`qitishning boshqa texnika vositalari tobora keng qo`llanilmoqda. Har faysi kurgazmali qurollar muayyan maqsadni ko`zlab qo`llaniladi. Masalan, tabiiy qurollar–bu tabiat jismlaridir. Ular o`rganilayotgan material to`g`risida ancha haqiqiy tasavvurlar ancha haqiqiy tasavvurlar beradi va o`quvchilarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo`lishiga imkon beradi.
Shunga ko`ra sinfda yoki tabiatshunoslik kabinetida jonli tabiatni o`rganish uchun har xil xona o`simliklari, shuningdek, o`z joylarining daraxtlari uchun xos bo`lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug`lar bo`lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o`stirilayotgan o`simliklardan shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o`simliklardan foydalaniladi.
Tabiatdagi elektr hodisalar bevosita kuzatish imkoni bo`lmagan joylarda sodir bo`ladi. Hech bir ko`rgazma qurol tabiatning ana shu buyuk hodisasi to`g`risida to`liq tasavvur bermaydi. “Momaqaldiroq va chaqmoq”degan o`quv kinofil`mi esa o`quvchilarda ancha to`liq va yorqin tasavvurlar paydo qilishi mumkin.
Maktabda o`qituvchilar faoliyatida ko`pincha kino-lavhalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ularni ko`rsatish 5-10 daqqiqa davom etadi, bu esa ularni aralash dars tarkibiga kiritishga imkon beradi. O`qituvchi kinolavhalardan foydalanishdan oldin mavzu haqida hikoya qilib beradi. Bu kabi kinolavhalardan, filmlardan foydalanishda o`qituvchi mehnati osonlashadi, o`quvchilarda aniq bilim va tasavvurlar hosil bo`ladi.
Kinofilm ko`rsatilgandan keyin uni ko`rish asosida hosil qilingan bilimlar mustahkamlanadi hamda kinofilm materiallari o`qituvchi hikoya qilib berishida egallangan bilimlar bilan bog`liq ravishda umumlashtiriladi.
Bugungi kunda dars o`tish jarayonida didaktik o`yinlar, krossvordlardan ham keng foydalanilmoqda. Bu esa o`quvchilarni o`tkir zehinli, o`tilgan mavzularni tez-tez takrorlash natijasida ularni ongli muhrlanishiga erishiladi. Buning uchun o`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish jarayonida tayyorlab kelishi kerak.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish