Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


(nosocomia); qariyalar uylari (gerontocomia)



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

(nosocomia); qariyalar uylari (gerontocomia), yangi tug‘ilgan
chaqaloqlarni boquvchi uylar (brephotrophia), yetim qolganlar
uchun yashash joylari (orphanotrophia), qashshoqlar uchun
yashash joylari (ptochotrophia), uysiz bechoralar va musofirlar
uchun yashash joylari (xenodochia yoki xenones) hamda beva
ayollar uchun yashash joylari kirgan. Xayriya muassasalaridagi
bunday xilma-xillik ularning turli xil yo‘nalishlarda rivoj topganidan
dalolat beradi. Ad pia causa larning o‘ziga xos jihati shundaki,
ularning faoliyati ma’lum bir belgilab qo‘yilgan maqsadni amalga
oshirish bilan chegaralab qo‘yilmagan. Ya’ni, aniq bir xayriya
maqsadini ko‘zlab vujudga keltirilgan muassasa boshqa bir xayriya
maqsadidagi faoliyatni ham amalga oshirgan. Masalan, bemorlarni
davolash maqsadida qurilgan kasalxonalardan bemorlardan tashqari
yashash joyga muhtoj, nochor ahvolda qolgan boshqa shaxslar
ham o‘zlariga boshpana topganlar. Lotin manbalarida xenodochia,


72
xenones tarzida tilga olingan uysiz bechoralar va darveshona hayot
kechiruvchilarni o‘z bag‘riga olgan xayriya muassasalarining
orqasidan milodning IV asri o‘rtalaridan boshlab shunga o‘xshash
boshqa turdagi muassasalar soni va turi jihatdan ham ko‘payib
bordi. Jumladan, ushbu davrda birgina Konstantinopol shahrida
ularning soni 35 tani tashkil etar edi. Keyinchalik bunday muassa-
salar G‘arbiy Yevropada ham tashkil topa boshlagan.
Qadimgi Rim jamiyatining turli xil yo‘nalishlarida faoliyat
ko‘rsatgan muassasalarning huquqiy maqomini umumlashtirgan
holda shuni aytish mumkinki, ularga o‘zining ilk tashkil topish
davrlarida imperator xazinasining muruvvat va xayr-ehson
maqsadida sarf qilinadigan bir qismi sifatida qaralgan. Lekin, xristian
dinining keng yoyilishi va davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan
mustaqil faoliyat yuritish huquqiga, ya’ni yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lgan muassasalar vujudga kela boshlagan. Bu muassasalar
(asosan, alohida cherkovlar) mulk sotib olish yoki vasiyat bo‘yicha
unga egalik qilish, kreditor bo‘lish, sudda ishtirok etish kabi
huquqlarga ega edi. Bunday huquqlarga vaqt o‘tishi bilan cherkov
nazorati ostida bo‘lgan boshqa muassasalar ham ega bo‘la boshlagan.
Mustaqil yuridik shaxs hisoblangan mazkur xayriya muassasalari
umumiy nom bilan «piae causae»,  «piae corpora», «venerabiles

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish