Maydalash dastgohlarini tanlash va parametrlarini hisoblash
Yirik va o‘rta maydalash uchun maydalagichlarning turini va o‘lchamini tanlash foydali qazilmaning fizik xususiyatlariga, maydalagichning talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligiga, maydalangan mahsulotning yirikligiga bog‘liq. Foydali qazilmaning fizik xususiyatidan qattiqligi va qovushkokligi, loyning borligi, namlik, eng katta bo‘lakning o‘lchami va x.k. lar ahamiyatga ega.
Kattiq va o‘rtacha qattiqlikdagi foydali qazilmalarni maydalash.
Birinchi bosqichda yirik maydalash uchun yuzli va yirik maydalovchi konusli maydalagichlar ishlatiladi.
Tanlangan maydalagichlar talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligini maydalangan mahsulotning loyixalanadigan yirikligida ta'minlashi kerak.
Maydalagichning qabul kilish tuynugi maydalashga kelib tushadigan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchamidan
10-15 % katta bo‘lishi kerak. Tanlashda yuzli va yirik maydalovchi konusli maydalagichning quvvati, oqirligi, narxi, joylashtirish qulayligi bo‘yicha taqqoslash kerak.
Maydalagichlarning o‘lchami ularni ishlab chiqaruvchi zavodlar kataloglaridan tanlanadi.
Birinchi bosqichda maydalash uchun maydalagichni shunday o‘lchamida tanlash kerakki, boyitish fabrikasining kerakli ishlab chiqarish unumdorligi bitta maydalagichda ta'minlansin.
Kataloglarda maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi sochma zichligi 1,6 t/m3, o‘rtacha qattiklikdagi va rudadagi eng katta bo‘lakning o‘lchami 0,8-0,9 V (bu erda V- maydalagich qabul qilish tuynugining kengligi) sharoit uchun berilgan.
Boshka fizik xususiyatli rudalar uchun rudaning qattiqligiga, sochma zichligiga, yirikligiga, namligiga tuzatish koeffitsientlari kiritilishi mumkin. Rudaning sochma zichligiga tuzatish quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu еrda: tuzatish koefitsenti; -rudaning sochma zichligi ,т/м3 ; - rudaning zichligi,т/м3, 1,6 ва 2,7 – o‘rtacha rudaning sochma zichligi va zichligi,
Hamma tuzatishlarni hisobga olgan holda maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi (t/soat) quyidagi formula orqali aniqlanadi.
bu еrda: Qк- maydalagichning katalog bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat; kм – rudaning qattiqligiga tuzatish, т/м3; kyir- rudaning dastlabki yirikligiga tuzatish; knam- namlikka tuzatish.
Amalda tuzatishlar maydalanuvchi rudaning xossalari o‘rtacha rudaning xossalaridan keskin farq kilganda kiritiladi. Yuzli va konusli maydalagichlar quvvati o‘ta qattiqrudani ham maydalay olishga etadigan elektr dvigatellarga egaligi uchun ular faqat eng katta bo‘lakning o‘lchami va ishlab chi?arish unumdorligi bo‘yicha tanlanadi.
Elektrodvigatel talab ?iladigan ?uvvatni Bond usuli bilan ?isoblash or?ali topish mumkin. Berilgan ruda uchun mahsus soddalashtirilgan usul bo‘yicha ish indeksi Wc aniqlanadi. Ruda namunasidan 50-75 mm o‘lchamli 30-40 ta bo‘lak ajratib olinadi. Bo‘laklar ikki tomondan uriluvchi bolg‘achalar yordamida maydalaniladi. Tajriba natijalari asosida ish indeksi hisoblanadi..
1t rudani maydalash uchun talab qilinadigan energiya quyidagi formuladan topiladi, kVt . soat/t:
bu erda i - Bondning ish indeksi; D80 va d80 –dastlabki va maydalangan mahsulot tarkibidagi teshiklaridan 80% mahsulot o‘tadigan elak ko‘zining o‘lchamlari.
?isoblashlarda D80=(0.5-0.67)B deb qabul qilinadi, В -maydalagich qabul qilish tuynugining o‘lchami .
Elektrodvigatelning iste'mol qiladigan quvvati.
кВт
bu erda Q- maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat.
Maydalagichning turini tanlash asosan maydalashga kelib tushadigan eng katta bo‘lakning o‘lchami va kerakli ishlab chiqarish unumdorligining nisbati bilan aniqlanadi.Qabul kilish tuynugining kengligi bir xil bo‘lganda konusli maydalagichlarning bo‘shatish tuynugining uzunligi yuzli maydalagichnikiga nisbatan 2,5-3 marta katta. Shuning uchun konusli maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi ham xuddi shunday yuzli maydalagichnikiga nisbatan 2,5-3 marta katta. Buning oqibatida yirik ruda va uncha katta bo‘lmagan ishlab chiqarish unumdorligida konusli maydalagich to‘la ishlay olmaydi. Bu holda yuzli maydalagichni o‘rnatish afzalroq. Buning aksicha, ishlab chiqarish unumdorligi katta va rudaning yirikligi kichikroq bo‘lganda konusli maydalagich o‘rnatish maqsadga muvofiq.
Maydalagich turini tanlashda ishlab chiqarish unumdorligi va rudadagi eng katta bo‘lakning o‘lchamidan tashqari shunihisobga olish kerakki, yuzli maydalagichlar konstruktiv jihatdan soddaroq tuzilishga ega, balandligi jihatdan kam joy egallaydi, nam va loyli rudalarni maydalashda bosilib qolmaydi va x.k. Lekin yuzli maydalagichlar mahsulotni bir tekis berishni talab qiladi, ular mahsulot tihilib qolsa ishlamaydi, shuning uchun mahsulotni berish uchun ta'minlagich o‘rnatiladi, ularning almashtiriladigan qismlari konusli maydalagichlarnikiga nisbatan tezroq ishdan chiqadi.
Shuning uchun agar yuzli maydalagichni texnik-iqtisodiy taqqoslash yaqqol afzalliklarni ko‘rsatmasa, konusli maydalagichlarniqabul qilish kerak.
qattik va o‘rtacha qattiqlikka ega rudalarni o‘rta va mayda maydalash o‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlarda amalga oshiriladi. Bu maydalagichlar katalog va ma'lumotnomalardan tanlanadi. Kataloglarda ishlab chi?arish unumdorligi o‘rtacha qattiqdagi rudalar uchun berilgani tufayli rudaning maydalanuvchanligiga, sochma zichligiga va yirikligiga tuzatishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |