Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

2-§. Nikoh
Rim quldorlik jamiyatida oila nikoh orqaligina vujudga kelgan.
Mashhur Rim huquqshunosi Modestin nikoh tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: «Nikoh er va xotin o‘rtasida xudo va


77
insoniyat huquqlariga asoslanib butun umr bo‘yi tuziladigan,
hamda o‘ziga tegishli bo‘lgan munosabatlarni muddatsiz amalga
oshiradigan ittifoqdir».
Albatta, Modestin fikrlarini cum manu (oilada erning
ustunligini tan oladigan) asosida tuzilgan nikohlarga taalluqli deb
aytishimiz mumkin, lekin ota hukmronligi instituti er va xotinning
tengligini hech qachon e’tirof etmagan, chunki turmushga chiqqan
xotin doimo oila boshqaruvchisi homiyligiga o‘tgan.
Rim huquqi o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi ikki nikohni
tan olgan:
birinchidan, qonuniy nikohni;
ikkinchidan, nikohning konkubinat usulini (noqonuniy nikoh).
Qonuniy nikoh deganda, jus conubii (qonuniy nikohga kirish
huquqi) asosida tug‘ilgan farzandlar Rim davlatining fuqarosi
bo‘lib hisoblanadigan va otasining o‘z bolalariga bo‘lgan hukm-
ronligini, hokimiyatini ta’minlab bera oladigan munosabatlar
tushunilgan.
Konkubinat usuli jus conubii ga, ya’ni qonuniy nikohga kirish
huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan, lekin qonun
tomonidan ruxsat etilgan doimiy ravishdagi birga yashash faoliyatiga
tushunilgan.
Konkubinat bu haqiqiy nikoh bo‘lmasa-da, lekin ayrim hu-
quqlarni vujudga keltirish asosida ulardan tug‘ilgan farzandlar ota
hukmronligiga, hokimiyatiga taalluqli bo‘lmagan holda o‘z munosa-
batlarini amalga oshirganlar.
Imperator  hokimiyati respublika davrida Rim oilasining mono-
gamiya xarakteriga ega ekanligini bilsalar ham, erkaklar uchun
o‘z xotinlaridan tashqari yana boshqa bir xotin bilan konkubinat
usulida yashashga ijozat bergan. Lekin eri bor xotin kishi konkubinat
usulida boshqa shaxs bilan yashashi ma’lum bo‘lib  qolsa, er kishi
o‘z xotinini o‘ldirish huquqiga ega bo‘lgan.
Rim huquqida konkubinat usulida birga yashash faoliyatiga yo‘l
qo‘yilganligi sababli ba’zan qullar peregrinlar va boshqa kambag‘al
bo‘lgan shaxslar nikohga kirisha olmaganlar, chunki ularning nikoh
tuzishlari uchun mablag‘i, uy-joyi ham bo‘lmagan.


78
Rim davlati o‘z hududlarini kengaytirish va hukmronlikni
kuchaytirish nuqtai nazaridan juda ko‘p urushlar olib borishi
natijasida erkaklar qirilib ketgan. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun
ham konkubinat usuliga yo‘l qo‘yishgan.
1941—1945-yillardagi II jahon urushi ham ko‘plab erkaklar-
ning o‘limiga sabab bo‘ldi. I. V. Stalin tomonidan bu bo‘shliqni
to‘ldirish uchun 1943-yil 8-sentabr, 1944-yil  8-iyul, 1944-yil
10-noyabr, 1945-yil 14 -mart oylaridan farzandlarning ko‘proq
tug‘ilishini va yo‘qotilgan, o‘lgan shaxslarning o‘rnini to‘ldirish
maqsadida  farmonlar qabul qilingan edi. Afsuski, bu farmonlar
o‘z natijasini bermadi.
Rim davlatida ham qonunlar qabul qilinib, ayniqsa yangi
milodning I asrida ikkita qonun qabul qilinib, ularda erkaklar 25
yoshdan 60 yoshgacha, xotin-qizlar 20 yoshdan 50 yoshgacha
turmush qurishlari yoki erkaklar uylanishlari shart qilib qo‘yilgan.
Nikohda turmagan shaxslarning mulkiy huquqlari chegaralan-
gan, ya’ni bu qonunlarga binoan vasiyatnoma asosida meros olish
huquqidan mahrum qilingan. Agar farzandlarga ega bo‘lmasa,
qoldirilgan merosning yarmini olishi mumkin edi. Hatto er kishiga
bir bola, xotin kishiga uch boladan to‘g‘ri kelmasa, ozodlikka
chiqqan qo‘yib yuborilgan xotinlar 4 bolaga ega bo‘lmasa, ular
«farzandlari yo‘q» bolasizlar deb atalgan, hamda ular jamiyatning
huquqiy normalari, yoki odat normalari, yashash qoidalari orqali
ularning huquqlari chegaralangan. Shuning uchun oilaning asosini
nikoh tashkil etgan.
Imperator Yustinian davriga qadar Rim davlatida nikoh shakl-
lari ikki xil tuzilishda amalga oshirilgan, ya’ni: cum manu mariti

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish