322
VI bob
ELEKTR YURITMA. ELEKTR YURITMA MEXANIKASI.
6.1. E
lektr yuritma to‘g‘risida tushuncha va taraqqiy etish tarixi
Reja:
6.1.1.
“Elektr
yuritma”
to‘g‘risida
tushuncha.
Elektr
yuritmaning
klassifikatsiyalanishi.
6.1.2. Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi.
6.1.3. Turli texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan ish mashinalarning mexanik
xarakteristikalari.
6.1.1. “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Elektr yuritmaning
klassifikatsiyalanishi.
”Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha.
Suv va bug‘ turbinalari hamda
shamol, ichki yonuv va elektr motorlari bilan
harakatlanuvchi yuritmalar
mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan eng afzali elektr
motorli yuritma bo‘lgani uchun statsionar ish mashinasi va mexanizmlarining
asosiy yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr
motorli yuritma qisqacha elektr yuritma deb ataladi.
Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini
xarakatga keltirish
uchun xizmat kiladi. Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va
ishchi organdan iborat umumlashgan kurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan
elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya uzgartkichi, datchiklar va elektr
yuritmani boshkarish tizimi kiradi. Bundan tashkari
elektr yuritma tarkibiga
aniklik va tezlikni oshiradigan kushimcha elementlar kiritilishi mumkin.
Masalan EXM, rakamli datchiklar, muvofiklashtiruvchi elementlar kullanilishi
mumkin.
Elektr yuritma bilan elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, bu
mexanik harakatni elektr usulda boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektr
yuritma
asosan elektr motori, uzatma va motorni boshqaruvchi elektr
jihozlardan iborat bo‘ladi.
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda ko’plab nasos
stansiyalari va vertikal quduqlardagi nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular
yordamida 2100 ming gektardan ziyod maydonlar sug‘oriladi.
323
Ishlab chikarishning energetik asosini elektr yuritma tashkil kilib,
uning
texnikaviy darajasi texnologik kurilma samaradorligini belgilaydi. Elektr
yuritmaning tarakkiyoti, motorlar,
uskuna-jihozlar, o‘zgartgichlar, analog va
rakamli boshqaruv vositalarini yanada takomillashtirish xisobiga uning
tejamliligi va ishonchliligini orttirishni taqozo etadi. Xozirda ushbu jarayonda,
mikroprotsessorlarning ko‘plab qo‘llanilishi, elektr
yuritmalarning funksional
imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va uning texnikaviy xamda iqtisodiy
xarakteristikalarini yaxshilaydi. Elektr yuritma bajarayotgan funksiyalarining
kengayishi va murakkablashishi, unda boshqarishning
yangi vositalarini
qo‘llanilishi, uning loyihalashtirish, yig‘ish, sozlash va ishlatish bilan mashg‘ul
bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi.
Har bir takomillashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina,
uzatma va ish quroli - mashinadan iborat bo‘ladi. Bunday takomillashgan
mashina ishlab chiqarish agregati deb, uning uchinchi qismi ish quroli -
mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: