325
Elektr motori ish mashinasidan alohida
yoki uning tuzilishiga
o‘zgartirishlar kiritmasdan o‘rnatilgan yuritma oddiy yakka motorli elektr
yuritma deb ataladi.
Bunday elektr yuritmada quvvat isrofi transmissiyaliga nisbatan ancha
kam bo‘lsa ham, ammo unda uzatish mexanizmining murakkabligi saqlanib
qoladi.
Individual elektr yuritma bunday kamchiliklardan xoli qilingan.
Individual elektr yuritmada elektr motori va ish mexanizmi konstruktiv
jihatdan yaxlit va ishlash uchun qulay bo‘lgan tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Individual elektr yuritmalar o‘z navbatida
oddiy va mahsus individual
yuritmalarga bo‘linadi.
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida ba’zi bir uzatma elementlari
(tishli g‘ildirak, mufta, krivoship, shatun va shu kabilar) saqlanib qolgan
yuritma oddiy individual elektr yuritma deb ataladi.
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida uzatish mexanizmi bo‘lmagan va
motorning ba’zi bir qismlari ish mexanizmining uzviy organi sifatida
qo‘llaniladigan yuritma mahsus individual elektr yuritma deb ataladi.
SHu sababli mahsus individual elektr yuritmali
ish mashinalari shovqinsiz,
engil, sodda konstruksiyali, ishlashga qulay, yuqori foydali ish koeffitsienti va
avtomatlashtirish uchun katta imkonlarga ega bo‘ladi.
Bunday elektr yuritmalarda elektr motorning ahamiyati ish mashinasining
nomida ham o‘z ifodasini topadi, ya’ni ularga "elektr" so‘zi qo‘shib yoziladi,
masalan, elektr pardozlagich, elektr shpindel, elektr urchuq va hokazo. [1,3]
Ko‘p motorli elektr yuritmalar .
Murakkab ish mashinasining
ayrim ish organlariga mexanik energiyani bir
markazdan taqsimlash har
tomonlama noqulaylik tug‘dirib, undagi quvvat isrofining katta bo‘lishiga olib
keladi.
Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr
motori bilan harakatga keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish
ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning
konstruksiyasi esa
soddalashadi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarida qo’llaniladigan EKG-5
326
ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr
yuritmasi bunga misol bo’la oladi. 6.1.2-rasm.
6.1.2-rasm. EKG-5 ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli
chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmasi.
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2),
platformani aylantirish(3), zanjirli gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini
ochish(5) yuritmalariga mo’ljallangan 5 ta o’zgarmas tok lvigatellarini qisqa
tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z
navbatida EKG-5 ekskovatorining elektr yuritmasi F.I.K. ni 90% gacha, quvvat
koeffitsentini esa 95% gacha orttirish imkonini yaratadi.
Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa,
bunday
mashina yoki mexanizm yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb
ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning ish organlariga bevosita
o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb
ataladi.
Bunday elektr yuritma mahsus stanoklarda, agregat va nusxa olish
stanoklarida keng qo‘llaniladi. Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir
necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda o‘zaro
mos ishlashini
ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb
ataladi.
Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz
ishlab chiqarish,
bosmaxona mashinalari va stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi.
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan,
to‘xtatiladigan va berilgan chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay
saqlab
turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb ataladi.
327
Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan
yuritma rostlanuvchi elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va
rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy qismlardan tashqari
o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan
elektr
yuritma
bilan
texnologik
jarayonni
takomillashtirish, uning talablarini to‘la qondirish, ish unumini ko‘tarish,
mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish imkonlari yaratiladi.
Funksional sxemalarda funksonal birlik sifatida aloxida kurilma olinadi
va ularni ishlash prinsipi bilan bog‘lab beriladi.
Prinsipial sxemalarda esa
elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog‘lanishlar bir
chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar,
kommutatsion apparatlar rele va x.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: