Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

OILAVIY HUQUQIY MUNOSABATLAR
1-§. Rim oilasi tushunchasi.
2-§. Nikoh.
3-§. Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar.
4-§. Ota hukmronligi instituti.
5-§. Vasiylik va homiylik.
1-§. Rim oilasi tushunchasi
Qadimgi Rim jamiyatida oila davlat yacheykasidan iborat bo‘lib,
uy xo‘jaligining boshqaruvchisi, ya’ni ota-ona, aka-uka, opa-
singillar, qullar, vasiylik yoki homiylikda bo‘lgan shaxslarning
jamoasi hisoblangan.
Rim oilasi deganda, dastlabki davrda oila boshlig‘i (paterfa-
milias)ning chegaralanmagan mutloq huquqlarga, hokimiyat
(manus)ga ega bo‘lganligi asosida, ya’ni o‘z bolalari, nevaralari,
chevaralari, xotini va uydagi (ya’ni,  xo‘jalikdagi) shaxslarning
barchasi ustidan amalga oshiruvchi hukmronligi tushunilgan.
Bularning hammasini oilaning otasi «o‘zimniki» (sui) deb,
«o‘zimga o‘zim xo‘jayinman» (sui juris) va «barcha huquqlarga
egaman» deb e’tirof etgan.
Rim oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri—bu dastlab
oila agnat usulida vujudga kelgan, ya’ni ular qon-qarindoshlik
munosabatlari asosida emas, balki bo‘ysunish va hukmronlik,
boshqaruv munosabatlari asosida tuzilgan oilalardan iborat bo‘lgan.
Agnatlar oilasi deganda, oila boshlig‘ining o‘z oilasidagi
bolalari, xotini, xo‘jaligi, qullari va ularning oilalari hamda shu
oila xo‘jaligida yashovchi barcha shaxslarning jamoasiga tushunilgan.
Oila boshlig‘ining qizi boshqa oilaga turmushga chiqqanda, uning
turmush o‘rtog‘i ham ota hukmronligi ostida bo‘lsa, u ham shu
ota hukmronligi boshqaruviga o‘tgan va agnatlar oilasi hisoblangan.
O‘zining aka-ukalari va ota-onalari bilan faqat qavm-qarindosh-


76
chilik yuzasidan bayram munosabatlarida hol-ahvol so‘rashgan. Chunki
turmushga chiqqan qiz ota-onalari uchun «begona» hisoblangan.
Qadimgi Rim jamiyatida oila boshlig‘ining huquqi chegaralan-
magan. U o‘zining oila a’zolarini sotish, qarzni to‘lash uchun uni
qarz olgan shaxsga, qarzni to‘lash uchun ishlab berish, xizmat
ko‘rsatish, hatto xotinini (xotini o‘zining qizi qanday vakolatlarga
ega bo‘lsa, shunday huquqlarga ega bo‘lgan) majburiyatni bajarish
nuqtai nazaridan kelib chiqib, uni ma’lum bir muddatga boshqa
shaxsga xizmat ko‘rsatish uchun berib yuborish huquqiga ega edi.
U o‘z bolalarini o‘ldirish, ayniqsa voyaga yetgan o‘g‘lini uch
martagacha sotish, qizini va kichik ukalarini, nevaralarini bir marta
sotib yuborish huquqlariga  ega bo‘lgan.
O‘g‘illari yoki oilada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan
shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, bu shartnomalardan kelib chiqadi-
gan foydalar otaga zarar yetkazish bilan bog‘liq munosabatlar
bo‘lsa, ota uning uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan. Ota yoki
uy boshqaruvchisi hukmronligi ostidagi shaxslarning huquqiy
holati ota yoki oila boshlig‘ining o‘lishi, yoki oila boshlig‘ining
erki, roziligi bilan ularga ozodlik berish munosabatlari asosida
o‘zgargan. Paterfamilias (oila boshlig‘i)ning o‘limi ota hukmronligi
institutining barham topishiga olib kelgan.
Rim davlatida vujudga kelgan oilalar dastlab ibtidoiy jamoa
tuzumining xususiyatlarini o‘zida ifodalab, jamoa xarakteriga xos
urug‘chilik (urug‘) tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Rim jamiyatining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish
munosabatlarining taraqqiy etishi, ota hukmronligi ostida bo‘lgan
shaxslarning xususiy huquqlarini tan olish zarurati kelib chiqa
boshladi, natijada ota hukmronligi instituti dastlabki hokimiyatga
oid mohiyatini yo‘qota boshladi va agnatlar oilasining o‘rniga qon-
qarindoshlik bilan bog‘liq bo‘lgan kognatlar urug‘i vujudga kelgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish