Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

IX bob
VORISLIK HUQUQI
1-§.  Vorislik huquqi va uning turlari.
2-§. XII jadval qonuni bo‘yicha vorislik.
3-§. Pretorlar huquqi bo‘yicha vorislik.
4-§. Yustinian qonunlari bo‘yicha vorislik.
5-§. Legatlar va fideikomisslar
6-§. Merosni ochish va qabul qilish. Merosxo‘rlarning huquq-
larini himoya qilish.
1-§. Vorislik huquqi va uning turlari
Vorislik huquqiy munosabatlari eng murakkab institutlardan
biri bo‘lib, u meros qoldiruvchining  o‘limidan keyin vujudga
keladigan huquqiy munosabatlardir. Vorislik munosabatlari Rim
quldorlik davlatining dastlabki paytlarida ham ma’lum bo‘lgan.
Vorislik ham xuddi mulk kabi sinflarning, davlat va huquqning
vujudga kelishidan avval vujudga kelgan bo‘lsa ham,  tom ma’nodagi
vorislik huquqi jamiyatning sinflarga bo‘linishi, davlatning vujudga
kelishi bilan iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning erki, irodasi va
manfaatini ko‘zlagan holda paydo bo‘ldi.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida vorislik deb, vafot etgan shaxs
(meros qoldiruvchi)ning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkining
fuqarolik qonunlariga, yoki odat normalariga asoslangan holda bir
yoki bir nechta shaxslarga yani, merosxo‘rlarga o‘tkazilishiga aytilgan.
Rim davlatida har bir fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy
mulkning taqdirini vafot etganidan so‘ng hal qiluvchi farmoyishni
o‘zi tirikligida (dastlabki paytda og‘zaki, keyinchalik esa yozma
asosda) odat normalariga va qonunlarda belgilangan tartibda
rasmiylashtirganlar.
Vorislik munosabatlari dastlab XII jadval qonunida ko‘rsatilib,
bu qonunlarga asosan vorislik munosabatlari ikki qismga bo‘lingan:


166
1) qonun bo‘yicha vorislik — successio legitima;
2) vasiyat bo‘yicha vorislik — successio testamentaria.
Rim quldorlik davlatidan oldin vujudga kelgan vorislik huquqini
qabul qilish munosabatlari vasiyatnomasiz amalga oshirilgan bo‘lsa,
bu munosabatlar qonun bo‘yicha vorislik deb atalib, uning huquqiy
rejimi qonun bo‘yicha vorislik  asosida hamda ko‘proq XII jadval
qonunlari bilan tartibga solingan.
XII jadval qonunlariga asosan, meros qoldiruvchi shaxs vafot
etishidan oldin vasiyatnoma qoldirmagan bo‘lsa, uning birinchi
meros oluvchisi agnatlar bo‘lib, uning katta o‘g‘li hisoblangan.
Barcha mulk meros massasi aka-ukalarga, opa-singillarga,
o‘limidan keyin tug‘ilgan farzandiga, umuman agnatlar oilasiga
o‘tkazilgan.
Qadimgi Rim huquqiy munosabatlarida vorislik huquqi o‘z
xarakterli xususiyatlariga ega bo‘lgan:
— merosni qabul qilgan aka-ukalar va agnat qavm-qarin-
doshlari o‘zlarining qullariga ozodlik huquqlarini berish vakolatlariga
ham ega bo‘lganlar;
— merosni qabul qiluvchilar vafot etgan shaxsning barcha
qarzlarini ham qabul qilganlar, hamda o‘zaro bu majburiyatlarni
bajarishni bo‘lib olganlar.
Vorislik huquqiy munosabatlari o‘z xarakterli xususiyatlariga
ko‘ra sivil  vorislikka hamda pretorlik huquqlari bo‘yicha vorislikka
bo‘lingan. Eng ko‘p qo‘llaniladigan vorislik bu fuqarolik vorisligidir.
Fuqarolik vorislik deb, vafot etayotgan shaxs tomonidan xalq ko‘p
yig‘iladigan forumlarda, kuriat komitsiyalarida (ya’ni,  mahalliy
hokimiyat oldida), urush vaqtlarida esa saf tortib turgan qo‘shinlar
oldida kimga  meros qoldirishni og‘zaki ravishda vasiyat qilganlar.
Bu munosabatni hatto V—VI asrlarda imperator Yustinian ham
qo‘llab-quvvatlagan.
Bundan tashqari, pretorlar hamda imperator oldida tayyor-
langan vasiyatnomalar ham bo‘lgan, lekin bu vasiyatnomalarni
yettita guvoh hamda pretor yoki imperator tasdiqlashi lozim
bo‘lgan, ayniqsa kimga meros qoldirilayotganligini meros qoldiruvchi
o‘z qo‘li bilan yozishi shart edi. Bu esa qoldirilgan, ya’ni tuzilgan
vasiyatnomaning haqiqiyligini isbotlab bera olish layoqatini keltirib
chiqargan.


167
Vasiyatnomani tuzishda guvohlar sifatida xotin-qizlar, voyaga
yetmagan shaxslar, jinoyatchi shaxslarning bolalari, karlar,
ko‘rlar, jismoniy va ruhiy tomondan zaif shaxslar hamda vasiylikda
bo‘lgan fuqarolar hisobga olinmagan. Rim huquqi tomonidan ishlab
chiqilgan  vorislik huquqiy munosabatlari barcha davlatlar, xalqlar,
ayniqsa, feodalizm va burjua jamiyatlari tomonidan to‘liq qabul
qilindi, hatto hozirgi zamon qonunchiligi universal huquqni qabul
qiluvchi, ya’ni barcha qoldirilgan meros massasi bilan meros
qoldirgan shaxsning qarzlarini, majburiyatlarini ham to‘liq  qabul
qilishni va bajarish mas’uliyatini olish orqali meros qoldiruvchining
huquqlari  davom ettirilayotganligini bildiradi.
Rim huquqi  universal huquqni qabul qilish bilan birgalikda
singulyar huquqni qabul qilish institutini ham ishlab chiqdi. Bunga
asosan, meros qoldiruvchining yakka iltimoslari va buyruqlarini
bajarish uchun merosning ma’lum qismini qabul qilish
tushunilgan. Bu huquqni qabul qilish barcha qoldirilgan meros
massasi bilan bog‘liq emasligini yoki, uning qarz va boshqa
majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olmasligini bildirgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida meros deganda, vafot etgan
shaxsning hayot vaqtida o‘z mol-mulkini bir yoki bir nechta
shaxslarga bo‘lib berish uchun farmoyish berishiga aytilgan.
Buning ma’nosi — merosxo‘r (merosxo‘rlar) biror-bir hara-
kat, ruxsat yoki hujjat (vasiyatnoma) asosida meros qoldiruvchi-
ning butun mol-mulkiga bir necha merosxo‘r bo‘lgan taqdirda
ham, avvalo mol-mulkning hammasiga egalik qilishga  tushunilgan.
Demak, merosxo‘rga barcha mulk o‘tishi bilan, marhumning
qarzlari va majburiyatlari ham o‘tgan. Biz yuqorida ta’kidlagani-
mizdek, bu huquqni  qabul qilish universal huquqni qabul qilish
deb atalgan.
Merosni to‘liq asosda qabul qilmaslik yoki merosni qabul
qilishdan voz kechishda legatlar yoki fideokomisslar ham mavjud
bo‘lib, ularni singulyar asosda huquqni qabul qilish deb atalgan.
Rim quldorlik davlatida (testamentum) testamentum meros
qoldirish juda ko‘p hollarda vasiyatnoma orqali amalga oshirilgan.
Rim davlatida vasiyatnoma deb meros qoldiruvchi tomonidan
ixtiyoriy, erkin asosda o‘z mulkini bo‘lib berish hamda meros-


168
xo‘rning tayinlanishiga aytilgan. Sinfiy huquq bo‘yicha bunday
tayinlanish orqali amalga oshirilgan, hamda dastlabki paytlarda
vasiyatnomani tuzish majburiy bo‘lgan. Vasiyatnomada ko‘rsatilgan
meros oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lib hisoblansa, unga vasiy
tayinlangan. Vasiylikdan tashqari homiylik instituti ham mavjud
bo‘lgan.
Homiylik deb, ruhiy yoki jismoniy tomondan zaif shaxslarni
hamda o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarning huquqiy
oqibatini to‘liq tushuna olmaydigan jismoniy shaxslar ustidan
belgilanadigan  yoki homiylikda bo‘lgan shaxsning barcha huquq
va majburiyatlarini amalga oshirish uchun belgilangan shaxsga
tushunilgan. Vasiy va homiylar faqat  o‘z vasiyligida yoki homiyligida
bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilganlar.
Vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo‘lib hisoblanadi, chunki
unda meros qoldiruvchining erki ifodalanadi xolos, ya’ni vasiyat
qiluvchining erkiga binoan huquq va burchlar belgilanadi.
Vasiyatnoma meros qoldiruvchining oxirgi o‘z erkini izhor qiluvchi
hujjatdir. Vasiyatnomaning bir tomonlamaligining xarakteri
shundaki, uni vasiyat qoldiruvchi istagan vaqtda o‘zgartirish yoki
bekor qilish huquqlariga ega bo‘lgan. Hatto oldingi tuzgan
vasiyatnoma o‘rniga yangisini tuzib, oldingisining kuchini yo‘qotishi
mumkin edi. Vasiyatnomani tuzish uchun maxsus layoqat talab
etilgan. Vasiyatnomani tuzish layoqatiga muomalaga layoqatsiz
shaxslar ega emas edilar. Vasiyatnomaning shakli uzoq vaqt
davomida asta-sekin soddalashtirilib kelingan, lekin shunda ham
Yustinian kodeksida ko‘rsatilganidek, baribir bu masalani hal
qilish nihoyatda murakkab bo‘lgan. Unga ko‘ra, vasiyatnomani
tuzish paytida 7 ta guvohning qatnashishi talab etilgan, lekin
dastlabki paytlarda yozma shakl majburiy hisoblanmagan. Xususiy
asosda vasiyatnomalarni tuzish bilan bir qatorda oilaviy asosda
vasiyatnomalarni tuzishga ham ruxsat etilgan, ya’ni bunda davlat
organlari qatnashgan. Sudning bayonnomasi yoki munitsiðal
magistratning bayonnomasiga kiritish (vasiyatnoma qoldiruvchining
roziligi bilan) hamda vasiyatnomani imperator devonxonasiga
saqlashga topshirish orqali ham amalga oshirilgan.
Vasiyat qoldiruvchi tomonidan aniq «Persona certa» tayinla-
nishi kerak bo‘lgan. Ayniqsa, merosni qabul qiluvchi shaxsni meros


169
qoldiruvchining o‘zi yozma ravishda ko‘rsatishi shart bo‘lgan. Har
qanday holatlarda ham tayinlanayotgan vorislar, eng avvalo, voris
(yoki merosxo‘r) sifatida tayinlanish layoqatiga ega bo‘lishi lozim
edi.
Imperator Avgustning «Nikohsizlik va bolasizlikka qarshi
kurash to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 25—60 yoshdagi bo‘ydoq
erkaklar va 25—50 yoshdagi turmushga chiqmagan ayollar merosni
faqat yaqin qarindoshlari orqali olishlari mumkin edi. Agarda ular
meros ochilganidan keyin 100 kun ichida turmushga chiqqan yoki
uylangan bo‘lsalar merosxo‘r bo‘lishlari mumkin bo‘lgan.
Merosxo‘rni tayinlashda bir qancha shartlarni belgilashga ham yo‘l
qo‘yilgan. Bu shart suspenziv deb atalgan. Shartnomaning
shartlariga asosan, tomonlar shartnoma bo‘yicha ma’lum yuridik
oqibatlarni vujudga keltirishgan, ya’ni o‘lganimdan keyin yodgorlik
qo‘yish mana shu qoldirayotgan mulkim asosida nevaram Maniliyga
uy-joy qurib berish yoki doimo mening tug‘ilgan kunimni xotirlab
turish va shunga o‘xshash shartlar qo‘yilgan. Agar meros
qoldiruvchi vasiyatni suspenziv shart bilan tuzgan bo‘lsa, bunday
holatda meros qoldiruvchining o‘limi bilan emas, balki shu
shartning vujudga kelishi bilan ochilgan. Merosxo‘rni tayinlashda
modus usulida, ya’ni bajarilishi mumkin  bo‘lgan shartni ishlatish
lozim hisoblangan. Masalan, ayol agarda o‘g‘il tug‘sa, unga katta
to‘y qilib berasiz, degan  shartni qo‘yishi mumkin bo‘lmagan.
Chunki u o‘g‘il tug‘masdan qiz bolani tug‘ishi ham mumkin.
Merosxo‘rni tayinlashda muddatni suspenziv shartning vujudga
kelishi bilan ham bog‘lagan. Ya’ni, merosxo‘r tayinlangan, ammo
u merosni qabul qilishdan voz kechsa, uning o‘rniga ikkinchisi,
bo‘lajak voris tayinlangan. Buning mazmuni shundan iboratki,
agarda birinchi o‘rinda tayinlangan merosxo‘r u yoki bu sababga
ko‘ra, merosdan voz kechsa, uning o‘rniga albatta qo‘shimcha
merosxo‘r tayinlangan. Merosxo‘rga modus yuklatilgan. Modus
bo‘yicha u merosga egalik qilishdan oldin, barcha qo‘yilgan shartlarni
bajarishi majburiy bo‘lgan, hatto modus bajarilmasa, ma’muriy
tartibda majburan javobgarlikka tortilgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatining dastlabki paytlarida vasiyat
qoldiruvchi cheklanmagan huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, u o‘z


170
mulkini xohlaganicha o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etgan. Bu qoida
XII jadval qonunida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ammo patriarxal
tizimning inqirozga uchrashi oqibatida bir tomondan odamlarning
nihoyatda soddaligi va qat’iyligining yo‘qotilishiga sabab bo‘lsa,
ikkinchi tomondan vasiyat qoldiruvchining meros qoldiruvchida
cheklanmagan erkinliklarga ega bo‘lishi natijasida mol-mulk mutloqo
begona tasodifiy shaxslarga o‘tib ketishiga yoki uning yaqin
qarindoshlariga hech narsa tegmasligiga yo‘l qo‘yilmasligini
ta’minlash lozimligiga olib kelgan. Shuning uchun keyinchalik
cheklanmagan huquq va erkinliklar asta-sekin cheklana boshladi
va qonuniy vorislik munosabatlari vujudga keldi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish