Mehnat unumdorligini statistik o’rganishning nazariy asoslari Unumdorlikning statistik ko’rsatkichlari tizimi Mehnat unumdorligi dinamikasi



Download 108,88 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi108,88 Kb.
#670565
Bog'liq
6 Mehnat potensialidan(1)


Mavzu. Mehnat potensialidan samarali foydalanish statistikasi
Reja
  • Mehnat unumdorligini statistik o’rganishning nazariy asoslari
  • Unumdorlikning statistik ko’rsatkichlari tizimi
  • Mehnat unumdorligi dinamikasi

Mеhnаt unumdоrligi dеb, vаqt birligi ichidа ishlаb chiqаrilgаn mаh-sulоtning hаjmigа yoki mаhsulоt birligini ishlаb chiqаrishgа sаrflаngаn vаqtgа аytilаdi.
Mеhnаt unumdоrligining dаrаjаsini ishlаb chiqаrilgаn mаhsulоt hаjmini shu mаhsulоtni ishlаb chiqаrishgа sаrflаngаn vаqtgа nisbаti ko‘rinishidа ω=Q/T yoki mаhsulоt birligigа kеtgаn vаqt sаrfi t =T/Q ko‘rinishidа аniqlаnаdi. Ushbu ikki ko‘rsаtkich o‘rtаsidа tеskаri prоpоrtsiоnаl bоg‘lаnish bоr: t =1/ω vа ω=1/ t .
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim ko`rsatkichlardan biridir.
Меhnat unumdorligini o`lchov birliklari:
А) Qiymat
B) Natura
C) Меhnat.
Bir xodimga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik mahsulot
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi ishchilarning tutgan ulushi, (%)
Bir ishchining o`rtacha yillik mahsuloti
=
*
Bir xodimga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin
Bir ishchiga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillarga bog`liq.
  • Bir ishchining yil davomida ishlagan o`rtacha kishi-kunlari = (jami kishi-kunlari / ishchilar soni)


  • Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlagan kishi soat / jami ishlagan kishi kunlari)

  •  
  • Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami ishlagan kishi-soat)

Mehnat unumdorligining o`sish darajalari va dinamikasiga baho berishda uning o`zgarishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillarga alohida ahamiyat beriladi:
  • Ekstensiv omil;
  • Intensiv omil;
  • Ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati.

Ekstensiv omil xarajat omili bo’lib, mehnat hajmini oshish natijasida natijaviy ko’rsatkichni ortishini nazarda tutadi. Bu omil bugungi kunda bozor munosabati sharoitida iloji boricha xarajatni minimallashtirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Intensiv omil – bu mavjud mehnat hajmidan intensivroq foydalanishni nazarda tutadi. SHuning uchun bu eng asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Davlat, rivojlangan davlatlar qatoriga faqat shu payt qo’shiladiki, qachon yaratilgan YAIM ning o’sishining asosiy qismi intensiv omil natijasida, ya‘ni, mehnat unumdorligi oshish natijasida erishilgan bo’lsa.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o’rganish ishlari olib boriladi. Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o’rganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga o’xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladigan global unumdorlik konsepsiyasi umum qabul qilingan konsepsiyaga aylandi.
Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyat ko’pchiligi, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarflari xodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni yoki ishlangan kishi-kunlari, kishi-soatlari soni ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Download 108,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish