Moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish
Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllanishi murakkab fikrlash jarayonining natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib, o`qituvchi yorqin misollarda tabiat sirlarini ochib beradi, moddiy dunyoqarash asoslarini o`quvchilarga singdiradi.
Rejali ravishda asta-sekin tabiat bilan tanishtirib borish bu ish uchun poydevor yaratadi. Moddaning (qum va loyning, foydali qazilmalarning, suvning) xususiyatlari bilan tanishtira borib, amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bilan o`qituvchi o`quvchilar tomonidan insonning tabiatni o`zgartirishga qaratilgan faoliyatini tushunib olinishiga yordam beradi.
Bolalarni atrof tabiat va odamlar hayoti bilan tanishtira borib, o`qituvchi anih misollarda tabiat hodisalarining sabablarini tushuntirib berishi kerak va o`quvchilarning bu hodisalar o`rtasidagi oddiy bog`lanishlarni tushunib olishlariga erishishi kerak. Natijada o`quvchilar tabiat—bir butunlik, unda jism va hodisalar biri-biri bilan uzviy aloqada, biri-biriga bog`liq ekanligini tushunib olishga imkon beradigan bilimlarni to`playdilar.
Tabiatshunoslik darslarida moddiy dunyoqarash asoslari o`qituvchi tomonidan rejali ravishda uzoq vaqt davomida olib boriladigan ishlar jarayonida shakllanadi. Tabiatshunoslikni o`rgana boshlashdanoq o`quvchilarda o`simlik va hayvonot dunyosi to`g`risida moddiy tushunchalarni shakllantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o`tkazish jarayonida esa olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdig`ini berishi kerak
Tabiat hodisalarining o`zaro bog`lanishini (quyosh nuri energiyasi suvni qizdiradi, u bug`lanadi, keyin yog`in tarzida tushadi) ocha turib, o`qituvchi o`quvchilarda tabiatga munosabatni asta-sekin rivojlantirib boradi. Yakka tartibdagi bevosita kuzatishda o`quvchilar dastlab fahmlab olgan o`zaro aloqa barcha tabiat hodisalarini bir-biriga bog`lovchi, aniq namoyon bo`lgan qonuniyat xarakterini oladi.
Kichik yoshdagi maktab bolalari «Nima uchun yomg`ir «yog`adi?», «Tog`lar qaerdan paydo bo`lgan?», «Nima uchun ko`katlar yashil, gullar esa har xil rangli?», «Nima uchun quyosh kechqurun botadi?» va boshqa ko`pgina savollar berib, guyo o`zlari uchun dunyoni ochadilar va bolalarda atrof hayotga bo`lgan qiziqish so`nmasligi uchun o`qituvchining ular oldida ajoyib va go`zal bo`lib ko`rinishi uning o`ziga bog`liq. Atrof olamga bo`lgan bola qiziqishini quvvatlash uchun o`qituvchi barcha savollarga aniq-ravshan, muhimi qiziqarli va tushunarli qilib javob berishi kerak. Bolalar bilan ishni (kuzatish, tajriba, amaliy ish, ekskursiyalarni) shunday tashkil qilish kerakki, ularning o`zlari tabiatning ayrim hodisalari o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashga, ularda borayotgan o`zgarishlarni payqashga o`rgansinlar. Shundagina ular «Nima uchun qushlar uchib keladilar va uchib ketadilar?», «Nima uchun hayvonlar qishki uyquga ketadilar?» va shunga o`xshash savollarga mustaqil javob bera oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |