Bitiruv malakaviy ishning yangiligi:
Ushbu bititruv malakaviy ishda O`zbekistonga o`simliklarni introduksiya qilishishlab chiqarish tarixi va istiqbollari o`rganildi va amaliy tavsiyalar berildi.
I-BOB. O‘zbekiston Respublikasida o‘simlik moyi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi
Arxeologik hujjatlar O‘zbekiston hududida o‘simlik moylari-dan foydalanish odamzodga qadim zamonlardan buyon ma’lum ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, indov, masxar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan moyju vozlar yordamida olingan.
Turkiston o‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Bu o‘lkada paxtadan mo‘l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko‘p qismini paxta tozalash zavodlari bo‘lmaganligi uchun paxta-ni chigitidan ajralmasdan savdogarlarga sotganlar. Tolasi ajratil-gan bir qism chigitni qovun, tarvuz urug‘i, kunjut, zig‘ir va me-va danaklari bilan aralashtirib moyjuvozda moy olishgan, bunday yog zig‘ir yogi deb atalgan. Tola ajratish mashinasi «jin» ixtiro qilinmaguncha chigit moy olish uchun asosiy xomashyo sifatida ishlatilmagan. Paxtani jin-lash qo‘llanila boshlab, chigit ko‘payib ketgach, uni sanoat miq yosida qayta ishlash zarurati tug‘ildi. Dastlab qurilgan zavodlar-da bir necha yuz ming tonna paxta ishlanila boshlangach, chigit chiqindi tariqasida paxta zavodi joylashgan shahar hududi va temiryo‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bu chigitni qayta ish-lash zaruratini kun tartibiga qo‘ydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda yog‘ zavodi qurish zaruriyati paydo bo‘ldi. 1884-yilda rossiyalik tadbirkorlar Laxtin, Sagatelev va boshqalar yordamida Qo‘qonda, 1896-yil-da Kattaqo‘rg‘onda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik press-li zavodlar ishga tushirildi. Turkiston o‘lkasida temiryo‘l qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida yog‘-moy sanoati ham rivojlandi. 1900-yilda Markaziy Osiyoda tashkil topgan «Besh-bosh» aksionerlik jamiyati Namangan, Andijon va Kogonda yog‘ zavodlarining qurilishini boshladi. 1913–14-yil-larda O‘zbekiston hudududa 30 ta yog‘ zavodi bo‘lib, 57 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan. 1917–18-yillarda butun O‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo‘lgan 40 dan ortiq yog‘ zavo-di bo‘lib, shulardan 19 tasi (105 ta press) Farg‘ona vodiysida joy-lashgan edi.
Oktabr to‘ntarishidan keyin Sho‘rolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yog‘ zavodlarini ham natsionalizatsiya qilish natijasida zavodlar faoliyati to‘xtab qolgan. 1922-yilda bor-yo‘g‘i 2 ta zavod ishlab turgan. O‘zbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning ko‘payib borishi bilan bog‘liq holda 30-yillardan boshlab yog‘-moy sanoati sezilarli taraqqiy et-di, 1929–33-yillarda 1612 ming tonna chigit qayta ishlandi va 247,3 ming tonna o‘simlik yog‘i tayyorlandi.
1935-yilda Kattaqo‘rg‘ondagi yog‘ zavodida dunyoda birinchi marta paxta chigitidan ekstraksiya usulida moy olish joriy etildi.
1942–45-yillarda Rossiyaning urush bo‘layotgan shaharlaridan 8 ta moy zavodi asbob-uskunalari bilan O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi.
1948-yilgа kеlib mоy zаvоdlаridаgi gidravlik prеsslаr uzluksiz ishlаydigаn shnеkli prеsslаr bilаn аlmаshtirildi. Buning nаtijаsidа mоy zаvоdlаridаgi оg‘ir qo‘l mеhnаti kаmаyib ishchilаr endi qurilmаlаrni nаzоrаt qilаdigаn vа bоshqаrаdigаn bo‘ldilаr. 1954-yildа Buхоrо shаhridа prеss usulidа mоy оlаdigаn zаvоd ishgа tu-shirildi.
1960-yilgа kеlib mоy zаvоdlаridа ishlаb chiqаrilgаn mоyning
46% ini ekstrаksiya usulidа, 54% ini prеsslаsh usulidа оlingаn mоy tаshkil etdi.
Paxta maydonlarining kengayishi va paxta tozalash zavodlari ning ko‘payishi natijasida O‘zbekiston yog‘-moy sanoati ham-ma chigitni qayta ishlashga ulgura olmay qoldi. Shuning uchun har yili bir necha ming tonna chigit Rossiya va boshqa respub-likalarning zavodlarida qayta ishlanar edi.
1980-yilda quvvati 1200 t/sutka chigitdan to‘g‘ridan to‘g‘ri eks traksiya usulida moy oladigan Guluston va Koson yog‘ ekstraksi-ya zavodlari qurib ishga tushirildi. Bu zavodlarda Germaniyada ishlab chiqarilgan rotor karusel rusumli «Ekstexnik» ekstraktor-lari o‘rnatildi. Shundan keyin hamma chigit respublikamizning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. Keyinchalik bu ikki zavod chi gitdan moy olishda forpress-ekstraksiya usuliga o‘tkazildi. Hozirgi kunda respublikada yillik quvvati 3,6 mln tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 39 ta korxona ishlab turibdi, bu korxonalarda paxta chigiti, soya, masxar, kungaboqar, meva da-naklari va sabzavot urug‘idan moy olinib, bu moylarda oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulot lari, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun, distillatsiyalangan yog‘ kislotalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi vaqtda har yili o‘rtacha 245–255 ming tonna o‘simlik moylari ishlab chiqarilmoqda. Yog‘-moy sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan o‘simlik moyi, glitserin, xo‘jalik sovuni va shrot eksport qilinmoqda.
Respublikada yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy mahsulot hajmining 40 foizga yaqinini beradi.
Qora zaklarning tarkibi
Olimlar bir qator tadqiqotlar o'tkazdilar va zaytun urug'lari inson tanasi uchun foydali bo'lgan juda ko'p elementlarni o'z ichiga olganligini isbotladilar:+
sincaplar,
yog'lar,
uglevodlar
tolalar,
B vitaminlari (B1, B2, B6, B9);
kaltsiy, kaliy, fosfor, magniy, sink, temir, mis, selen kabi mikro- va makrolantiruvchi moddalar;
xolin,
vitaminli PP,
beta karotin
E, C, K guruhlari vitaminlari.
Tuproqning foydali xususiyatlari qadimgi Misr shifokorlarini ham ishlatgan. Hatto bugungi kunda ham qozonlarda kalondjining neftli kemalari topilgan. Qora kimyon nafaqat kattalar uchun, balki bolalar uchun ham foydali. Qora tuxum urug'lari chaqaloqlarga qaynatiladi va qorin bo'shlig'ida paydo bo'lganda infüzyon beradi. Shuningdek, kimyon ham sutda ayollarda laktatsiya davrida paydo bo'lishiga yordam beradi.+
Qora kimyonning foydali xususiyatlarining asosiy qismi insonning immunitetini oshirish uchun hadya etilgan. Foydali esterlar bilan to'yinganligi tufayli, ko'krak qafasi ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish kasalliklari bilan yordam beradi. Qora kimyon hozirgi shifolashda keng tarqalgan. Chernushka mustaqil ravishda tentüratlar, dekotsatsiyalar va yog'larni ishlab chiqarish uchun hamda boshqa o'tlar bilan birgalikda foydalaning.
Qo‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sab zavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod, Tosh-kent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvva-ti 52,4 ming tonna) va mayonez (yillik quvvati 2 ming tonna), tarmoqdagi 10 ta korxonada xo‘jalik sovuni, Farg‘ona yog‘-moy kombinatida atir sovun va glitserin, Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kom-binatida olif ishlab chiqarilmoqda.
Sanoatda ishlab chiqarishning texnik darajasi 1980-yillar oxi rida zamonaviy talablarga javob bermas edi. Mustaqillik sharo-fati bilan respublikamizning dunyo bozoriga qadam qo‘yishi sa-noatda ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda qayta ta’mirlashga yo‘l ochdi.
Hozirgi vaqtda tarmoq korxonalari Germaniya (Krupp, Sket), Shvetsiya (Alfa-Loval), AQSH (Jon Braun, Kraun, Kraver), Itali-ya (Matssona, Bollstra), Polsha, Xitoy, Eron, Ukraina va Rossiya mamlakatlarining firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy as-bob-uskunalar bilan jihozlangan. Hozir yog‘-moy sanoatida moyli xomashyodan kompleks foydalanish vazifalari qo‘yilgan bo‘lib, bu ayniqsa chigitni qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. Agar ho zirgacha chigitdan olinadigan mahsulotlar tozalangan moy, salat moyi, glitserin, yog‘ kislotalari, margarin, mayonez, sovun, kun-jara, shrot, sheluxa, olif bo‘yoqlaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, kel-gusida chigitni kompleks ravishda qayta ishlash hisobiga olinadi-gan mahsulotlarning turi 3–4 marta ortadi. Bugungi kunda respublika aholisi va xalq xo‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mahsuloti bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari tomonidan keng miqyosda yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan moyni rafinatsiyadan keyin hidsizlantirib 0,9 litr dan 5 litrgacha hajmda polietilen idishlarga qadoqlaydigan zamo-naviy tizimlar hamma korxonalarda ishlab turibdi.
Yog‘-moy sanoati strukturasi tarkibiga presslash usulida, press-ekstraksiya usulida, to‘g‘ridan to‘g‘ri ekstraksiya usuli da moyli xomashyolardan moy oladigan korxonalar, marga-rin, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun, olif, gidrogenizatsi-yalangan yog‘, glitserin, distillatsiyalangan yog‘ kislotalari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turli-tuman bo‘lib, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ham turli-tumandir.
Yog‘-moy sanoati korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda ishlab chiqarish jarayonlari patok liniyalarida amalga oshiriladi. Sohada ishlab chiqarishni mexani-zatsiyalashtirilganlik darajasi 85–98% ni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda yog‘-moy sanoatida ilmiy-texnikaning rivoj lanishi quyidagi yo‘nalishlarda bormoqda:
– moyli xomashyolarni yig‘ish, tashish va sifatli saqlashning texnika va texnologiyasini takomillashtirish;
– yangi texnologiya va zamonaviy boshqarishga asoslangan yangi uskunalarni yaratish;
– xomashyoni chiqitsiz kompleks ishlaydigan liniyalarini ya-ratish;
– uskunalar va jihozlarning chidamliligi hamda ishlash mud-datini oshirish;
– tayyor mahsulotlarni qadoqlashda yangi (tejamli, yengil, chidamli) polimer idishlardan keng foydalanish;
– ekstraksiya, distillatsiya jarayonlarida kam energiya sarf bo‘ladigan, erituvchi kam yo‘qoladigan uskunalarni ishlab chiqa rishga joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabr-da qabul qilingan «Respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqa rishni yanada takomillashtirish va 2012–2015-yillarda rivojlan-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1633-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra oziq-ovqat xomashyosini qayta ish-lashni kengaytirish orqali sanoat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Respublikamiz aholisini yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularning turini ko‘paytirish va sifatini oshirish borasidagi ishlar ko‘lami tobora kengaymoqda. Katta maydonlarda kungaboqar, masxar, yeryong‘oq, kunjut, zig‘ir va soya yetishtirish, ulardan moy ishlab chiqarish hajmini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Bunda Respublikamiz Prezidentining 2008-yil 20-oktabrda qabul qilingan «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni op-timallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbir-lari to‘g‘risida»gi farmoni muhim dasturulamal bo‘layotir. Ush-bu farmonga asosan yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularning turini ko‘paytirish maqsadida kat-ta maydonlarda kungaboqar, masxar, yeryong‘oq, kunjut, zig‘ir yetishtirish ulardan moy ishlab chiqarish hajmini oshirish cho-ralari ko‘rilmoqda. Bunday ekinlar maydonlarining kengayishi aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar turini ko‘paytirish, import o‘rnini bosuvchi tovarlar hajmini oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.
Hozirgi kunda yog‘-moy sanoati uchun yuqori malakali baka-lavr va magistrlar Toshkent kimyo texnologiyasi instituti va Bu xoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnologiyasi institutla rida tayyorlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |