234
o‘zgarmas tok qurilmalari uchun esa 6, 12, 24, 36, 48 va 60 V.
Kabelli tarmoqlar energiya ta’minotining elektr tarmoqlarida keng
foydalaniladi. Kabel (uch tomirli) tok o‘tkazuvchi tomirlar, izolyasiya va
himoya qobig‘idan iborat (14.7-raem).
Tomir(jila)lar soniga ko‘ra kuch kabellari bir, ikki, uch va to‘rt
tomirli kilib tayyorlanadi. Tomirlar mis yoki alyuminiy simdan, izolyasiya 2
esa rezinadan (1000 V gacha kuchlanishli kabellar uchun).
Umumiy foydalaniladigan past kuchlanishli
elektr tarmoqlari uch
fazali, uch yoki to‘rt simli bo‘ladi. Uch simli tarmoqdan sexdagi
iste’molchilar (uch fazali asinxron dvigatellar, qizdirish pechlari va b.)
ta’minlansa, to‘rt simli tarmoqdan yoritish lampalari ta’minlanadi. Kichik
quvvatli sexlar va maishiy xizmatlarda faqat to‘rt simli elektr tarmoqlari
ishlatiladi.
Sanoat korxonalaridagi sex ichki tarmoqlarida ochiq va yopiq
elektr
simlaridan keng foydalaniladi.
Ochiq elektr simlari
- devorlar, shiplar sirti, fermalar va boshqa
qurilish elementlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda simlar va kabellar
troslarga, izolyatorlarga mahkamlanadi yoki trubalar, kutichalar,
egiluvchan
metall shlanglar ichiga joylashtiriladi.
Yopiq elektr simlari
- imoratlarning konstruktiv elementlari
(devorlari, pollari, to‘sinlari) ichidan o‘tkaziladi. Bunda sim va kabellar
trubaga, egiluvchan metall shlangga, kutichaga. suvoq tagiga,
bevosita
qurilish konstruksiyasiga joylashtiriladi.
0,4 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar (TQ4 —TQ7) ga
sexlarning elektr energiya iste’molchilari ulanadi. Mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan
elektr
energiyaning
80%dan
ko‘prog‘ini
1000V
gacha
kuchlannshdagi iste’molchilar qabul qiladi. Bunday iste’molchilarga zavod va
fabrikalardagi elektr dvigatellari, elektroliz vannalari, elektr pechlari, elektr
kavsharlash apparatlari, konveyer, ko‘tarma-transport vositalari va boshqa
qurilmalar kiradi. Iste’molchilarning kattagina qismini yoritish lampalari
tashkil qiladi.
235
Odatda sexlarning texnologik va yoritish yuklamalari bitta TP ning past
kuchlanishli (380/220V li) taqsimlash qurilmasidan ta’minlanadi (14.11-
rasm). Agar katta tokli yuklama (elektr dvigatel) tarmoq kuchlanishining katta
tebranishiga (o‘zgarishiga) sabab bo‘lsa, bunday
hollarda yoritish yuklamasi
ayrim TP dan ta’minlanadi.
TP ning past kuchlanish (0,4 kV) li taqsimlash qurilmasining
shinalariga elektr iste’molchilarini biriktirish uchun, zlektr tarmog‘i
avtomatlar orqali bosh kuch taqsimlovchi shchit (BTSH) ga, taqsimlovchi
yig‘ma shina (TYSH) ga, bosh yoritish taqsimlovchi shchit (YOTSH) ga
va katta quvvatli iste’molchilarga ulanadi.
Avtomatlar o‘rnida saqlagich va rubilniklar ham ishlatiladi. Katta tokli
va yoritish (kichik tokli) iste’molchilarni ta’minlash uchun bosh shchitlar
turli xilda bo‘ladi. Katta tokli shchitni ta’minlash uchun, odatda,
uch tomirli
kabel (uchta sim) ishlatiladi, chunki katta tokli yuklama tekis bo‘ladi.
YOritish shchitini ta’minlash uchun to‘rt tomirli kabel (uchta liniya va
bitta neytral sim) ishlatiladi, chunki yoritish yuklamasi notekis bo‘ladi.
Bosh taqsimlovchi shchitlar (KTSH va YOTSH) dan elektr energiya
katta tokni taqsimlovchi shkaf TSH ga va YOT
Щ
ga keladi. Ulardan elektr
energiya
avtomatlar yoki saqlagich, rubilnik va paketniklar orqali elektr
dvigatellarga, yoritish chiroqlariga va boshqa elektr iste’molchilariga uzatiladi.
Taqsimlash shkaflari elektr energiya bilan ta’minlanuvchi elektr
asbob-uskunalari va jihozlari yaqinidagi devorga yoki ustunga mahkamlanadi.
SHkafdan iete’molchilarga boradigan ta’minlash simlari polga yotqizilgan
pulat naylarga joylashtirilgan izolyasiyalangan sim yoki kabeldan iborat
bo‘ladi. [1,2]
Do'stlaringiz bilan baham: