Neustoykani qo`llash shartnomaviy javobgarlikning asosiy shakllaridan biridir. Neustoyka faqat majburiyatning bajarilishini taminlovchi vosita bo`lib qolmay, balki u majburiyat bajarilmay qolganida yoki lozim da-rajada bajarilmaganida qarzdorga nisbatan qo`llanishi lozim bo`lgan yuridik chora hamdir. Neustoyka atamasi rus tilidan olingan bo`lib, ne ustoyal, yani ”vzyal slovo, obyazatelstvo, no ne vo`polnil” degan manoni beradi. O`zbek tilida bergan so`zing, va-dangni ustidan chiqmading, yani subutsizlik degan tushunchani bildiradi. Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo`ladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to`laydigan va, qoida tari-qasida, qatiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi. Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to`laydigan va o`tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Neustoykani yetkazilgan zarardan farq qiladigan xu-susiyatlari quyidagilardan iborat:
a) neustoyka qonunda yoki shartnomada oldindan belgilanib, taraflarga malum bo`lgan va majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda qo`llanishi mumkin bo`lgan huquqiy chora (sanksiya) hisoblanadi.
Yetkazilgan zararning hajmi esa avvaldan belgilanmaydi, u majburiyat bo’zilganidan keyin malum bo`ladi va belgilanishi mumkin;
b) neustoykani undirish uchun qarzdorning harakati qonunga yoki shartnomaga muvofiq bo`lmasligining o`zi kifoyadir, zararni to`latish uchun zarur bo`lgan talablarni aniqlash shart emas.
Umumiy qoidaga ko`ra taraflarning javobgarligi va qo`llaniladigan choralar shartnomada aks ettirilishi kerak, lekin amalda shartnomada javobgarlik choralari ko`r-satilmasdan qolishi mumkin. Bunday holatda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xo`jalik shart-nomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajar-maganlik uchun “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoli-yatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qo-nunning 25-32 moddalarida nazarda tutilgan javobgar-lik choralari qo`llaniladi.
Jumladan qonunda quyidagi xolatlar bo`yicha javob-garlik belgilangan:
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, to`liq yetkazib bermaganlik uchun;
-sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo`l-magan tovarlarni yetkazib berganlik uchun;
-but bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun;
-tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki o`ralmagan holda yetkazib berganlik uchun;
-akkreditivdan foydalanmaganlik uchun; -to`lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun;
-tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun;
Do'stlaringiz bilan baham: |