Mundarija
Kirish…………………………………………………………………........3
I. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiatga doir ilmiy tushunchalar bilan shakllantirishning nazariy asoslari. ……………......…..8
I.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalar berishning o`ziga xos xususiyatlari ……………………………………………………………...…….36
I.2. Tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo`llashning ahamiyati……………………………..........................…………………….…..41
II. Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
II.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar qo`llashning samaradorligi ………………………..62
II.2. Pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o`quvchilarga tabiatga doir dars ishlanmalari…………………………………………………………..67
Xulosa…………………………………………………………………...74
Foydalanilgan adabiyotlar..……………………………………………...76
Kirish
Mamlakatimizda ta`lim sohasida joriy qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mustaqillik sharofati bo`lsa, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri yangi pedagogik texnologiyadir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta`lim–tarbiyaning maqsadini yangi yo`nalishda ya`ni “O`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” deb belgilanadi. Demak, ta`lim –tarbiya maqsadi yangilanishi tabiiydir. Ta`lim mazmuni o`quv dasturlari, qo`llanma va darsliklarda o`z ifodasini topdi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo`yicha ta`lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli ma`suliyat yuklatildi.
Bugungi kunda pedagogik tizimda didaktik masalalarning o`z yechimlarining topishi Milliy dastur g`oyalarini ro`yobga chiqarishning eng muhim bosqichidir. Shuningdek, ta`lim muassalarida resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlandi, o`quv tarbiya jarayoniyangi o`quv uslubiy, majmualar, ilg`or pedogogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlandi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko`rishimiz mumkin.
Mustaqil davlatimiz taraqqiyoida hal qiluchi muammolar xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedrgogik merosini o`rganish va ta`lim –tarbiya jarayonini milliylashtirish, yoshlar ongiga milliy, mafkura, milliy g`oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish jahon andozalariga mos bo`lgan ta`lim tizimini yaratish, ilg`or pedagogik tajribaalarni ommalashtirish , pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar dolzarb vazifasi bo`lib qoldi.
Shuni ta`kidlash lozimki, jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ishlab chiqarish kuchiga aylangan bugungi kunda ta`lim –tarbiya ishida pedogogik texnologiya davri boshlandi. O`lmon olim G`. Xovfman pedogogika fani taraqqiyotida uch davrni: tarbiya haqida donolik, pedogogika ( pedogogik g`oyalar) va pedogogika ilmi rivojlanish bosqichlarini ko`rsatadi. Shundan kelib chiqib pedogogik tkxnologiya davrini to`rtinchi bosqich desa bo`ladi.
Zamonaviy o`qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun uzviy bog`liq) tizim bo`lib, unda ta`lim maqsadlari asosida belgilangan kasbiy ko`nikma va malakalar o`rganuvchilar tomonidan shaxsiy xislatlarni egallash hamda bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan harakatlarning tartiblashtirilgan to`plami aks etadi.
“Pedagogik yexnologiya bilimlarni o`rganish yaxlit jarayonida ta`lim shakllarini opimallashtirish, texnikaviy insoniy imkoniyatlar, ularning o`zaro hamkorligi amalga oshirish metodlar tizimidir” Pedagogik texnologiya ta`lim –tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi mexanizmi hisoblanadi. ya`ni pedogogik qonuniyatlarga asoslangan ta`lim-tarbiya tizimining samarali ommabop mexanizmidir. Buning uchun ta`lim –tarbiyani tubdan isloh qilish ilg`or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarni yaratish va o`quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash zarur ekanini ko`rsatadi.
Shuningdek Prezidentimiz I.A. Karimov “Xalqimizning hech kimdan kam bo`lmasligi farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuchi va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma`naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.” deb ta`kidlagan.
Malumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta`lim tamoyillariga asoslangan bo`lib, u o`quvchi shaxsini tarbiyalashga, ular ongida vatanga muhabbat, insonparvarlik kabi tushunchalarni shakillantiribborishga qaratilmog`i lozim. Ta`lim jarayonini faol subektlari o`qituvchi va o`quvchilar bo`lib, ularni hamkorlikdagi faolyatlari muayyan mavzu bo`yicha kam kuch va vaqt sarflagan holda bilimlarni chuqur o`zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |