1
Icmailov Astan Ibragimovich
Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.I. Ismailov
A.A. Bokiyev
ELEKTROTEHNIKA. ELEKTR YURITMA
fanidan
O‘QUV QO‘LLANMA
531100 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish (suv xo’jaligida)
Toshkent – 2018
3
Ushbu o’quv qo’llanma 531100 – Texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo’jaligida) noelektrik
bakalavriat ta’lim yo’nalishida naxsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Elektr zanjirlarini o’rganishga bag’ishlangan birinchi bobda o‘zgarmas tok
zanjirlari,bir va uch fazali sinusoidal tok zanjirlari va ularni xisoblash”
mavzulari o’rin olgan.
Elektr o’lchashlar va elektr yoritishni o’rganishga bag’ishlangan ikkinchi
bobda esa metrologiya va elektr o’lchashlar, yoritgichlar va yoritish usullari
haqida umumiy tushunchalar berigan.
Elektronika asoslarini o’rganishga bag’ishlangan uchiinchi bobda
elektronika asoslari, mikroprotsessorlar, zamonaviy elektronika jihozlari,
elektron kuchaytirgichlar
haqida umumiy tushunchalar o’rin olgan.
Transformatorlarni o’rganishga bag’ishlangan to’rtinchi bobda esa
transformatorlarning tuzilishi va ishlashi, transformator chulg‘amlarini ulash
guruxlari, transformatorlarning parallel ishlashi, maxsus transformatorlar xamda
elektr ta’minoti haqida umumiy tushunchalar berigan.
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr mashinalarini o’rganishga
bag’ishlangan beshinchi bobda o‘zgarmas tok mashinalari. O‘zgarmas tok
generatorlari va ularning xarakteristikalari, o‘zgarmas tok dvigatellari, ularning
xarakteristikalari va tezliklarini rostlash, asinxron dvigatellarning tuzilishi,
ishlashi
va
turlari,
maxsus
o‘zgaruvchan
tok mashinalari,
sinxron
mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi, sinxron generatorlar va ularning
xarakteristikalari, sinxron dvigatellar va ularning xarakteristikalari haqida
umumiy tushunchalar berigan.
Elektr yuritma. elektr yuritma mexanikasini o’rganishga bag’ishlangan
oltinchi bobda
elektr yuritma xaqida asosiy tushunchalar, ish mashinalarning
mexanik xarakteristikalari, elektr yuritmalarning ish rejimlari, elektr
dvigatellarning qizishi va sovushi, elektr yuritmalarni xisoblash va tanlash
haqida umumiy tushunchalar berigan.
Rele
kontaktli,
mikroprotsessorli
boshqarish
jihozlari.
texnologik
jihozlarning elektr yuritmalarini o’rganishga bag’ishlangan ettinchi bobda rele
kontaktli boshqarish jixozlari, mikroprotsessorli elektr yuritmalar, nasos
agregatlari elektr yuritmasi va ularni boshqarish, to‘siqlarni ochib-yopish va
daryo tubi cho‘kindilarini tozalash qurilmalari elektr yuritmasi va ularni
boshqarish haqida umumiy tushunchalar berigan.
4
Kirish
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi qabul qilinib, unda
prinsipial jihatdan
yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi
bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; iqtisodiyotda
energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini
oshirish; sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash,
melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni
tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish kabi dolzarb vazifalar belgilangan.
Shu ma’noda Oliy o‘quv yurtlarini yangi, zamonaviy pedagogik uslblar bilan
takomillashtirilgan o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash, oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining
farmoyishlari, qarorlari qabul qilinib, ularni bajarish bo‘yicha qator tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
O‘z navbatida agrar sohada elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini
oshirish, bunda elektr jihozlarini tanlash, ekspluatatsiya qilish, ularga servis
xizmati ko‘rsatish darajasini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar ayniqsa e’tiborga
loyiq.
Noelektrik mutaxassisliklar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda sohaning etuk olimlari
A.S.Karimovning “Elektrotexnika va elektronika asoslari”, S.Majidovning
“Elektrotexnika”, “Elektr mashina va elektr yuritma” o‘quv qo‘llanmalari asos
qilib olindi. Ushbu qo‘llanmalarda berilgan materiallar keyingi yillarda ilm-fan
5
sohasida erishilgan natijalar va ularning ishlab chiqarishda joriy etilish darajasi
asosida to‘ldirilib, takomillashtirildi.
Bundan
tashqari
ayrim
boblarni
shakllantirishda
professorlar
O.O.Hoshimov, S.F.Amirov, U.T.Berdievlar muallifligidagi darslik va o‘quv
qo‘llanmalarda keltirilgan materiallardan foydalanildi.
Agrar sohaning material-texnik bazasini takomillashtirish muammolari, shu
jumladan yonilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalari xozirgi
kunning dolzarb muammolaridan bo‘lib, sohaga malakali kadrlar tayyorlash, bu
borada o‘quv jarayonlarini zamonaviy uslublar asosida tashkil etish, yangi o‘quv
adabiyotlari bilan ta’minlash ushbu muammoning echimlaridan biri xisoblanadi.
Fan va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida agrar soxaga yangi
texnikalar, texnologiyalar, agrotexnika va mehnatni tashkil qilish usullari, qishloq
xo‘jalik texnikalarining elektr yuritmali yangi turlari kirib keladi. Bu esa o‘z
navbatida joylarda malakali kadrlar ta’minotini yaxshilash, ularning zamonaviy
texnologiyalarni o‘zlashtirishlari borasida malakalarini oshirib borishlari uchun
shart-sharoitlar yaratilishini talab etadi
Ma’lumki hozirda qishloq xo‘jalik maxsulotlarini etishtirish va tegishli
joyga etkazib berishda faqat organik yonilg‘ida ishlaydigan mobil texnika
vositalaridan foydalanilmoqda, demak, ta’minotda o‘zilish bo‘lganda barcha
bunday texnika vositalari to‘xtaydi. Shu ma’noda texnik xizmatlar tarkibini
diversifikatsiyalash maqsadida kelajakda texnika vositalarining bir qismi elektr
energiyasida harakatlanishga o‘tkazilishi, barcha injenerlik mutaxassisliklari o‘quv
jarayonida elektroenergetika o‘quv yuklamalarini shu yo‘nalishda takomillashtirish
maqsadida qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |