Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

6-§. Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida
majburiyatlarning kelib chiqish asoslari
Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning
kelib chiqish asoslari xuddi shartnomalar asosida kelib chiqadigan
majburiyatlarga o‘xshash bo‘lib, o‘rtada shartnoma tuzilmasdan
kelib chiqadigan huquqiy munosabatlardan iborat bo‘lib, o‘z
mazmuni va xarakteri bilan unchalik bir-biridan farq qilmaydi. U
ko‘pgina shartnomasiz, deliktsiz (shartnomalarni buzish, bajarmas-
lik) bir tomonlama bitimlar yoki boshqa faktlar asosida vujudga
keladi.
Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning
kelib chiqish asoslari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) negotsiorum gestio — topshiriqsiz boshqalarning ishini
amalga oshirish yoki boshqa shaxslar uchun g‘amxo‘rlik qilish;
2) bir shaxsning ikkinchi shaxs hisobiga asossiz ravishda boyib
ketishi natijasida.
Negotsiorum gestio — shartnomalarga o‘xshash harakatlar
natijasida majburiyatlarning kelib chiqish asoslaridan   biri bo‘lib,
topshiriqsiz bir shaxs tomonidan gestor ikkinchi shaxsning nomi-
dan va ikkinchi shaxs hisobiga ma’lum bir harakatni bajarish yoki
uning mulkini boshqarishdan iborat.
Bu majburiyatlar ko‘pincha bir shaxsning o‘z mulkini boshqara
olmasligi yoki uning uzoq vaqt davomida mulk joylashgan hududda
bo‘lmasligi oqibatlaridan kelib chiqqan. Bular asosan, quyidagilar
orqali aniqlangan:
— «boshqalarning ishini boshqarish», ya’ni bir yoki bir necha
harakatni boshqa shaxsning manfaati uchun amalga oshirish orqali;


160
— agar biror harakatni bajarmasa ham, faktik holat bilan
ham belgilanishi orqali.
Masalan, biror shaxsning qora molini sug‘orish yoki qulining
qornini to‘yg‘azib qo‘yish xarajatlarini amalga oshirish. Bu harakat
haqsiz, topshiriqsiz, boshqa shaxsning hisobiga, shartnomasiz
amalga oshirilgan munosabatlar doirasiga kiradi. Bu harakatlar
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqidagi vakolatno-
masiz vakillik institutiga ham o‘xshaydi. Chunki, bu qilingan
harakatni agar ikkinchi tomon qo‘llab-quvvatlasa, uning harakati
baholanib, unga ma’lum bir haq to‘lanadi.
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
deganda, qadimgi rimliklar qonunlarda, shartnomalar yoki bitim-
larda belgilangan asoslar bo‘lmasdan turib, boshqa shaxslarning
hisobidan  (puliga pul qo‘shilishi, ashyolariga ashyo qo‘shilishi
talab qilib olinishi lozim bo‘lgan huquqning ko‘payishi) mulk
orttirish yoki boyishni tushunishgan. Odatda, mulkning ko‘pa-
yishi, asossiz boyish, qarz shartnomasi asosida mulkiga mulk
qo‘shilishi, oldi-sotdi shartnomalari yoki biror-bir huquqiy
oqibatlarning kelib chiqishi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Qadimgi rim huquqida asossiz boylik orttirish natijasida kelib
chiqadigan majburiyatlarning asosiy vazifasi jabrlanuvchining
mulkiy holatlarini o‘z joyiga qaytadan tiklash, ya’ni asossiz boylik
orttirish natijasida qo‘lga kiritilgan mulkni yoki tejalgan mulkni
qaytarib berishdan iborat hisoblangan. Asossiz boyish natijasida
vujudga kelgan majburiyatlarda, mulkni qaytarib olishda kondiksion
da’vo ko‘zg‘atilgan.
Rim huquqshunoslari da’vo predmetiga qarab asossiz boylik
orttirishni uch qismga bo‘lganlar:
1) haq to‘lanishi lozim bo‘lmagan harakat uchun yanglishish,
adashish yoki boshqacha tarzda haq olish evaziga;
2) oldindan berib qo‘yilgan (ya’ni, biror harakatni amalga
oshirish yoki harakatdan to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan)
narsani qaytarib berish evaziga;
3) boshqa asoslar bo‘yicha boyish natijasida.
Bu munosabatlarning amalga oshirilishi uchun quyidagi asoslar
talab qilingan:


161
— summa, pul, ekvivalent, ashyo boshqa shaxsga o‘tkazilgan
bo‘lishi;
— oldindan qarzi bo‘lmagan holat mavjud bo‘lishi;
— adashish, yanglishishni to‘g‘ri tushunish murakkab bo‘l-
gan holatda;
— mulkiy manfaatlarning boshqa shaxsga o‘tishi;
— maqsad va asosning amalga oshirilmay qolishi asossiz boylikni
keltirib chiqargan. Bu holatlar o‘z navbatida majburiyatlarni vujudga
keltirgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish