Mavzu: Biznes shartnomalar.
Reja:
Shartnomaga oid umumiy qoidalar. Biznes shartnomalar tushunchasi.
Biznes faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning asosiy tamoyillari.
Biznes faoliyati subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari.
Biznes shartnomalarini to’zish, ijro etish, o’zgartirish va bekor qilish.
Shartnomaviy majburiyatlarning ta’minlash usullari.
Tayanch so’z va iboralar: shartnoma, bitim, offerta, jamoa shertnomasi, qarz oldi berdi shartnomasi, subsidiya,, ssuda, rekvizitlar, tadbirkotlik shartnomalari.
Biznes faoliyatini amalga oshirishda shartnomalar to’zish, o’zgartirish va bekor qilish masalalarini chukur bilish talab kilinadi. Sababi tadbirkor ish faoliyatini boshlash, yuritish va tuxtatish jarayonida shartnomalar to’zishga xar doim extiyoj sezadi.
Biznes shartnomalari - bu nima?
Bizga ma’lumki, shartnomalarning turlari juda kup. Ularni fuqarolik huquqi, mexnat huquqi va boshqa fan -modullari orkali xam tanishgansiz. Birok, shunday shartnomalarning bir kurinishi bulgan “tadbirkorlik shartnomalari” o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Biznes shartnomalari o’zining huquqiy tabiatiga kura, xo’jalik shartnomaning aloxida kurinishidir. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar o’z faoliyatlarida turli xil shartnomalarni to’zadilar: ta’sis shartnomalari, mexnat shartnomalari, tadbirkorlik shartnomalari va xk. Tadbirkorlik shartnomalari deyilganda, bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda boshqa tadbirkorlik sub’ektlari (jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) va davlat organlari bilan to’ziladigan shartnomalar tushuniladi.
Biznes shartnomasi - taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati soxasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar kursatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni kabul kilib olish va ularning xakini tulash majburiyatini oladigan kelishuv.
Xo’jalik shartnomalari xar qanday xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati uchrashi va undan foyda olish maksad kilib kuyilmasligi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatidagi shartnomalarda esa albatta foyda olish maksadi bilan birga o’ziga xos ishtirokchi - tadbirkorlik sub’ekti ishtirok etishi shart.
Xo’jalik shartnomalari kabi, tadbirkorlik shartnomasi xam fuqarolik-huquqiy tartibga solish buyicha umumiy tamoyillarga buysinadi.
Shartnoma bo’lishi uchun quyidagilar kerak:
Biznes shartnomasini to’zilish jihatidan shartli ra-vishda to`rt qismga:
1) kirish;
2) shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majbu-riyatlari;
3) shartnomaning qo`shimcha shartlari;
4) shartnomaning boshqa shartlariga ajratish mumkin.
Yuqoridagilarni shartnomada to`liq va aniq ifodalanishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, shartnomaning aniq nomlanishi taraflarga va boshqa shaxslarga qanday huquqiy munosabatlar haqida so`z yuritilayotganligi to`g`risida o`sha zahoti tushuncha bersa, shartnoma imzolangan vaqt (yil, oy, kun) shartnoma imzolangan paytni to`g`ri aniqlash va amal qilish muddatini qachon tugashi, yani bu bilan bog`liq yuridik oqibatlarni belgilash imkoniyatini beradi. Biznes shartnomasining ikkinchi qismi uning katta ahamiyatga ega bo`lgan shartlarini o`z ichiga oladi: shartnoma predmeti; birinchi tarafning shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari; ikkinchi tarafning shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari; taraflarning o`z majburiyatlarini bajarish muddatlari; taraflar majburiyatlarini bajarish joyi; taraflar majburiyatlarini bajarish usullari (harakatlar tartibi, ketma-ketligi va h.k.).
Ushbu shartlarning mazmuni shartnomaning turiga va uning qanday holatga nisbatan to’zilishiga bog`liq bo`ladi va Fuqarolik kodeksi va amaldagi normativ hujjatlar qoidalari asosida shakllanadi.
Biznes shartnomasining uchinchi qismi shunday shart-larni o`z ichiga oladiki, ularni shartnomada ko`zda tutish majburiy emas. Ammo, bunday shartlar mavjud bo`lgan taq-dirda taraflar huquq va majburiyatlariga, shuningdek ularni bajarish tartibiga sezilarli tasir qiladi.
Biznes shartnomasining qo`shimcha shartlariga– shartnomani amal qilish muddati; taraflarning javobgarligi; majburiyatlarning bajarilishini taminlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor qilishning asoslari va oqibatlari; shartnoma bo`yicha malumotlarni sir saqlash haqidagi; nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi. Taraflarning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish muddatlari ko`rsatilgan taqdirda ham Biznes shartnomasining amal qilish muddati ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat shartnomani amal qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani bajarishdan bosh tortganlik uchun talabnoma va davo qilish muddatini boshlanishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Shartnoma shartlari bo’zilgan taqdirda taraflarning o`z majburiyatlarini bajarishlarini taminlash maqsadida shartnomada tarafalarning javobgarligi ko`zda tutiladi. Odatda, har bir shartnomada javobgarlik kelishilgan shartlarning birini bajarmagan tarafga nisbatan neustoyka (jarima, penya) ko`rinishida sanksiya belgilanishi bilan ifodalanadi. Biznes shartnomasining qo`shimcha shartlaridan yana biri–bu majburiyatlarning bajarilishini taminlash usullaridir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq Biznes shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taminlanishi mumkin. Odatda Biznes shartnomalari faqat taraflarning kelishuviga muvofiq bekor qilinishi mumkin, ammo taraflar shartnomada uni bir tarafning tashabbusi bilan ham bekor qilish to`g`risidagi shartlarni kiritishlariga yo`l qo`yiladi. Shuningdek shartnomada uning qaysi shartlari sir saqla-nishi va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emasligi belgilab qo`yilishi mumkin.
Respublikamizda iqtisodiyot va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan nizolarni hal qilish xo`jalik sudlari sudloviga taalluqlidir. Biroq, xo`jalik prosessual qonunchiligida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan hamda xo`jalik sudiga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan hakamlar sudida ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi belgilangan. Qoida tariqasida, davolar javobgar joylashgan joydagi xo`jalik sudiga taqdim etiladi. Ammo, davoni javobgar joylashgan joyda taqdim etish va da-vogarning tanlashi bo`yicha sudlovga tegishlilik taraf-larning roziligi bilan o`zgartirilishi hamda nizoni hal qilishi lozim bo`lgan xo`jalik sudining nomi shartnomada aniq belgilanishi ham mumkin. Biznes shartnomasining to`rtinchi qismi o`z ichiga - taraflar o`rtasidagi munosabatlar shartnomadan tashqari yana nimalar bilan tartibga solinishini; taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi; shartnoma to’zishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma imzolangandan keyingi natijalari; taraflarning rekvizitlari; shartnoma nusxalari soni haqidagi malumotni; shartnoma matniga o`zgartirishlar kiritish tartibini; taraflar vakillarining imzolarini oladi. Taraflar shartnomada o`z zimmalariga olgan aniq majburiyatlarni belgilab olishi tabiiy bir holdir. Unga shartnoma bo`yicha taraflar o`rtasidagi barcha munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini kiritishning hojati yo`q. Shuning uchun, odatda shartnomaning boshqa sharti sifatida unga quyidagi jumla kiritiladi: “Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan shartlar bo`yicha taraflar amaldagi qonunchilikka rioya qiladilar”. Taraflar o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish haqidagi shartlarda – axborot berish va shartnomaning bajarilishiga taalluqli bo`lgan masalalarni hal qilishga vakolatli shaxslar (nomlari yoki mansabi), shuningdek aloqa turlari (telefon, faks va h.k) ko`rsatiladi. Shartnoma to’zishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma imzolangandan keyingi natijalari to`g`risidagi bandda taraflar shartnomani to’zish bo`yicha olib borilgan barcha muloqotlar, yozishmalar, oldindan kelishib olishlar va shu maqsaddagi bayonnomalar o`z kuchini yo`qotganligi belgilanadi.
Taraflarning rekvizitlariga – pochta indeksi, manzili, hisob–kitob raqami, bank muassasaning nomi, kodi, MFO, soliq to`lovchining identifikasiya raqami, yuklash rekvizitlari kiradi va ular Biznes shartnomasida aniq ko`rsatilishi lozim. Shartnoma nusxalari soni va uning haqiqiyligi unda ko`rsatiladi. Shartnoma matniga o`zgar-tirishlar kiritish tartibining belgilanishi shartnomani qalbakilashtirilishini oldini oladi. Har bir shartnomada malum bir shaxsning xohish-istaklari bayon qilinishi munosabati bilan shartnoma o`sha shaxs yoki uning to`liq vakolatga ega bo`lgan vakili tomonidan imzolanadi, shuningdek, shartnomada yuridik xizmat xodimi yoki advokatning imzosi bo`lishi talab qilinadi. Biznes shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo`lmagan hollarda esa–ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Biznes shartnomasini bajarish jarayoni izchil amalga oshiriladigan harakatlar tizimidan iborat bo`lib, bu tizimni ikki bosqichga, yani moddiy va huquqiy bos-qichlariga ajratish mumkin.
Biznes shartnomasini bajarishning moddiy bosqichi ikkita o`zaro bog`liq harakatlarni: bir tarafning tovarlarni, bajargan ishi va ko`rsatgan xizmati natijalarini berishni hamda ikkinchi tarafning bu narsalarni qabul qilib olishini o`z ichiga oladi. Shartnomani bajarish mud-dati, uni bajarish joyi, shartnomaning bahosi, shartnomani bajarish usullari ana shunday talablar jumlasidandir.
Biznes shartnomasida uning bajarish vaqti nazarda tutilgan yoki uni aniqlash imkoni mavjud bo`lsa, u holda shartnomaviy majburiyat o`sha vaqtda bajarilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra, taraf shartnomani muddatidan ilgari bajarishi mumkin emas. Biroq, agar taraflar uchun bunday holat shartnomada nazarda tutilgan va bunga ikkinchi taraf rozilik bergan bo`lsa majburiyatni muddatidan ilgari bajarishi mumkin. Shartnomaviy majburiyatni bajarish muddati talab qilib olish payti bilan belgilab qo`yilgan bo`lsa, birinchi taraf (kreditor) har qachon ijroni talab qilishga, ikkinchi taraf (qarzdor) esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo`ladi. Biznes shartnomasi bo`-yicha majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun yoki shartnomaning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart. Agar qonun hujjatlarida yoki Biznes shartnomasida majburiyatning bajarish joyi ko`rsatilmagan bo`lsa va majburiyatning mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan anglashilmasa, umumiy qoidaga ko`ra majburiyat - qarz-dorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo`lsa, uning joylashgan yerida bajarilishi kerak. Ammo, bu qoidaning bir nechta istisnolari mavjuddir: ko`chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo`yicha mol-mulk turgan joyda; tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo`yicha – tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida; qarzdorning tovarni topshirish yo’zasidan o`zga majburiyatlari bo`yicha – tovarni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga malum bo`lgan bo`lsa; pul majburiyatlari bo`yicha–majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo`lsa-uning maj-buriyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida bajariladi. Biznes shartnomasida tovarning (ishning, xizmatning) narxi ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi taraf tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada ko`rsatilgan bahoda qabul qilib oladi. Shartnoma to’zilgandan keyin baholarni shartnomada nazarda tutilgan holat va shartlardagina o`zgartirish mumkin.
Biznes shartnomasini bajarish usuli-bu unda belgilangan majburiyatlarni bajarish jarayonida taraflar amalga oshiradigan harakatlar tartibidir. Umumiy qoidaga ko`ra, agar majburiyatlarni qismlarga bo`lib bajarish nazarda tutilmagan bo`lsa, bir martada batamom bajarilishi kerak. Shartnoma bo`yicha taraflarning o`zaro majburiyatlari bir vaqtda bajarilishi lozim, agar shartnomada boshqa holatlar ko`rsatilgan bo`lmasa. Shuning uchun taraflar xo`-jalik shartnomasini to’zishda vujudga keladigan o`z maj-buriyatlarini bajarish tartibini aniq va puxta, qonun talablariga muvofiq ravishda belgilashlari shart.
Biznes shartnomasini bajarish tartibining ikkinchi bosqichi, yani huquqiy bosqichining mohiyati shartnoma bo`yicha bajarilgan ishni, ko`rsatilgan xizmatni, yetkazilgan tovarni son va sifat jihatdan tekshirish, shuningdek, bajarish faktini hujjat bilan tasdiqlashdan iborat. Shartnoma bo`yicha bir taraf ikkinchi taraf oldida o`z majburiyatlarini moddiy jihatdan bajarishi, uning o`z majburiyatlarini yuridik jihatdan bajarganligini anglatmaydi. Boshqacha qilib aytganda, birinchi taraf o`z majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat bilan rasmiylashtirgandan keyingina ikkinchi taraf oldidagi ana shu majburiyatlaridan xalos bo`ladi. Demak, shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatni bajarilganligini tasdiqlash uni hujjat bilan rasmiylashtirilishini talab qiladi. Biznes shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyi-dagilar bo`lishi mumkin: a) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi; b) bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi to`langanligi haqidagi to`lov hujjati; v) transport tashkiloti tomonidan berilgan va tovar uni oluvchi manziliga jo`natilganligi haqidagi yuk xati; g) tovar sotuvchining omboriga topshirilgani-qabul qilib olingani haqidagi hujjat; d) boshqa hujjatlar va guvohnomalar.
Tovarlar odatda, hisob-faktura, ro`yxat, o`rash yorliq-lari, yuk xati va boshqa ko’zatuv hujjatlari bo`yicha soniga qarab qabul qilib olinadi. Tovarni qabul qilib oluvchi taraf yuk tashish paytida tovarni saqlash qanday ta-minlanganligi (plomba va idishlar bo’zilmaganligi, marka belgisi mavjudligi va h.k)ni tekshirib ko`radi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sifatiga qarab qabul qilish yetkazib berilgan tovar (bajarilgan ishlar yoki ko`rsatilgan xiz-matlar)ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar–texnik pasport, sertifikat, sifat haqida guvohnoma va boshqa hujjatlar bo`yicha amalga oshiriladi.
Tovarni soni va sifati haqidagi qabul qilish hujjati tovar yetkazib beruvchiga nisbatan tegishli etirozlar bildirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Tovarlarni soni va sifati bo`yicha qabul qilish qoidalarini bo’zilishi esa bildirilgan talabnoma va davolarni rad qilinishiga olib keladi. Biznes shartnomalari bo`yicha majburiyatlar ba-jarilganligini rasmiylashtirishning yana bir usuli – ayni bir taraflarning bir-biriga bog`lovchi ikki yoki bir necha majburiyatlarni bajarish shakli bo`lgan o`zaro ta-lablarni hisobga o`tkazishdir. Bunda bir tarafning ta-lablarini qanoatlantirish boshqa majburiyatdan kelib chiquvchi qarshi taraf talablarini bajarish yo`li bilan amalga oshiriladi. Quyidagi shartlarga rioya qilinganda o`zaro talablarni hisobga o`tkazish mumkin bo`ladi: a) har ikki tarafning bir-biriga nisbatan talablari bo`lishi; b) talablar bir-biriga o`xshash bo`lishi; v) majburiyatlarni bajarish muddati kelgan bo`lishi lozim. Hisobga o`tkazish taraflarning kelishuviga muvofiq bayonnoma yoki ikki taraf o`rtasida to’ziladigan boshqa hujjat yohud taraflardan birining arizasi shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Biznes shartnomasi subyektlariga huquqiy xizmat ko`rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati:
- Biznes shartnomalarini to’zish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- xo`jalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan Biznes shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog`liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;
- tayyorlangan Biznes shartnomasi va u bilan bog`liq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, o`z etirozini asoslagan holda uni qo`shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
- shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yo’zasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
Biznes shartnomalari ularni imzolash uchun tayyorlash jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xiz-mati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun huj-jatlariga muvofiqligi yo’zasidan tekshirib ko`rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz to’zishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yo’z baravaridan ortiq summadagi xo`-jalik shartnomalari yuridik xizmatning yoki advokatning yozma xulosasidan keyingina to’ziladi.
Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar ko`rsatiladi:
Biznes shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
Biznes shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi; taraflarning javobgarligi meyori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz ara-lashuvlarning oldini olish, shuningdek shartnoma to’zish erkinligi prinsipiga rioya qilinishni taminlash maq-sadida amaldagi qonunlar bilan davlat hokimiyati va bosh-qaruvi organlarining Biznes shartnomalarini to’zish hamda bajarish jarayonidagi vakolatlari aniq belgilab qo`yilgan. Mahalliy davlat qokimiyati organlari o`z vakolatlari doirasida:
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktasiya shartnomalarini to’zish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko`radi.
Davlat boshqaruv organlari esa o`z vakolatlari doirasida: Biznes shartnomalarini to’zishda yordam ko`rsatadi;
Biznes shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to`g`risidagi statistika malumotlarini umumlashtiradi;
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Biznes shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga ko`maklashadi;
Biznes shartnomasini to’zish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish jarayonida qonun hujjatlarining bo’zilishiga yo`l qo`yilganligi fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo`yadi.
Biznes shartnomalarini to’zish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish bilan bog`liq bo`lgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, xo`jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yo’zasidan zarur chora-tadbirlarni ko`radilar.
Adliya organlari xo`jalik yurituvchi subyektlarga shartnoma majburiyatlarini to’zish va bajarish chog`ida hu-quqiy yordam ko`rsatadilar, shuningdek o`z vakolatlari doi-rasida Biznes shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qiladilar.
Shartnoma majburiyatlarini bo’zganlik uchun javobgarlik
Majburiyat–fuqarolik huquqiy munosabat bo`lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa–qarzdordan o`zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega.
Majburiyatlar shartnoma shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo`lmaganida esa ish muomalasi odatlari yoki odatda qo`yi-ladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada baja-rilishi kerak. Majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim da-rajada bajarmagan shaxs fuqarolik-huquqiy javob-garlikka tortilishi mumkin.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga kelish asosiga ko`ra, shartnomaviy va shartnomadan tashqari javobgarlikka bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |